Yahudiylar muxtor viloyati: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
kTahrir izohi yoʻq
qisqartmalarni toʻliqlash (p1, v0.3)
Qator 5:
Yahudiylar muxtor viloyati hududini oʻzlashtirish 17-asrning 40-yillaridan boshlangan, aholi 19-asrning oʻrtalaridan qoʻplab koʻchib borgan. 1928 yil 28 martda sobiq SSSR MIK Prezidiumi yahudiy millatiga mansub boʻlgan fuqarolarni Birobijan shahri atroflariga qoʻchirish haqida qaror qabul qildi. 1930 yilda Uzoq Sharq oʻlkasida tarkibida Birobijan milliy rayoni, 1934 yil 7 mayda Yahudiylar muxtor viloyativ. (markazi Birobijan posyolkasida) tashkil etildi va bu yerga SSSR hududidagi yahudiy millatita mansub fuqarolar koʻchirila boshladi.
 
Sanoatining asosiy tarmoklari: mashinasozlik va metallsozlik (gʻalla va sholi oʻrish mashinalari va ularning ehtiyot qismlari, transformatorlar, chorvachilik sohasi uchun jihozlar), qurilish materiallari (sement, gʻisht, ohak, yigʻma temirbeton mahsulotlari, tilingan binokorlik yogʻochlari), yogʻochsozlik (shu jumladan, mebel sanoati), yengil (poyabzal, trikotaj, toʻqimachiliktikuvchilik, paypoq buyumlari ishlab chiqarish) sanoatlari mavjud, qalay qazib olinadi. Barcha yirik korxonalar [[Ikkinchi jahon urushi|2-Ikkinchi jahon urushidan]] keyingi yillarda qurilgan. Asosiy sanoat markazi – Birobijan shahri Teploozersk, Priamurskiy, Xingansk, Londoko shaharchalari bor.
 
Yahudiylar muxtor viloyati – Xabarovsk shahri va qisman oʻlkaning markaziy hamda shim. rayonlarining sabzavotkartoshka va sutgoʻsht yetkazib beradigan bazasi. Shuningdek, soya, don yetishtirish va asalarichilikka ixtisoslashgan. Chorvachiligi, asosan, sutgoʻsht yoʻnalishida. Qoramol, choʻchqa, parranda boqiladi. Ped. instituti, 2 muzey, 3 teatr bor. Sanatoriykurort va dam olish muassasalari (shu jumladan, "Kuldur" kurorti) mavjud. Transport yoʻlining uzunligi 312 km, Amur daryosida kema qatnaydigan suv yoʻlining uz. 500 km, qattiq qoplamali avtomobil yoʻllar uz. 1609 km. "Jyoltiy Yar" aeroporti faoliyat koʻrsatadi.