Shvetsiya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
kTahrir izohi yoʻq
qisqartmalarni toʻliqlash (v0.3)
Qator 13:
 
== Tarixi ==
Mil. av. 8–9ming yillikdan boshlab Shvetsiya hududida odam yashab keladi. Mil.ning 1-asr oʻrtalarida german qabilalari (sve, gyot va boshqalar) kelib joylashgan: ular hozirgi shvedlarning etnik asosini tashkil qilgan. 6–7-asrlarda shved qabilalarining birlashish jarayoni boshlandi. 8 –11-asrlarda shvedlar vikinglar yurishlarida qatnashdilar. 11asr boshlarida xristianlik tarqaldi. 11-asrda birlashgan shved qirolligi tashkil topdi. 12– 14-asrlarda Shvetsiya [[Finlandiya|Finlyandiyani]] bosib oldi (1809 yilgacha Shvetsiya tarkibida boʻlgan). 1397 yilda shahrining Daniya va Norvegiya bilan birlashishi natijasida Shvetsiya Daniyaga tobe boʻlib qoldi. 15-asr – 16-asr boshlarida Daniya hukmronligiga qarshi milliy ozodlik harakati avj oldi. 1521–23 yillarda dvoryan Gustav Erikson rahbarligida koʻtarilgan gʻalayon Daniya hukmronligiga barham berdi. G. Erikson 1523 yil Gustav I nomi bilan Shvetsiya qiroli etib saylandi va Vaza sulolasiga asos soldi. 16-asrning 30-yillarida reformatsiya harakati avj oldi va lyuterchilik joriy etildi. 16–19-asrlarda Shvetsiya, ayniqsa, Gustav II Adolf davrida Boltiq dengizida oʻz hukmronligini oʻrnatish uchun urush olib bordi (1558–83 yillardagi Livon urushi, 1618–48 yillardagi Oʻttiz yillik urush, 17-asr boshida Rus davlatiga qarshi urush, 17-asr 2-yarmida [[Polsha]], Daniya, Rossiya bilan boʻlgan urushlar). 1700–21y.lardagi Rossiya bilan boʻlgan Shimoliy urusht Karl XII boshchiligidagi shved armiyasi tormor keltirildi; Shvetsiya oʻz hududining bir qismidan mahrum boʻldi. 19-asr boshlarida Shvetsiya antifransuz koalitsiyasi tarkibida Napoleon I ga qarshi urushlarda ishtirok etdi. 1809 yil shahrida demokratik islohotlar oʻtkazildi, konstitutsiya qabul qilindi (ayrim oʻzgarishlar bilan 1975 yilgacha amalda boʻldi). 1814 yil [[Daniya]] bilan tuzilgan Kil shartnomasiga muvofiq, Norvegiya Shvetsiya tarkibiga oʻtdi (1905 yil shahridan ajralib chiqdi). [[Birinchi jahon urushi|1-Birinchi jahon urushi]] (1914–18) davrida betaraf Shvetsiya amalda Germaniyaga yon bosdi. [[Ikkinchi jahon urushi|2-Ikkinchi jahon urushi]] (1939–45) davrida qatʼiy betaraflik eʼlon qildi. 2-Ikkinchi jahon urushidan keyin tashqi siyosatda harbiysiyosiy bloklarda ishtirok etmaslik yoʻlini tutdi. 193276, 198291 yillarda va 1994 yildan hokimiyatni Sotsial-demokratik ishchi partiyasi egallab kelmoqda. Shvetsiya 1946 yildan [[Birlashgan millatlar tashkiloti|BMT]] aʼzosi. OʻzR suverenitetini 1992 yil 16 yanvarda tan olgan va 1992 yil 8 aprelda diplomatiya munosabatlari oʻrnatgan. Milliy bayramlari: 30 apr. – Qirol tugʻilgan kun (1946), 6 iyun – Shvetsiya bayrogʻi kuni (1523, 1809).
 
== Asosiy siyosiy partiyalari va kasaba uyushma birlashmalari ==
Qator 40:
 
== Adabiyoti ==
Shved badiiy adabiyotining dastlabki yodgorliklari 9-asrga oid boʻlib, u sheʼr yoki ritmik nasr shaklidagi runik yozuvlardsr. Oʻrta asrlarda adabiy anʼanalar xalq ogʻzaki ijodida oʻz aksini topdi. Xristianlikning tarqalishi davrida lotin tilida diniy adabiyot yaratildi. 14–15-asrlarda ballada, qoʻshiq, tarixiy xronikalar, 17-asrdan dramaturgiya rivoj topa boshladi. Bu janrlarda tarixchi va dramaturg Yu.Messenius asarlar yaratdi. Birinchi yirik lirik shoir L.Vivalius boʻldi. Uygʻonish davri gʻoyalari ensiklopedist olim va shoir G.Shernʼyelm ijodida, Yu.Runius sheʼriyatida oʻz aksini topdi. G. Dalperna sheʼriyatda barokko uslubining asoschisidir. 18asr adabiyoti maʼrifatchilik gʻoyalari taʼsirida rivojlandi; uning yorqin vakili shoir, publitsist va tarixchi U.Dalindir. 19-asr boshlarida romantizm adabiyotdagi yetakchi oqimga aylandi. Bu oqimning taniqli vakili shoir, tarixchi va faylasuf E.G.Geyer boʻldi. E.Tegner oʻz ijodida maʼrifatchi va romantiklar tajribasidan foydalanib, "Fritof haqida doston"ni yaratdi; bu asar keyinchalik milliyeposga aylandi. 19-asrning 30-yillarida K.Yu.L.Almkvistning realistik qissalari yuzaga keldi. 70-yillarda Yu.A.Strindberg tanqidiy realizm asoslarini yaratdi. 20-asr boshlarida tanqidiy realizm Ya. Syoderberg , Ya.Bergman, P.S.Siverts ijodida yorqin namoyon boʻldi. D.Anderson, M.Kox. Yu. Chelgren, I.LuYuxanson, M. Martinson proletar adabiyoti vakili sifatida maydonga chiqdilar. P.F. Lagerkvist oʻz asarlarida murakkab axloqiy va falsafiy muammolarga toʻxtalib oʻtdi. Sheʼriyatla A.Esterling , N.Ferlin realistik yoʻnalishda ijod qildilar. 30-yillar va 2-Ikkinchi jahon urushi yillari shahrida antifashistik adabiyot shakllandi (E. Yunson, V. Muberg , M.Martinson asarlari). 50–70-yillarda realistik nasr anʼanalarini P.A.Fogelstryom, S.Lidman, P.Rodstryom, L.Gustafson va boshqalar davom ettirdi. Hujjatli nasr rivojlandi (A.Lundkvist, S.Lidman, Ye.Palma va boshqalarning ayrim asarlari). A.Lindgrenning bolalar uchun kitoblari jahonda shuhrat qozongan. Adiblardan B. Setterland, L. Forshel, B. Xokanson, Yo.Sunnevi, S. Okesson, Yo. Palma mashhur.
 
== Meʼmorligi ==
Qator 55:
 
== Kinosi ==
1897 yilda shved N.Paterson bir necha hujjatli va badiiy filmni suratga oldi. shahrida muntazam ravishda kino ishlab chiqarish 1907 yildan boshlandi. 1910–20-yillarda bir qancha filmlar yaratildi ("Tirye Vigen", 1916; "Togʻlik Eyven va uning rafiqasi", 1917; "Ingmar oʻgʻillari", 1918; hammasining rejissyor V.Shyostrem). 20–30y.larda kinoning badiiy va gʻoyaviy saviyasi pasaydi, ekranlarga oʻrtamiyona komediya va melodramalar chiqarildi. 40-yillarda fashizmni qoralovchi filmlar qoʻyildi ("Oʻt alanga oladi", 1943, rejissyor G.Mulander; "Janobi oliylari", 1944, rejissyor X.Ekman). 2-Ikkinchi jahon urushidan keyingi yillarda rejissyorlar ijodida yolgʻizlik, maʼnaviy tushqunlik yetakchi mavzuga aylandi. Bu I.Bergman ijodida oʻz ifodasini topdi ("Masxarabozlar oqshomi", 1953; "Koʻzgudagidek", "Daxldor" va "Sukut" trilogiyasi, 1961–63; "Kuzgi sonata", 1980; "Fanni va Aleksandr", 1982). A.Shyobergning filmlari esa inson ichki dunyosi taxliliga bagʻishlangan ("Oddiygina ona", 1949; "Fryoken Yuliya", 1951; "Soʻnggisi oʻyindan chiqadi", 1956). 60–70-yillarda rejissyorlar ijtimoiysiyosiy muammolar koʻtarilgan filmlarni yaratdilar ("Odalen31", 1969; "Jo Xill", 1971; ikkalasining rejissyor B.Viderberg; "Mana sening hayoting", 1967; "Muhojirlar", 1970; "Yangi yer", 1972; hammasining rejissyor Ya.Troell). Shu bilan birga 60–80-yillarda ayrim rejissyorlar oʻz ijodlarida ochiq naturalizm, qoʻpol erotikadan ham foydalandilar (V. Shyoman, T.Vikman, B.Torn). Shvetsiya kinosida hujjatli filmlar ishlab chiqarish alohida oʻrin tutadi (E.Leyslerning "Qonli davr" filmi, 1960; 70-yillarning boshlaridagi ish tashlashlar toʻgʻrisida kinoreportajlar turkumi). Shvetsiya kinosining yetakchi aktyorlari: B.Anderson, X.Anderson, I.Tulin, L. Ulman, G.Byornstrand, M.Syudov va boshqalar 1963 yildan Stokgolmda Shved kino instituti, 1965 yildan uning huzurida kino maktabi ishlaydi.
 
== Oʻzbekiston – Shvetsiya munosabatlari ==