Missionerlik: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k 213.230.99.196 tahrirlari 213.230.72.3 versiyasiga qaytarildi
Teg: Eski holiga qaytarish
213.230.72.3 (mun.) tomonidan qilingan 2025445-sonli tahrir qaytarildi
Teg: Bekor qilindi
Qator 12:
 
{{stub}}
Missionerlik haqida gap ketar ekan, avvalo ushbu tushunchaning lug‘aviy va istilohiy ma’nolarini tushunib olish muhim ahamiyatga egaligini alohida qayd etish lozim.
Ushbu so‘z lotin tilidagi «missio» fe’lidan olingan bo‘lib, «yuborish», «vazifa topshirish», missioner esa “vazifani bajaruvchi” degan ma’nolarni anglatadi. Missionerlik esa belgilangan vazifalarni hal qilishga qaratilgan nazariy va amaliy faoliyat majmuini bildiradi. Turli lug‘atlar va manbalarda missionerlikka ko‘plab ta’riflar berilgan. Ularning deyarli barchasida missionerlikka xos xususiyatlar tavsiflanishi barobarida, bu so‘z asosan xristian dini bilan bog‘lanadi. Jumladan, har yili qayta nashr etiladigan «World Book» (“Jahon kitobi”) ensiklopediyasida “Missioner biror diniy guruh tomonidan boshqalarni o‘z diniga targ‘ib qilish va kiritish uchun yuborilgan inson”,-degan fikr qayd etilgan. 2005 yilda Moskvada nashr etilgan “Kirill va Mefodiyning katta ensiklopediyasi”da esa «Missionerlik biror diniy birlashma vakillarining o‘z e’tiqodini boshqa din vakillari orasida yoyish harakati»,-degan ta’rif keltirilgan. Umuman olganda, turli lug‘atlar va manbalarda bayon etilgan ta’riflar bib-biriga juda yaqin va o‘xshash bo‘lib, ularga tayangan holda quyidagi xulosani chiqarish mumkin: missionerlik - bir dinga e’tiqod qiluvchi xalqlar orasida boshqa bir dinni targ‘ib qilishni anglatadi.
Prozelitizm - bu to‘g‘ridan-to‘g‘ri biron bir dinga ishongan fuqaroni o‘z dinidan voz kechishga va o‘zga dinni qabul qilishga majbur qilishdan iboratdir. Missionerlarning bugungi kundagi faoliyati hech bir mintaqa, hech bir davlat bunday tahdiddan holi emasligini ko‘rsatadi. Bunday holatlarning oldini olish uchun esa missionerlikning mohiyatini to‘g‘ri va chuqurroq anglash, uni bartaraf etish yo‘lida maqsadli, tizimli va tadrijiy faoliyat olib borish zarur bo‘ladi .
Bugungi kunda faol missionerlik bilan turli yo‘nalishdagi tashkilotlar shug‘ullanayotgan ekan, bunday harakatlarning g‘oyaviy-aqidaviy asoslarini ko‘rib chiqish maqsadga muvofiqdir. Masalan, xristianlar “Missionerlik har bir dindor uchun shart”,-deb hisoblaydilar. Bunday fikrlarning asosi va manbaini «Injil»dan topish mumkin. Jumladan, “Injil”da Iso Masihning o‘ziga 12 havoriyni tanlab olishi va ularni Isroilning qishloqlari bo‘ylab da’vat qilish uchun yuborgani qayd etilgan. Bu haqda Markdan rivoyat qilingan “Injil”da «Iso shogirdlariga dedi: “Butun jahon bo‘ylab yuringlar va hamma tirik jonga Injil Xushxabarini targ‘ib qilinglar”, Mattodan rivoyat qilingan «Injil»da esa “...barcha xalqlardan shogird orttiringlar. Ularni Ota, O‘g‘il va Muqaddas Ruh nomi bilan cho‘qintiringlar. Men sizlarga buyurgan hamma narsalarga amal qilishni ularga o‘rgatinglar...”, -degan da’vatlarni o‘qish mumkin. Shu o‘rinda adolat yuzasidan bir fikrni alohida qayd etish lozim. Ko‘pchilik hollarda muayyan dinda doirasida shakllangan u yoki bu ko‘rsatmalar, aqidalar konkret tarixiy shart-sharoit bilan bog‘liq bo‘ladi va o‘z davri uchun to‘g‘ri hisoblanadi. Vaqt, sharoit o‘zgarishi bilan o‘zining birlamchi ahamiyatini yo‘qotgan bunday ko‘rsatmalar o‘sha davrdagi tarixiy vaziyatni tushunish va baholashda qimmatdorlik kasb etadi. “Injil”dan keltirilgan yuqoridagi so‘zlar haqida ham shunday deyish mumkin. Zero, Iso Masih tomonidan qilingan bunday da’vatlar ko‘p xudolilik o‘rniga yakka xudolikni targ‘ib qilish bilan bog‘liq edi.
Bugungi kunda jahon aholisining mutlaq ko‘pchiligi yakkaxudolikka asoslangan o‘z dinlariga e’tiqod qiladi. SHunday ekan, qayd etilgan ko‘rsatmalarni missionerlik bilan shug‘ullanish uchun g‘oyaviy asos qilib olish tarix haqiqatiga zid ekanini ta’kidlash zarur. Hozirgi davrga kelib missionerlik global ko‘rinish oldi. Bunda XIX-XX asrlarda yuzaga kelgan ko‘plab protestantlik oqimlari faol rol o‘ynamoqda. Insoniyat tarixida XX asr yirik davlatlar tomonidan o‘z ta’sir doiralarini kengaytirish uchun olib borilgan kurashlar davri bo‘ldi. Bu jarayonda Osiyo va Afrika mamlakatlari asosiy kurash maydoniga aylandi.
Missionerlarning asosiy maqsadi ma’lum davlatlarda o‘zlariga tarafdorlarni ko‘proq yig‘ish, ular orasida g‘arbona, xristian hayotini targ‘ib qilish va shu orqali jamiyatda xayrixoh bo‘lgan guruhlarni shakllantirishdir. Ushbu maqsadga erishish uchun xristian missionerlari tomonidan ko‘p yillik dasturlar ishlab chiqilgan. SHunday loyihalardan eng yirigi bu «1040 OYNA» rejasidir. Rejaga binoan xristian missionerlari injillashtirish faoliyatida asosan shimoliy kenglikning 10 va janubiy uzunlikning 40-darajalari orasida joylashgan hududlarga alohida ahamiyat beradilar.
Ushbu xarita ham missionerlikdan energetik zahiralarni qo‘lga kiritishdek geosiyosiy maqsadlarda foydalanilishi haqidagi xulosaning o‘rinli ekanini ko‘rsatadi. Uzoqni ko‘zlab, g‘arazli geosiyosiy maqsadlarga erishishni niyat qilgan kuchlar tomonidan ushbu hududga xos xususiyatlar juda ham chuqur o‘rganib chiqilgan, bu haqda bir qator risolalar va missionerlar uchun qo‘llanmalar ishlab chiqilgan. Ularning orasida «1040 OYNA»ga kiruvchi mamlakatlarning o‘ziga xos xususiyatlari, aholisining dini, turmush tarzi, missionerlik faoliyatini olib borishda nimalarga e’tibor berilishi lozimligi haqida batafsil ma’lumotlar keltirilgan Patrik Djonstounning «Dunyo operatsiyasi» risolasi alohida e’tiborga molik.
Qo‘llanmada keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, hozirgi kunda dunyodagi millat va elatlar soni 12 017 tani tashkil etadi. Ulardan 9 017 tasi to‘laqonli faoliyat yuritadigan cherkovga ega, qolgan 3000 millat va elat bunday cherkovlarga ega emas. Djonstoun ularga ko‘proq ahamiyat qaratish kerakligini, bu hududlardagi xristianlar islom, hinduiylik, buddaviylik dinlarning tazyiqlariga uchrayotganini ta’kidlaydi. Risolada dunyo bo‘yicha eng ko‘p tazyiqqa uchrayotgan cherkovlar joylashgan hududlar xaritasi ham keltirilgan.
2001 yilda chop etilgan “Butun dunyo xristian ensiklopediyasi”ga ilova tarzida 2002 yilda AQSHda, “Butun jahon xristianligi tendensiyasi” kitobi nashr etildi. Unda xristianlik 2025 yilgacha erishish lozim bo‘lgan sakkiz asosiy maqsad sanab o‘tilgan. Xususan, unda aytilishicha
- Er yuzi aholisining “Injil” bilan tanishtirilishi 73,1 foizdan 100 foizga etkazilishi;
- dunyo aholisi tarkibidagi xristianlarning ulushi 33 foizdan 40 foizga o‘sishi;
- xristianlarning 10 foizini tashkil qilgan missionerlarning ulushi 20 foizga ko‘tarilishi;
- xristianlar o‘z daromadlarining 1,8 foizini cherkov hisobiga o‘tkazib kelishgan bo‘lishsa, bu ko‘rsatkich 3 foizga etkazilishi;
- har 3000 kishiga 1 ta missioner to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich har 1000 kishiga 1 ta missionerni tashkil etishi;
- cherkov mavjud bo‘lmagan, aholisi 50 000 dan ortiq 116 ta shaharning barchasida cherkovlar yuzaga kelishi;
- cherkovlar tuzilmagan 1000 dan ortiq etnik guruhning har birida cherkovlar tashkil etilishi;
- yo umuman tarjima qilinmagan, yoki qisman tarjima qilingan barcha tillarga “Injil” tarjima qilinishi lozim.
Er sharining ushbu mintaqasi klassik geosiyosat nazdida ham asosiy va hal qiluvchi ahamiyatga ega. XIX asrdayoq taniqli geosiyosatchi A.Mexen jahon maydonida 30-40 paralellar orasidagi “qarama-qarshiliklar hududi”ni ajratib ko‘rsatgan. Ushbu hududlarda imperiyalarning manfaatlari to‘qnashadi. Zamonaviy geosiyosatchilar esa ushbu hududning aksariyat qismini “beqarorlik tuguni” deb atashadi.
2. Zamonaviy missionerlik uyushmalari.
Missionerlik harakatini eng ko‘p olib boradiganlar, hozirgi kunda, bu «Iegov shohidlari» diniy tashkiloti vakillaridir. Ularning vakillarini jamoat joylarida, xiyobon va mahallalarda ochiqdan-ochiq missionerlik ruhidagi adabiyotlarini tarqatishlarini kuzatish mumkin.
Missionerlik bilan faol shug‘ullanuvchi «Iegov shohidlari» sektasida ta’sir etish mexanizmlari aniq va lo‘nda qilib ishlangan. Bu yo‘nalish 19-asrning 70-yillarida AQSHda vujudga kelgan. Bugungi kunda jahonning turli mamlakatlarida 100 ga yaqin bo‘linmalariga ega. Bu tashkilot qat’iy markazlashgan bo‘lib, uning boshqaruvchi raisi cheklanmagan hokimiyatga ega. YUqoridan pastga ko‘rsatmalar va adabiyotlar, pastdan yuqoriga hisobotlar yuborib turiladi. «Iegov shohidlari» o‘zining matbuot organiga ega. «Posbon minora», «Uyg‘on». Bu jurnallar jahon xalqlarining 160 dan ziyod tilida nashr qilinib, dunyoning turli burchaklarida tarqatiladi.