Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
qisqartmalarni toʻliqlash (v0.3)
kTahrir izohi yoʻq
Qator 15:
 
== Relyefi ==
R.Rossiya maydonining qariyb 70% tekislik. Gʻarbda Sharqiy Yevropa (yoki Rossiya) tekisligi joylashgan. Unda bal. 250–400 m li Valday, Oʻrta Rossiya, Volgaboʻyi, BugulmaBelebey, Yuqori Kama va boshqa qirlar OkaDon, Kaspiyboʻyi va boshqa payettekisliklar bilan tutash. Undan sharkda Ural tog tizmasi, soʻng Gʻarbiy Sibir tekisligi boshlanadi. Yenisey va Lena daryolari oraligʻida Oʻrta Sibir yassitogʻligi, sharkda Markaziy Yakutiya payettekisligi bor. Mamlakat sharqi va janbuida togʻliklar koʻproq. Yevropa qismida Katta Kavkaz togʻining shim. yon bagʻrida tizma togʻlar (Rossiyadagi eng baland nuqta – Elbrus togʻi, 5642 m) joylashgan. Sibirdagi togʻ tizmalari – Oltoy, Kuznetsk Olatovi, Gʻarbiy Sayan togʻlari, Tuva, Baykalboʻyi, Baykal ortidagi togʻlar va Stanovoy tizmasi Rossiyaning jan. chegarasi boʻylab oʻtadi. Sibirning shim.sharqi (Verxoyansk va Cher tizma togʻlari), Uzoq Sharq (Chukotka va Koryak togʻlari)da oʻrtacha balandlikdagi tizmalar koʻproquchraydi. Tinch okean soxili boʻylab choʻzilgan Kamchatka va Kuril orollaridagi togʻlarda harakatdagi vulkanlar otilib turadi.
 
== Geologik tuzilishi ==
Qator 43:
 
== Tarixi ==
R.Rossiya hududida oʻrta paleolit davrida, milodgacha 100–35 ming i. avval Quyi Volga, Oʻrta Uralda dastlabki manzilgoxlar paydo boʻlgan. Soʻnggi paleolit davrida odamlar qutb doirasidan oʻtib, Sibirning bir qismiga joylasha boshlagan. Mil. av. 3–2ming yilliklarda Shim. Kavkazda jez, Ural, Gʻarbiy Sibir, Yuqori Volga boʻylarida turli metallardan buyumlar tayyorlangan. Dasht, oʻrmondasht mintaqalarida chorvachilik, dare vodiylarida dehqonchilik rivojlana boshlagan. Mil. av. 1ming yillikda shahardavlatlar, Bospor davlati, Skiflar davlati mavjud boʻlgan. Mil. 3-asrda Sharqdan koʻchmanchi gotlar va 4-asrda gunnlar bostirib kelgan. 4–8-asrlarda Shim. Kavkazda alanlar birlashgan. 552–745 yillarda Rossiya hududining bir qismini turkiy xalqlarning qabilaviy ittifoqidan iborat Turk xoqonligi egallab turgan. 7-asr 1-yarmida Azov boʻyida Buyuk Bulgʻoriya davlati paydo boʻldi, ammo bulgʻorlar Xazar xoqonligidan magʻlubiyatga uchrab, Dunay, Volga va Kama daryolari boʻyiga kelib joylashdi. 10-asrda VolgaKama Bulgoriyasi davlati paydo boʻldi, Oʻrta Volga boʻyi xalqlari shu davlatga birlashdi. 6-asrda Sibir, Yenisey daryosining oʻrta oqimida hozirgi haqaslarning ajdodlari hisoblangan Qirgʻizlar davlati, 8-asr – 10-asr boshlarida Uzok. Sharkda Boxay davlati hukm surdi.
 
9-asrda sharqiy slavyan qabilalarining birlashuvchi asosida Qadimgi Rus davlati tashkil topdi; sharqiy slavyanlarning ikki markazi – Novgorod bilan Kiyev Ryurikovichlar sulolasiga mansub knyazlar hokimiyatiga birlashdi. taxminan 988 yil knyaz Vladimir Vizantiyapravoslav shaklidagi xristianlikni Rossiyaning davlat dini deb qabul qildi, bu voqea davlatchilikni mustahkamlash va Sharqiy Yevropadagi slavyan, balt, ugorfin va boshqa qabilalarni jipslashtirishga koʻmaklashdi. Qadimgi rus elati tarkib topdi. Pecheneg (bijanak) va qipchoqlar hujumini qaytargan Kiyev Rusi Sharqiy Yevropadagi yirik davlatga aylandi. Vladimir Svyatoslavich va Vladimir Monomaxdan keyin davlatni idora qilgan Mstislav Vladimirovich vafoti (1132 yil)dan soʻng Kdd. Rus davlati parchalanib ketdi. Kiyev Rusidan Novgorod respublikasi, VladimirSuzdal, GalichVolin, Ryazan knyazliklari va boshqa davlatlar ajralib chiqdi. 13-asrda ularga Sharqsan moʻgʻullar, Gʻarbdan shvedlar va olmonlar hujum qildilar. 1223 yil rus knyazliklari moʻgʻullar bilan Kalka daryosi boʻyidagi urushda magʻlubiyatga uchradi. 1236 yil moʻgʻullar VolgaKama Bulgʻoriyasini, 1237 yil Ryazan va boshqa shaharlarni vayron qildi. 1240 yil esa shvedlar bostirib keldi. Aleksandr Nevskiy rahbarligidagi rus qoʻshinlari oʻsha yili Neva urushida shvedlarni, 1242 yil Muz ustidagi urushda olmonlarni tormor qildi. Ammo tarqoq holdagi rus knyazliklari salkam 250 yil mobaynida moʻgʻullar zulmi ostida qoldi.
Qator 126:
1812 yil Vatan urushidan keyin rus sahnasida William Shakespeare, [[Friedrich Schiller|Friedrich Shiller]], [[Denis Fonvizin]], Vasiliy Kapnist, [[Ivan Krilov]], Vladislav Ozerov asarlari koʻrsatildi. Koʻngilochar tarjima asarlarini [[Aleksandr Griboyedov]], [[Nikolay Gogol]], [[Aleksandr Pushkin]], [[Aleksandr Ostrovskiy]] pyesalari siqib chiqardi. G.N.Fedotova, A.I.Yujin, V.N.Davidov kabi aktyorlar sahna madaniyatini yuqrri koʻtardilar. 1898 yil K.S.Stanislavskiy bilan V.I.Nemirovich Danchenko tomonidan Moskva Badiiy teatri tashkil etildi. 20-asr boshlarida Moskva va Peterburgda bir qator yangi teatrlar, tajriba teatr studiyalari, viloyatlarda turli yoʻnalishdagi teatrlar ish boshladi. 20-yillar oxiri – 30-yillar boshlarida ishchi yoshlar teatrlari ommalashdi. Koʻpchiligi havaskor va yarim professional jamoalardan iborat boʻlgan bu teatrlar keyinchalik professional teatrlarga negiz boʻldi. Ayniqsa, 30-yillar sahnasida inqilobiytarixiy pyesalar ustunlik qildi. Ikkinchi jahon urushi yillarida koʻpgina teatrlar sharqqa koʻchirildi, front teatrlari va artistlar brigadalari tashkil etildi. Urushdan keyingi yillarda teatr sanʼatining rivoji notekis va ziddiyatli boʻldi. Bu sohaga hokimiyatning aralashuvi koʻpgina teatr jamoalari, ayrim sanʼat arboblari va aktyorlar ijodiga asoratli taʼsir qildi.
 
50-yillar oxiri – 80-yillarda rus mumtoz adabiyoti va dramaturgiyasi asarlarini yangicha talqin qiluvchi spektakllar paydo boʻddi. [[Fyodor Dostoyevskiy]], [[Lev Tolstoy]], [[Anton Chexov]], [[Molière|Jan Molyer]] pyesalari bilan bir qatorda B.L.Boris Vasilyev, F.A.Fyodor Abramov, V.M.Vasiliy Shukshin, V.N.Vladimir Voynovich kissalari sahnalashtirildi. 80-yillarda teatrlarning faoliyat sharoiti tubdan oʻzgardi, senzura bekor qilindi, spektakllarning rahbar organlar tomonidan "qabul kilinishi" barham topdi. Yu. P.Yuriy Lyubimov, G.A.Georgiy Tovstonogov, L.Ye.Leonid Xeyfets, R.Ruben Simonov, P.O.Pavel Xomskiy, Yu.I.Yuriy Yeryomin kabi rejissyorlar tarixiy va zamonaviy mavzulardagi asarlarni zoʻr mahorat bilan sahnalashtirdilar, aktyorlardan – Yu.K.Borisova, K.Yu.Kirill Lavrov, I.M.Smoktunovskiy, M.A.Ulyanov va boshqa teatr taraqqiyotiga muhim hissa qoʻshdilar. Rossiyada opera va balet sanʼati, shuningdek, qoʻgʻirchoq teatri, sirk sanʼati ham rivojlangan. Yuqorida sanab oʻtilgan teatrlardan tashqari Moskvada Ye. Vaxtangov nomidagi, Mossovet nomidagi, Sankt-Peterburgda V. Komissarjevskaya nomidagi teatr, A. Raykin nomidagi satira teatri, Moskvada S. Obrazsov nomidagi qoʻgʻirchoq teatri, "Kreml baleti" teatri va boshqa teatrlar mashxur. Teatr uchun kadrlar Rossiya teatr sanʼati akademiyasi, B.Shchukin nomidagi, M. Shchepkin nomidagi teatr bilim yurtlari, teatr badiiytexnika bilim yurti, sirk va estrada sanʼati bilim yurti va boshqa oʻquv yurtlarida tayyorlanadi.
 
== Kinosi ==