Botanika bogʻi: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
kTahrir izohi yoʻq
qisqartmalarni toʻliqlash (p1, v0.5)
Qator 5:
Botanika bogʻi Yevropada monastir bogʻlari asosida vujudga kelgan. Dastlabki Botanika bogʻi 14-asrda Italiyada (Salerno, 1309; Venesiya 1333) paydo boʻlgan. 16— 17-asrlarda Botanika bogʻi Fransiya, Germaniya, Niderlandiya, Angliya, Shvesiya va boshqa mamlakatlarda tashkil etilgan, ularda asosan dorivor oʻsimliklarni oʻrganish sohasida tadqiqotlar olib borilgan. Buyuk geografik kashfiyotlar davrida Botanika bogʻi lari boshqa oʻlkalardan keltirilgan oʻsimliklarni sinovdan oʻtkazish bilan shugʻullanadi. Botanika bogʻi dan eng yiriklari 25 ming oʻsimlik turiga ega boʻlgan Ksyu (London), Edinburg (35 ming), K. Linney ishlagan Upsala (10 ming), Utrext (10 ming), Bryussel (13,5 ming), Berlin (18 ming), Jeneva (15 ming) va boshqa shaharlarda mavjud. Amerika qitʼasida Botanika bogʻi 18-asrdan tashkil etila boshlandi. Bu kitʼada NyuYork (15 ming), Bruklin (8 ming), Monreal (20 ming), RiodeJaneyro (7,5 ming) Botanika bogʻi eng yirik bomardir. 18—19-asrlarda Botanika bogʻi lari Osiyo va Afrika mamlakatlarida tashkil etila boshlandi. Ular orasida eng mashhurlari Kalkutta (Hindiston), Bogor (Indoneziya), Paradeniya (Indoneziya)dagi Botanika bogʻi hisoblanadi. Podsho Rossiyasi hududida Botanika bogʻi 19-asr dan tashkil etila boshlagan. Ular orasida eng asosiylari Nikita (Qrim), Tbilisi, Batumi, Ukraina, Sibir Botanika bogʻi va Moskvada joylashgan Rossiya FAning Bosh Botanika bogʻi hisoblanadi.
 
Oʻzbekistonda Botanika bogʻi 1921 yilda Toshkent davlat universiteti qoshida tashkil etilgan. Toshkentdagi Botanika bogʻi dunyodagi eng yirik Botanika bogʻi qatoriga kiradi. (q.qarang Botanika instituti va botanika bot).<ref>"{{PAGENAME}}" ''[[OʻzME]]''. [http://n.ziyouz.com/books/uzbekiston_milliy_ensiklopediyasi/O'zbekiston%20Milliy%20Ensiklopediyasi%20-%20B%20harfi.pdf B-harfi] Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
 
== Manbalar ==