Gvineya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
kTahrir izohi yoʻq
qisqartmalarni toʻliqlash (v0.3)
Qator 12:
 
== Tarixi ==
Hoz. hududining bir qismi [[Gana]] (taxminan 4—13-a.larasrlar) va Mali (taxminan 13—16 a lar) kabi oʻrta asr davlatlari tarkibiga kirgan. 1725 yilda Gʻarbiy Afrikaning shim.dan kirib kelgan koʻchmanchi chorvador fulbe kabilasi Futa-Jallonda harbiy feodal davlat tuzgan. 15-asr oʻrtalarida Gvineyada dastlabki yevropaliklar paydo boʻlgan. Koʻp oʻtmay uning qirgʻoq boʻyi yerlari mustamlakachilar qoʻl ostiga oʻtgach, ular 19-asr gacha minglab mahalliy aholini qul qilib Amerikaga olib borib sotgan.
 
19-a.daasrda fransuzlar Gvineyani tobe etish uchun keskin kurash olib bordi. [[Fransiya]] bu kurashda gʻalaba qozondi va 1880—90-yillarda uni bosib oldi. 1895 y. Fransiya Gvineyasi nomi bilan alohida mustamlakaga aylantirildi. Gvineya xalqi mustamlakachilarga qarshi uzoq vaqt kurashib keldi. 19-asrning 70—90-yillarida malinke xalqining kurashini, Futa-Jallondagi qoʻzgʻolonlarni (1900) fransuzlar qiyinchilik bilan bostirdi. 1904 yilda Gvineya [[Fransiya]] Gʻarbiy Afrikasi tarkibiga qoʻshib olindi. Hukumatni fransuz gubernatori boshqardi. 1-Birinchi jahon urushidan soʻng G.da yevropaliklarning banan, ananas, kofe plantatsiyalari paydo boʻla boshladi. Keyinchalik sanoat korxonalari (asosan konchilik sanoati) vujudga keldi. [[Ikkinchi jahon urushi|2-Ikkinchi jahon urushidan]] soʻng Gvineyada milliy ozodlik harakati avj olib ketdi. 1945—46 yillarda mamlakatda siyosiy partiyalar, toʻgaraklar tuzildi. Afrika Demokratax Birlashmasining seksiyasi sifatida 1947 yilda tashkil topgan Gvineya Demokratik partiyasi mustamlakachilikka qarshi boʻlgan barcha kuchlarni birlashtirish vazifasini oʻz zimmasiga oldi. 1958 yil 2 oktabr referendumiga muvofiq Gvineya mustaqil respublika deb eʼlon qilindi. 1978 yildan 1984 yilgacha G. Xalq Revolyutsion Respublikasi deb ataldi. 1984 yil aprelda Gvineya Respublikasi nomini oldi. Gvineya 1958 yildan BMT aʼzosi. OʻzR bilan diplomatiya munosabatlarini 1993 yil 24 iyunda oʻrnatgan. Milliy bayrami —2 oktabr— Mustaqillik kuni (1958).
 
Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmasi. Gvineya xalqi birlashmasi (1992 yilda tuzilgan), Birlik va taraqqiyot partiyasi (1992 yilda tuzilgan), Taraqqiyot va yangilanish uchun ittifoq partiyasi (1998 yilda tuzilgan). Gvineya mehnatkashlari kon-federatsiyasi (1984 yil tuzilgan) mamlakatning yagona kasaba uyushmasi markazidir.
Qator 33:
 
== Meʼmorligi va tasviriy sanʼati ==
Gvineya xalqlarining qad. turar joylari yumaloq shaklda qurilib (oʻtovga oʻxshash), tomi qamish bilan yopilgan. 2-Ikkinchi jahon urushidan keyingi binolar qurilishida zamonaviy meʼmorlik namunalari yaqqol koʻrindi. Bu binolarda xonalarni quyoshdan saklovchi bugʻot, panjaralardan foydalanilgan. Mustaqillik yillarida Konakrida jamoat va sanoat binolari: politexnika instituti, stadion, radiomarkaz, bosmaxona va boshqa qurildi.
 
Gvineya hududidan odam va hayvonlarning haykalchalari, uyma bezakli va buyalgan yogʻoch buyumlar, odamlarning yogʻoch shakllari (afsonaviy hayvon boshli, geometrik shaklli), yogʻoch va suyakdan yasalib turli rangga boʻyalgan niqoblar (diniy marosimlarda kiyilgan) topilgan. Qamishdan buyum yasash (turli rangga boʻyalgan sumka, yelpigʻich, savat va b.), geometrik hoshiyali rangdor matolar tuqish rivojlangan. Gvineyada professional sanʼat rivojlanmagan .