Ogahiy: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: -a. → -asr using AWB
Tahrir izohi yoʻq
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Qator 1:
{{Birlashtirish|Muhammad Rizo Ogahiy}}
'''Ogahiy''' (taxallusi; toʻliq ismsharifi Muhammadrizo Erniyozbek oʻgʻli) (1809.17.12, [[Xiva]] yaqinidagi Qiyot qishlogʻi — 1874.14.12) — [[shoir]], [[tarixchi]], [[tarjimon]]. Mirob oilasida tugʻilgan. Xiva madrasalarida tahsil koʻrgan. [[Arab tili|Arab]], [[fors tili|fors]], [[turk tili|turk]] tillarini puxta egallagan. Xorazmning[[Xorazm]]ning mashhur shoir va olimlari, adabiyot muxlislariningsuhbatlaridamuxlislarining suhbatlarida ishtirok etgan. Sharq klassiklari asarlari, ayniqsa, [[Navoiy]] ijodini qunt bilan oʻrgangan.
1829 yilda amakisi va ustozi Munis vafot etgach, Xiva xoni Olloqulixon (1825—42) O.ni Munisning oʻrniga mirob etib tayinlagan. Shu davrdan eʼtiboran O. xalq hayoti va saroy ishlari bilan shugʻullangan. Qizgʻin ijtimoiy-siyosiy meh-nat bilan mashgʻul bir paytda otdan yi-qilib, oyogʻi "shakarlang" (shol) boʻlib qolgan (1845). 1857 yildan miroblik va-zifasidan isteʼfo bergan. Umrining oxirigacha moddiy muhtoj, gʻamgin, kasalmand ahvolda kun kechirgan.
 
O. xalqorasida koʻproq lirik shoir sifatida mashhur. Umrining oxirgi yillarida tuzgan lirik kulliyoti — "Taʼviz ul-oshiqin" ("Oshiqlar tu-mori", 1872) bizgacha toʻla yetib kelgan. Devon anʼanaviy tartibda tuzil-gan, 470 gʻazal, 3 mustazod, 89 muham-mas, 5 musaddas, 2 murabba, 4 musam-man, 4 tarjeʼband, 7 qitʼa, 80 ruboiy, 10 tuyuq, 1 mulamma, 4 chis-ton, 2 muammo, 4 masnaviy, 1 bahri tavil, 1 munojot, 1 oshiq va maʼshuq savol-javobi, 20 taʼrix, 19 qasida — jami 18000 misradan iborat. De-vonga "Ashʼori forsiy" nomi bilan O.ning fors tilidagi 1300 misra sheʼri ham kiritilgan. Devondagi asarlar mazmun-mundarijasi marka-zida ishq mavzui turadi.