Ozarbayjon Sovet Sotsialistik Respublikasi: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Qator 78:
1813- va 1828-yillarda Ozarbayjonning shimoliy qismi [[Rossiya]]ga qoʻshib olingan. 19-asr oxiriga kelib Boku yirik sanoat markaziga aylangan. 1904-yili RSDRIning iskrachi komiteti tuzilgan. 1917-yil noyabr oyida Sovet hokimiyati oʻrnatilgan va Boku kommunasi vujudga kelgan. 1918-yil yozida ingliz-turk intervensiyasi boshlanib, hokimiyat [[musovotchilar]] qoʻliga oʻtgan. [[Qizil armiya]] qoʻllovi bilan mamlakatda Sovet hokimiyati tiklangan.
 
1920-yil 28-aprelda Ozarbayjon SSR eʼlon qilingan. Oʻsha yili Ozarbayjon Kompartiyasi tashkil etilgan. 1922-yil 12-martdan [[Zakavkazye Sotsialistik Federativ Sovet Respublikasi|Zakavkazye SFSR]] tarkibiga kirgan. 1936-yil 5-dekabrda ittifoqdosh respublika sifatida bevosita Sovet Ittifoqi tarkibiga kirgan. Ozarbayjon SSR uch marta: 1935-, 1964- hamda 1980-yillarda [[Lenin ordeni]] bilan taqdirlangan.
 
1991-yilning 5-fevralida Ozarbayjon SSR [[Ozarbayjon Respublikasi]] deb qayta nomlandi. 1991-yilning oktabrida mustaqilligini eʼlon qildi. 1995-yil Ozarbayjon oʻzining yangi konstitutsiyasini qabul qildi.