Oʻzbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Tahrir izohi yoʻq
Qator 75:
Poytaxti 1925-yil fevraldan to may oyigacha [[Buxoro]], 1925-yil maydan to 1930-yil dekabrgacha [[Samarqand]], 1930-yil oxiridan [[Toshkent]]. Tarkibiga [[Qoraqalpogʻiston ASSR]] kirgan. Respublika 11 oblastga boʻlingan, 156 rayon, 123 shahar, 98 shahar tipidagi posyolkasi boʻlgan.<ref>{{cite encyclopedia | year = 1988 | title = Oʻzbekiston SSR | encyclopedia = Ensiklopedik lugʻat | publisher = [[Oʻzbek sovet ensiklopediyasi]] | location = Toshkent | language = oʻzbekcha | id = 5-89890-018-7 | page = 464 | volume = 2}}</ref>
 
Oʻzbekiston SSRning maydoni 447 400&nbsp;km² boʻlgan. Aholisi 1926-yilda 5 miliondanmilliondan ortiq boʻlgan, 1989-yilga kelib 20 millionga yetgan. 1989-yilda Oʻzbekiston SSRda oʻzbeklar (14 milliondan oshiq), [[qoraqalpoqlar]] (411 900), [[tojiklar]] (933 600), [[qozoqlar]] (808 200), [[qirgʻizlar]] (174 900), [[turkmanlar]] (121 600) yashagan.
 
Oʻzbekiston SSR hududi shimol va shimoli-gʻarbda [[Qozogʻiston SSR]], janubi-gʻarbda [[Turkmaniston SSR]], janubi-sharqda [[Tojikiston SSR]], shimoli-sharqda [[Qirgʻiziston SSR]], janubida [[Afgʻoniston]] bilan chegaradosh boʻlgan.
 
Oʻzbekiston SSRda boshqa sovet respublikalaridagi kabi bir necha ommaviy qatagʻon amalga oshirilgan. Biroq bunday holatlarga qaramasdan, mamlakatda yuzlab sanoat korxonalari qurilgan, yangi shahar va posyolkalarga asos solingan. Savodsizlikni tugatish ishlari olib borilgan, pedagogik va ilmiy kadrlar tayyorlash maqsadida yangi maktablar, texnikumlar va intstutlarinstitutlar ochidganochilgan. [[Mirzachoʻl]] va boshqa choʻllarning oʻzlashtirilishi natijasida ekin maydonlari kengaygan.
 
Oʻzbekiston SSR 1990-yilning 20-iyunida suverenitet eʼlon qildi. Ammo 1991-yilning 31-avgustida mustaqillik eʼlon qilinib, [[Oʻzbekiston Respublikasi]] deb qayta nomlangunicha Sovet Ittifoqi tarkibida qoldi. Oʻzbekiston mustaqilligi 1991-yilning 26-dekabrida Sovet Ittifoqi parchalanib ketganidan keyin tan olindi.