Dalvarzintepa: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Olaf Studt (munozara | hissa)
qisqartmalarni toʻliqlash (p1, v0.3)
Qator 1:
{{Maʼnolari|Dalvarzintepa (maʼnolari)}}
'''Dalvarzintepa''' — soʻnggi [[jez davri]]ga mansub [[qishloq]] harobasi ([[mil. av. X asr|mil. av. 10]]—[[mil. av. VIII asr|8-a.asr]]lar). [[Chust madaniyati]]nit eng yirik [[yodgorlik|yodgorligi]]. [[Andijon viloyati]]ning Oyim qishlogʻi yaqinidan topilgan. D.ning 6000 m2ga yaqin qismi ochilgan ([[1966]]). 2,5 m dan 3,5 m gacha [[madaniy qatlam]] 3 [[qurilish]] qavatiga boʻlinadi. Har bir qavatidan [[uy-joy]] [[qoldiq|qoldik]]lari, [[jez]] quyish [[ustaxona]]lari, [[gʻalla ekinlari|gʻalla]] oʻralari, [[mehnat qurollari]] topilgan. Biroq uylar kam ochilgan vayetarli oʻrganilmagan. Madaniy qatlamda tashlandiq uy-joylar oʻrnida yon tomoni bilan gʻujanak holda yotgan bir qancha murdalar, koʻp miqdorda alohida [[suyak]]lar topildi. Bular D.da yashagan kishilar [[antropologiya|antropologik]] jihatdan [[yevropeoid]] [[irq]]qa mansub boʻlganligini koʻrsatadi. [[Aholi]]ning asosiy mashgʻuloti [[dehqonchilik]] va [[chorvachilik]] boʻlgan. [[Don (urugʻ)|Don]]ni qayta ishlash uchun [[yorgʻuchoq]]dan foydalanilgan. Topilgan [[hayvonlar|hayvon]] suyaklari aholi [[uy hayvonlari]]ning barcha turini parvarish qilganligini koʻrsatadi. D.da jez quyish ishi ancha [[rivojlanish|rivojlangan]]. Jezdan qilingan [[oʻroq]], [[iskana]], [[bigiz]], [[igna]], [[nayza]], [[oʻq]]ning uch qismi va [[zeb-ziynat buyumlari]] uchraydi. D.dan topilgan [[temir]] [[pichoq]] va temir parchalar qad. Fargʻona aholisi metall bilan ancha erta tanish boʻlganligini koʻrsatadi. Topilmalar orasida [[toʻqimachilik sanoati|toʻqimachilik]]ning ancha taraqqiy etganligidan darak beruvchi materiallar (jez igna, bigiz, urchuq va b.) bor.
 
== Adabiyot ==