Astigmatizm: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Qator 34:
===Me’yor yoki kasallik===
1 yoshgacha bo‘lgan [[bola]]larda astigmatizm kasalligining uchrashi me’yoriy hol hisoblanadi. Go‘dakar [[ko‘z]]i juda tik muguz pardaga ega bo‘lib, astigmatizm 6 dioptriyagacha yetishi mumkin. Bolakaylar muguz pardasi shakli asta-sekin o‘zgarib, 5-6 yoshga yetganlarning 5 foizidagina 1 dioptriyadan ortiqroq darajadagi astigmatizm kuzatiladi. Vaqt o‘tishi bilan fiziologik holat ro‘y berishi asnosida uning darajasi 0,5 – 0,75 dioptriyagacha kamayadi va boshqa oshmaydi. Agar ota-onalar yoki bobo-buvilarda astigmatizm bo‘lsa, u irsiyat orqali ham o‘tishi mumkin. Ko‘z jarohatlangan yoki shikastlangan, shuningdek, xastalikka chalingan taqdirda esa bolakaylarda astigmatizm darajasi yanada ortishi yuz beradi.
==Bolalarda astigmatizm kasalligi==
Shuningdek, orttirilgan astigmatizm ham borki, u [[ko‘z]] jarohati oqibatida yoki [[jarrohlik]]dan keyin ko‘zda chandiq hosil bo‘lishi natijasida yuzaga kelishi mumkin. Yaqinni yoki uzoqni yaxshi ko‘ra olmaslik dardiga chalingan insonlarda ma’lum darajada astigmatizm ham mavjudligi ehtimoldan xoli emas. Uning o‘ta og‘ir turi birikkan astigmatizm bo‘lib, kishi bunda yaqin masofadan ham, uzoqdan ham yaxshi ko‘ra olmaydi.
 
Ba’zi hollarda inson astigmatizm xastaligi bilan og‘riganini payqamay qolishi ham mumkin. Biroq boshda og‘riq paydo bo‘lishi, narsalarning chaplashib yoki ikkita bo‘lib ko‘rinishi, kompyuter yoxud kitobdan ko‘zning tez toliqishi kabi belgilar yuz ko‘rsatsa, darhol mutaxassisga murojaat qilish lozim. Ko‘z shifokori maxsus jadval va silindrsimon linzalar ko‘magida ko‘rish a’zosini tekshirib, aniq tashxis qo‘yib beradi.
==Manbalar==
{{manbalar}}