Shotlandiya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
kTahrir izohi yoʻq
qisqartmalarni toʻliqlash (p1, v0.3)
Qator 9:
Musiqa sarchashmalari mamlakat hududida qadimdan yashagan kelt, skott, brit, skandinav va boshqalar xalqlar musiqalaridan boshlanadi. Qadim zamonlardan 19-asrlargacha sayyor qoʻshiqchi, musiqachilar xalqqa xizmat koʻrsatgan. Shotland qoʻshiqlari pentatonika va boshqalar natural ladlarga asoslanadi. Ril, stretspey, fling raqs turlari bor. Ashula va raqslar arfa (12-asrdan), volinka (15-asrdan milliy musiqa cholgʻusiga aylangan), skripka, fidel (torli kamonchali) kabi cholgʻular joʻrligida ijro etiladi. Professional cherkov va dunyoviy musiqa 12-asrdan rivoj topa boshlagan. 12-asrda Stirlingda, 16-asrda Edinburgda qirollik kapellasi tuzilgan. 16-asr 1-yarmida R.Karver, R.Jonson, D.Pibls, R.Duglas, A.Bekuell kabi kompozitorlar mashhur boʻlgan. 18-asrda Sh. va Angliyada shotland musiqiy folkloriga qiziqish kuchaydi, shotland qoʻshiqlari toʻplamlari nashr etildi. Xalq qoʻshiqlari asosida 1725 yil ilk opera (A.Ramzey, "Oliyjanob choʻpon") ijod qilingan. 19-asrda musiqa taʼlimi rivojlandi: Edinburg unti huzurida musiqa kafedrasi (1839), Qirollik musiqa akademiyasi (1890) ochildi. 1929 yil Edinburgda Sh. milliy musiqa akademiyasi tashkil etildi. Hozirgi kompozitorlik maktabining asoschisi A.Makenzidir (opera, oratoriya, kantata va boshqalar). 1970—80-yillarda kompozitorlardan S.Deyvi, R.Krouford, T.Masgreyn samarali ijod qildilar. Edinburgda konservatoriya, simfonik orkestr, xor ishlaydi. Glazgo shahri ham musiqa markazi hisoblanadi. 1947 yildan Edinburgda xalqaro musiqa va drama festivallari oʻtkaziladi.
 
Teatri. shahrida drama teatrlari 18-asrning oʻrtalarida paydo boʻlgan (Glazgoda 3 teatr qurilgan). 1769 yil aktyor va rej. D.Ross Edinburgda "Royyal" teatrini tashkil etdi. 1883 yil "Litseum" teatri ochildi. 1782— 1863 yillar Glazgoda "Danlop strit tietr", 1805—29 yillar "Kuin strit tietr", 1842—48 yillar "Adelfi", keyinchalik "Kuins tietr" va "Prins tietr" teatrlari ishladi. 1909 yil Glazgoda rej. A.Uering tashkil qilgan teatr milliy teatr sanʼati rivojida muhim rol oʻynadi. Unda xorijiy va shotland dramaturglarining pyesalari sahnalashtirildi. 1-Birinchi jahon urushi boshlanishi bilan bu jamoa oʻz faoliyatini toʻxtatdi. 1921 yil "Shotland milliy aktyorlari" truppasi tuzildi. 1930-yillarda bu truppa tarqalib ketdi, ammo uning faoliyatini Glazgodagi "Kyortn tietr" teatri (1933—40) davom ettirdi. 1943 yil Glazgoda fuqarolik teatri ochildi. 1970— 80 yillarda "Travers tietr klab" (Edinburg), "Klouz studia tietr" (Glazgo) teatrlari ishladi. Pert, Dandi, Pitloxri va boshqalar shaharlarda ham teatrlar bor. shahrining mashhur teagr arboblari: M.Yurkvarg , D.Makre, J.Gibson, S.Bakster. Glazgo shahrida aktyor va rej.larni tayyorlovchi drama kolleji bor.
 
{{no iwiki}}