Qadimgi Misr: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
qisqartmalarni toʻliqlash (p1, v0.3)
Qator 19:
Soʻnggi (Liviya — Sais va Eron) davrida temirdan foydalanish, pul muomalasi keng tarqalgan. 11-asrning 2-yarmi —10-asr boshida M.ning navbatdagi parchalanishidan soʻng liviyalik harbiylar rahbari Sheshoik 10-asr oʻrtasida Bubastisda xrkimiyatni qoʻlga olib, XXII sulolani boshlab bergan. Bu sulola firʼavnlari M.ni yagona davlat qilib birlashtirishga intilganlar. Miloddan avvalgi 8-asr 2-yarmida M. Kushga tobe boʻlib qolgan (XXV sulola), miloddan avvalgi 671 yil esa ossuriyaliklar tomonidan bosib olingan. Sais hokimi Psammetix 1 (663—610) yunon va kariyalik yollanma qoʻshin yordamida mamlakatni ozod qilishga va uni birlashtirishga erishgan. U va uning vorisi Nexo II davrida Yunoniston va Sharqiy Oʻrta dengizning boshqa mamlakatlari bilan mustahkam savdo aloqalari oʻrnatilgan, Deltada yunonlar manzilgohi (koloniyasi) Navkratisga asos solinadi, Nilni Qizil dengiz bilan bogʻlovchi kanal kaziladi; Nexo II tomonidan yuborilgan finikiyalik dengizchilar Afrika qitʼasini Sharkdan Gʻarbga aylanib oʻtishgan. Nexo II, Psammetix II va Apriy Suriya va Falastinga egalik qilish uchun Bobil bilan kurash olib borishgan. Biroq zaiflashib qrlgan M. Eron podshosi Kambis qoʻshini zarbasini qaytara olmagan va miloddan avvalgi 525 yil [[Ax]]om[[aniylar]] davlati tarkibiga qoʻshib yuborilgan. Miloddan avvalgi 331 yil Aleksandr (Iskandar Maqduniy) axomaniylarga qarshi yurishi chogʻida M.ni bosib olgan. Shundan soʻng M. ellinistik dunyoning bir qismiga aylangan. Makedoniyalik Iskandar tomonidan asos solingan Iskandariya shahri eng yirik savdo va madaniy markazga aylangan. M.da hunarmandchilik va savdoning yangi markazlari vujudga kelgan, savdo aloqalari (Arabiston va Hindistongacha) kengaygan, Gʻarb va Sharq davlatlari madaniyatlarining uygʻunlashuvi sodir boʻlgan. Miloddan avvalgi 2-asrning oxiriga kelib ishlab chiqarish pasaygan, bozorlar kamaygan, iqtisodiy va siyosiy tushkunlik roʻy bergan. Miloddan avvalgi 2-asr boshlarida Sshavkiylar davlati va Makedoniya bilan boʻlgan urushlardan soʻng M. koʻp yerlaridan ajralgan. Mamlakatda oʻzaro ichki nizolar, xalq galayonlari avj olgan. Bu davrda Rim M.ning ichki ishlariga aralasha boshlagan. M. zodagonlari uning yordamida galayonlarni bostirishga harakat qilgan. Bu M.ni rimliklar Misrliklar maʼbudi Tot—iyerogrif yozuvi ijodkori (papirus; London, Britaniya muzeyi).tomonidan bosib olinishiga imkon bergan, natijada miloddan avvalgi 30 yildan M. — Rim viloyati. Milodiy 395 yil Rim imperiyasi boʻlingach, Sharqiy Rim imperiyasi (Vizantiya) viloyati. 619 yil Eron shohi Xusrav II Vizantiyaning zaiflashib qolganidan foydalanib, M.ni bosib olgan. 639—642 yillarda M.ni arablar zabt etgan. M.ning keyingi tarixi haqida Misr Arab Respublikasi maqolasiga qarang .
 
Qad. Misr hukmdorlari. Ilk podsholik. 1sulola: Meneye, Jer, Den, Semerxet, Ka. 2sulola: Xotep-Sexe-mui, Nebra, Peribsen, Xasexem, Xa-sexemui. Qad. podsholik. 3sulola: Joser, Sexemxet, Neferka. 4sulola (miloddan avvalgi 28—26a.28—26-asr oʻrtalari): Snofru, Xeops (Xufu), Xafra (Xefren), Mikerin (Menkaura), Shebeyeskaf. 5sulola (miloddan avvalgi 26—25-asrlar): Userkaf, Neferirkara, Neuserra, Isesi, Una. 6sulola: (miloddan avvalgi 25—23-asr oʻrtalari); Teti I, Piopi I, Merenra I, Piopi II, Merenra II. 7, 8, 9sulolalar (miloddan avvalgi 23—22-asr oʻrtalari). 10sulola (miloddan avvalgi 22—21-asr oʻrtalari). 11sulola: Antef 1 Sexertaui, Menxuxotep III Nebxepetra.
 
Oʻrta podsholik. 11sulola: Mentuxotep IV Sanxkara (2015—2007), Mentuxotep V Nebtauira (2007—2000). 12sulola (2000—1787): Amenemxet I (2000-1970), Senusert I (1970-1934), Amenemxet II (1934—1896), Senusert III (1884—1849), Amenemxet III (1849— 1801). 13- sulola (1785—1700). 14sulola (1680 yilgacha). 15- va 16- (giksoslar) sulola (1700—?). 17sulola (1680— 1580): Senenenra, Kamos. Yangi podsholik. 18sulola (1580—14-asr oʻrtalari): Yaxmos I (1580—1559), Amenxotep I (1559-1538), Tutmos I (1538-1525), Tutmos II va Xatshepsut (1523—1503), Tutmos III (1503—1491), Amenxotep III (1455—1419), Amenxotep IV (Exnaton, 1419—1400), Tutanhamon (1400—1392),Xoremxeb (14-asr oʻrtalari). 19sulola (1342-1206): Seti I (1337-1317), Ramses II (1290—1224). 20sulola (1204— 1085): Ramses IV (1204—1180), Ramses XII (1112—1070). Soʻnggi podsholik (miloddan avvalgi 11—4-asrlar). 21sulola (1085—950): Xerixor (Fiva), Smendes (Tanis) (1035—1054). 22-(liviyalik) sulola (950-730): Sheshoik (950-929). Osorkon I (929-893), Takelot 1 (893-870), Osorkon II (870—847), Sheshoik III (823-772). 23sulola (817-730): Pe-dubast (817—763), Sheshoik IV (763— 757). 24sulola (730—715): Bokxoris (720 — 715). 25- (nubiylar) sulola (751-656): Pianxi (751-716), Shabaka (716-701), Shabataka (701-689), Taharka (689—663), Tanutamon (663— 656). 26- sais (sulola) (663 — 525): Psammetix I (663—610), Nexo II (610-594), Psammetix II (594—588), Apriy (588-569), Yaxmos II (569-525). 27-(forelar) sulola (525—404, yana q. [[Ax]]om[[aniylar]]), 28sulola (404—398). 29sulola (398—378). 30sulola (378—341). 31- (forelar) sulola (341—322, yana q. [[Ax]]om[[aniylar]]).