Panjob — versiyalar orasidagi farq

qisqartmalarni toʻliqlash (p1, v0.5)
(replace fake map)
(qisqartmalarni toʻliqlash (p1, v0.5))
[[File:British Punjab 1909.svg|thumb|200px|Panjob]]
{{Maʼnolari|Panjob (maʼnolari)}}
'''Panjob''' — Janubiy [[Osiyo]]dagi [[tarix]]iy va [[geografiya|geografik]] viloyat. [[Hind-Gang tekisligi]]ning shimoliy qismi. Jelam, Chinob, Ravi, Bias va Satlaj [[daryo]]lari (Hind havzasi)dan sugʻoriladi. Jahon madaniyatining eng qadimiy markazlaridan biri (q.qarang [[Xapanna madaniyati]]). Panjobni miloddan avvalgi VI asrda [[forslar]], miloddan avvalgi IV asrda [[Aleksandr Makedonskiy|Aleksandr]] qoʻshinlari, milodning boshida [[kushonlar]] bosib olgan; X asrdan XVIII asrning 2 - yarmigacha musulmon hukmdorlari qoʻlida boʻlgan. XVI asrda Panjob hududida [[sikhlar]] harakati boshlanib, natijada ular oʻz davlati (1765—1849)ni barpo etganlar. Bu davlat ingliz-sikh urushlari (1845—46 va 1848—49) natijasida ingliz mustamlakachilari tomonidan bosib olingan. 1947 - yilda Panjob hududi [[Hindiston]] bilan [[Pokiston]] oʻrtasida boʻlib olingan: sharqiy Panjob Hindiston Respublikasi shtatiga, gʻarbiy Panjob Pokiston viloyatiga aylangan.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
 
== Manbalar ==
6 807

ta tahrir