Daryo: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
kTahrir izohi yoʻq
qisqartmalarni toʻliqlash (p1, v0.5)
Qator 35:
Har bir D. ning manbai va dengiz, koʻlga quyiladigan yoki boshqa D. bilan qoʻshilib ketadigan joyi — mansabi boʻladi. Manba suvayirgʻichga yaqin joylashgan boʻladi.
 
Bevosita okean, dengiz, koʻlga quyiladigan yoki qumga singib ketadigan D. bosh D. hisoblanadi, bosh D. ga kuyiladigan D. — irmoq deb ataladi. Bosh D. barcha irmoklari bilan birga daryo sistemasini hosil qiladi. D.lar koʻpincha koʻl, botqoklik, buloq va muzliklardan boshlanadi. Mac, Oʻrta Osiyodagi Panj, Vaxsh, Zarafshon va Norin kabi D.lar muzliklardan, RFdagi Neva, Svir, Angara singari D.lar koʻllardan, Belorussiya, Ukraina, Gʻarbiy Sibirdagi aksariyat D.lar botqokliklardan boshlanadi. Quruq va issiq iqlimli oʻlkalardagi D.lar koʻpincha suvi bugʻlanib va qumga singib tugaydi yoki hamma suvi sugʻorishga sarf boʻladi, jumladan Oʻrta Osiyodagi D.larning ayrimlari maʼlum bir joyga quyilmasdan tugab qoladi (Zarafshon, Qashqadaryo, Chu va Turkmanistondagi D.lar). D. sistemasi oʻzining suvini yigʻib oladigan quruqlik yuzasi suv yigʻiladigan maydon deb ataladi. Yer sirtining D. sistemasi joylashgan va b. suvayirgʻichlar bilan chegaralangan qismi D. havzasi deyiladi (q.qarang [[Daryo havzasi]]).
 
Oʻzbekistondagi D.lar, asosan, togʻlardagi qor va muzliklardan hamda yomgʻir suvlaridan toʻyinadi. Oʻzbekiston hududini kesib oʻtuvchi eng katta suv arteriyalari boʻlmish Sirdaryo va Amudaryo qamda ularning irmoqlari Oʻzbekistondan tashqarida boshlanadi. Oʻzbekistonning yirik D.lari: Norin, Qoradaryo, Soʻx, Chirchiq, Zarafshon, Surxondaryo, Qashqadaryo, Sheroboddaryo. Ularning koʻpchiligi faqat oʻrta va quyi oqimida Oʻzbekistan hududidan oʻtadi (jadvalga qarang).
Qator 99:
D., odatda, relyefning choʻziq pastliklarida — vodiylarda oqadi, uning eng past qismi oʻzan, daryo suvi koʻpayganda oʻzandan chiqib bosib ketadigan vodiy tubining oʻzanga tutash qismi esa kayir yoki qayir terrasasi deyiladi. Oʻzanlarda chuqur va sayoz joylari almashinib boradi. Oʻzanning eng chuqur joylari — farvater, oqim tezligi eng katta boʻlgan joylari esa tezoqar joy deyiladi. D. yoki D.larning ayrim qismlari balandliklari farqining uzunligiga nisbati D. nishabligi deyiladi.
 
Relyefga bogʻliq ravishda togʻ D.si va tekislik D.siga boʻlinadi. Togʻ D.si nishabi kattaligidan, tor vodiylarda tez (kuchli) oqadi, yuvish jarayoni ham kuchli boʻladi. Oʻrta Osiyo D.lari asosan togʻ D.laridir. Tekislik D.lari keng oʻzanda sokin oqadi, ilonizi yoki meandrlar xos. Tekislik D.lari oʻzan va qayirlarida qum, gil yotqiziqlar qoldiradi, marza, sayozlik, tirsaklar hosil qiladi (mas, Amudaryo va Sirdaryo oʻrta va quyi oqimida), quyilish joylarida esa deltalar vujudga keladi. Baʼzan D. dan ajralgan tarmoqlar boshqa D. bilan qoʻshilishib ketadi (q.qarang [[Daryoning ikkiga ayrilishi]]).
 
Yer shari yuzasida D.lar juda note-kiye taqsimlangan. Har bir materikda bosh suvayirgʻichlar — oqim chegaralari bor. Yerning bosh suvayirgʻichi materiklar yuzasini 2 asosiy havzaga: AtlantikaArktika (oqim Atlantika va Shim. Muz okeanlariga boradi) va Tinch okean (oqim Tinch va Hind okeanlariga tushadi) havzalariga boʻlib turadi. Ekvatorial mintaqada D.lar zich boʻlib, dunyodagi eng yirik Amazonka, Kongo daryolari oqadi; tropik va moʻʼtadil mintaqalarda, ayniqsa togʻli r-nlarda (Alp, Kavkaz, Qoyali togʻlar va b.), choʻllarda D.lar qor eriganda yoki jalalarda suv toʻlib oqadi (mas, Qozogʻistonning tekislik qismida).
Qator 117:
D. eroziya (yemirish) ishlarni bajaradi. Oʻzan va qayirida daryo oqimlari, suv yigʻish maydonida esa yuza suvlari okimi tuproqni yuvadi. D. suvining loyqaliligi turlicha. Oʻrta Osiyo D. lari suvi nisbatan loyka (1 m3 suvda 200—300 g dan 1–5 kg gacha loyka bor).
 
D. oqimi chuchuk suv resurslarining muhim manbaidir (q.qarang [[Suv resurslari]]). D. oqimlari kelib chiqishi va xoʻjalik ahamiyatiga koʻra 2 qismdan: yer osti oqimi va yer yuzasi oqimidan iborat. Yer osti oqimidan yil davomida foydalanish mumkin. Yer yuzasi oqimini suv omborlari yordamida tartibga solib foydalaniladi.
 
D. ning flora va faunasi bentos, plankton va nektondan iborat. D. tubining tuzilishiga qarab qar xil daryo tubi hayvonlari uchraydi. D. ning sekin oqadigan qismida yuksak suv oʻsimliklari uchraydi. Suvoʻtlar va toshlar orasida koʻplab mayda jonzotlar yashaydi. Erkin suzadigan planktonlarga yarim mikroskopik va mikroskopik hayvonlar (mayda qisqichbaqasimonlar, kolovratka) va suvoʻtlar (fitoplankton) kiradi. Nektonga oqimga qarshi suza oladigan baliklar mansub. D.larning quyi qismi va ularning deltalari baliqqa boy. D. da suv omborlari barpo qilish planktonlarning sonini oshirdi. Toʻgʻon va gidrouzellar qurilishi ovlanadigan oʻtkinchi baliqlarning (ayniqsa losossimon va osyotrsimonlar) tabiiy migratsiyasiga toʻsqinlik qiladi va koʻpayishiga xalaqit beradi. D.larning sanoat va xoʻjalik oqova suvlari bilan ifloslanishiga yogʻoch chiqindilari, shuningdek, mineral oʻgʻitlar va zaharli kimyoviy moddalarning qoʻshilishi ham salbiy taʼsir kursatadi. Yer sharidagi koʻpchilik D.ning (ayniqsa Shim. Amerikaning sharqi va Gʻarbiy Yevropadagi) suvi sanoat va xoʻjalik chiqindilari bilan ifloslangan. [[Suv resurslari]]dan oqilona foydalanish maqsadida qonuniy, texnikaviy va sanitariya-gigiyena chora tadbirlari koʻrilmoqda (q.qarang [[Tabiatni muhofaza qilish]]).
 
D. qadimdan aholini ichimlik suvi va sanoatni suv bilan taʼminlash, tabiiy va chana (qishda) yoʻli, muntazam yangilanib turadigan gidroenergiya manbai, botqoq yerlarning suvini qochirishda kollektor vazifasini oʻtab kelgan. D.lardan anchagina baliq ovlanadi. D. qayirlari oʻtloq, tuprogʻi unumdor boʻlib, koʻpincha poliz ekinlari ekiladi. D. vodiylari boʻylab asosiy yer usti transport yoʻllari (temir yoʻl va avtomobil yoʻllari) oʻtadi, D. boʻyida juda koʻp shaqar va shaharchalar joylashgan. D. suvi suv resurslarining asosiy manbaidir.