Qashqar (shahar): Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Sabircan (munozara | hissa)
kTahrir izohi yoʻq
→‎top: {{no iwiki}} andozasi oʻchirildi
Qator 7:
 
K.da qoʻrgʻoshinrux va volfram rudalari, qimmatbaho toshlar qazib olinadi. Qishloq xoʻjaligi mashinalari, ximikatlar, teriga ishlov berish, toʻqimachilik mahsulotlari, zargarlik va misgarlik buyumlari, gilamlar, qurilish materiallari, musiqa asboblari, pichoqlar ishlab chiqariladi. K. qadimdan hunarmandchilik buyumlari bilan mashhur. K temir yoʻl orqali XXRning barcha yirik shaharlari bilan bogʻlangan. Shaharda 1979 yilda qurilgan "Osiyo bozori" xalqaro savdoda muhim oʻrin tutmoqda. Ayni zamonda K. yirik xalqaro turistik shaharga aylantirilgan. Shaharda YusufXos Hojib maqbarasi, Ofoqxoʻja maqbarasi va madrasasi, Hayitgoh (Namozgoh) Jome masjidi va madrasasi mavjud. Shahar maydoniga Mao Szedunning balandligi qariyb 40 m li haykali oʻrnatilgan. Shahar yaqinida Mahmud Koshgʻariy va Sotuq Bugʻroxon maqbaralari mavjud. K.dan 18 km shim.da Beshkerem daryosining jan. sohilidagi tepalikda 3 ta gʻor bor. Gʻorda saqlanib qolgan 70 dan ortiq haykal va devoriy rasmlar K. bundan ikki ming yil muqaddam budda dini markazlaridan biri boʻlganligidan dalolat beradi.
 
{{no iwiki}}
 
{{OʻzME}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->