Sanoat: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
kTahrir izohi yoʻq
qisqartmalarni toʻliqlash (p1, v0.5)
Qator 10:
1913 yilda Oʻzbekiston xududida yalpi mahsulot ishlab chiqarishda ogʻir sanoattmt hissasi 2%ni, metall ishlash 1%ni, yengil sanoat 0,8%ni, oziq-ovqat Sanoati 14%ni tashkil etgan edi. Keyingi salkam 100 yil davomida Oʻzbekiston sanoatida elektroenergetika, gaz, neft, kumir, qora va rangli metallurgiya, qishloq xoʻjaligi mashinasozligi (traktorlar, paxta terish mashinalari), avtomobilsozlik, kabel, elektronika, paxta tozalash sanoati mashinasozligi, samolyotsozlik, irrigatsiya-qurilish mashinasozligi, kimyo, sement, qurilish materiallari, tibbiyot, yogʻmoy, toʻqimachilik, tikuvchilik, oziq-ovqat va boshqa sanoat tarmoqdari shakllandi.
 
20-asrning 20y.laridan boshlab Oʻzbekistonda Sanoat jahon urushi va fuqarolar urushi natijasida inqirozga uchragan mayda, kustar korxonalarni tiklash asosida rivojlana boshladi. Paxta tozalash zavodlari, pillakashlik, yigiruvtoʻquv, tikuvchilik, poyabzal f-kalari qurila boshladi (q.qarang [[Yengil sanoat]]), 1937 yilda Toshkent toʻqimachilik k-ti ishga tushirildi, 20-asrning 40—50y.laridan kumir sanoati, gaz sanoati, neft sanoati jadal rivojlana boshladi.
 
1941—45 yillardagi urush davrida Oʻzbekistonga 90 ta sanoat korxonasi koʻchirib keltirildi, ularning kupi mashinasozlik, asbobsozlik korxonalari edi. Urushdan keyingi yillarda koʻpgina korxonalar qurilishi natijasida mashinasozlik tarmoqlari koʻpaydi, samolyotsozlik, asbobsozlik, motorsozlik, elektroapparat, elektr dvigatel, ekskavator, kompressor zavodlari qurildi. Toshkent, Olmaliq, Chirchiq, Samarqand, Navoiy, Fargʻona, Yangiyoʻl, Namangan, Shoʻrsuv va boshqa shaharlar kimyo industriyasi markaziga aylandi (q.qarang [[Kimyo sanoati]]). Bekobod, Chirchiq, Toshkent shahrida qora metallurgiya, Navoiy, Zarafshon, Olmaliq, Uchquduq sh.lari rangli metallurgiya markazlari hysoblanadi (q.qarang [[Rangli metallurgiya]]).
 
Oʻzbekistonda yoʻlovchi va yuk tashuvchi samolyot ishlab chiqariladi.
 
Oʻzbekiston davlat mustaqilligiga erishganidan keyin Sanoatda tub islohotlar amalga oshiriddi, koʻpgina tarmoqdardagi Sanoat korxonalari davlat tasarrufidan chiqarildi va xususiylashtirilib, davlataksiyadorlik, korporativ, jamoa, xususiy va boshqa tashkiliyhuquqiy mulk shakllariga aylantirildi. Respublika iqtisodiyotida muhim oʻrinda turadigan Sanoat tarmoklarida tuzilmaviy qayta tarkiblash amalga oshirildi, koʻplab kichik va oʻrta korxonalar tashkil topdi (2000 yilda 6,4 ming oʻrta, 20,4 ming kichik korxona ishladi). Chet el kapitali bilan hamkorlikda koʻpgina Sanoat tarmoklarida qoʻshma korxonalar tashkil etildi (q.qarang [[Asaka avtomobil zavodi]], [["British Ameriken tobakko"]], [["ZarafshonNyumont"]], [["Kabultekstaylz"]], [["Kokakola"]], [["Samkochavto" koʻshma korxonasi va b]].). Sanoat tarmoqlariga, ayniqsa, mahalliy xom ashyoni qayta ishlaydigan tarmoklarga chet el investitsiyalarini jalb etish faol davom etmoqda. Respublika sanoatida tarmoklarning tutgan oʻrni har xil. Sanoat tarmoklari orasida qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlovchi va agrosanoat majmuiga xizmat koʻrsatuvchi tarmoqlar tarixan yetakchi mavqega ega. Bular paxta tozalash, shoyi toʻqish, konserva, yogʻmoy va boshqa sanoat tarmoklaridir. Kimyo va neft kimyosi, mashinasozlik, elektronika, energetika, metallurgiya, yengil va qurilish materiallari sanoati jadal surʼatlarda rivojlanmoqda. Sanoat taraqqiyotida yoqilgʻienergetika kompleksining oʻrni alohida. Uning tarkibiga gaz, kumir, neft va neftni qayta ishlash sanoati, energetika kiradi. Oʻzbekiston jahondagi 10 ta yirik gaz ishlab chiqaruvchi mamlakatlar jumlasiga kiradi.
 
Oʻzbekistonda Sanoat tarmoklarida mulk shakllarini oʻzgartirish va tarkibiy oʻzgartirishlarni amalga oshirishga qaratilgan tub islohotlar mamlakat mustaqilligini mustahkamlashni, Oʻzbekistonning kelajaqda rivojlangan mamlakatlar qatorga chiqishi va jahon hamjamiyatiga qoʻshilishini taʼminlaydi.