Aleksey Kozlovskiy: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Tahrir izohi yoʻq
Qator 17:
| Sayt =
}}
'''Aleksey Fyodorovich Kozlovskiy''' ({{lang-ru|Алексе́й Фёдорович Козло́вский}}) (15-oktabr 1905-yil, [[Kiyev]] — 3-yanvar 1977-yil, [[Toshkent]]) — bastakor, dirijyor, pedagog. [[Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi]] (1944), [[Oʻzbekiston xalq artisti]] (1955), professor (1958). Kozlovskiy [[Oʻzbekoʻzbek milliy musiqasi|Oʻzbek]] va [[Qoraqalpoq milliy musiqasi|qoraqalpoq]] milliy kuylarini toʻplagan, oʻz asarlarida Yevropa musiqa anʼanalari bilan oʻzbek milliy ohanglardan foydalangan: „Kompozitorlik mahorati oʻzbek kuylarini teran badiiy ifoda vositalari bilan uygʻunlashtirishda, yetuk opera, balet, simfonik asarlarida Yevropa va Sharq musiqa xususiyatlarini uzviy bogʻlashida namoyon boʻlgan“.<ref name="OʻzME">{{cite encyclopedia | ref = | last = | first = | editor = | encyclopedia = [[Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi]] | title = Kozlovkiy, Aleksey Fyodorovich | volume = | year = 2006 | publisher = Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi Davlat ilmiy nashriyoti | location = [[Toshkent]] | language= }}</ref>
 
Kozlosvkiyning eng taniqli asarasari „Ulugʻbek“ operasidir (1942, yangi tahriri — 1958). Shuningdek, u „Tanavor“ baleti (1971), „Davron ota“ (T. Sodiqov bilan, 1941), „Sherali“ ([[Sergey Vasilenko]], va [[Muxtor Ashrafiy]] bilan, 1942) musiqali dramalari, „Lola“ simfonik syuitasi (1937), vokal-simfonik, kamercholgʻukamer-cholgʻu asarlar, oʻzbek xalq cholgʻulari uchun asarlar, qator spektakllarga, „Tohir va Zuhra“ (1945), „Nasriddinning sarguzashtlari“ (1946) badiiy filmlariga musiqalar yozgan. Bundan tashqari, Kozlovskiy [[Halima Nosirova]] ijrosida xalq ashulalarini yozib olib, simfonik orkestr uchun qayta ishlagan.
 
== Hayoti va ijodi ==
Aleksey Fyodorovich Kozlovskiy 1905-yil 15-oktabrda [[Kiyev]]da tugʻilgan. 12 yoshida Kiyevdagi milliy konservatoroyadakonservatoriyada [[Boleslav Yavorskiy]]dan pioninopianino va bastalash darslarini olgan. Yavorskiy 1919-yil [[Moskva]]ga koʻchib ketgan. 1921-yil (ayrim manbalarda 1923-yil) Kozlovskiy ham uning izidan Moskvaga borgan. 1931-yil Moskva konservatoriyasini tugatgan. Konservatoriyada [[Nikolay Myaskovskiy]]dan kompozitsiya, [[Sergey Vasilenko]]dan instrumentovka, [[Aleksandr Xessin]]dan dirijyorlik, [[Nikolay Jilyaev]]dan kontrapunkt boʻyicha saboq olgan. Diplom ishi — simfonik orkestr uchun „Qahramonona uvertyura“ ({{lang-ru|Героическая увертюра}}).
 
Konservatoriyani tamomlaganidan keyin, 1931-33-yillarda Stanislavskiy nomidagi opera teatrida dirijyorlik qilgan. Avangard teatr postanovkalari uchun musiqa bastalay boshalgan. [[Iosif Stalin]] tahbarligidagirahbarligidagi [[Katta terror]] boshlanganidan keyingkeyin, uning hamkasblari va doʻstlari birma-bir qoʻlga olingan yoki yoʻqola boshlagan. 1936-yil Kozlovskiyni [[KGB]]ning Lubyankadagi qarorgohida soʻroq qilishgan. Ammo tergovchilar doʻq-poʻpisalariga qaramasdan, hech qanday qogʻozni imzolamagan, hech kim ustidan shikoyat qilmagan. Kozlovskiyning ishini koʻrib chiqqan [[troyka]] uni zodagon oʻtmishga egalikda hamda mavjud tuzumga yovuz munosabatda boʻlishda ayblab, [[Toshkent]]ga uch yilga surgun qilgan va kelajakda Sovet Ittifoqining olti eng muhim shahrida yashashni man etgan.<ref name="Levin">{{cite book |last1=Levin |first1=Theodore |title=Hundred Thousand Fools of God, The: Musical Travels in Central Asia (and Queens, New York) |date=1999 |publisher=Indiana University Press |location=[[Bloomington]] |isbn=025321310X |pages=14-22 |edition=2-nashr |language=inglizcha}}</ref> Shu sabab bastakor 1936-yildan Toshkentda yashay boshlagan.
 
KozlovsiylarKozlovskiylar [[Toshkent]]ga ilk marotaba kelishganida [[Eski shahar (Toshkent)|Eski shahar]]da yashashgan. U yerda Kozlovskiy qoʻshni qizlardan dutor chalishni oʻrgangan. Shuningdek, choyxonalardagi sozandalardan, dorbozdan va boshqa ijrochilardan oʻzbek milliy kuy va ashulalarini oʻrganib, qayd eta boshlagan.
 
Kozlovskiy 1938-41-yillarda Oʻzbek davlat musiqali (keyinchalik Oʻzbek opera va balet) teatrida dirijyorlik qilgan. 1949—63-yillarda [[Oʻzbek davlat filarmoniyasi]] [[Oʻzbekiston milliy simfonik orkestri|simfonik orkestrining]] badiiy rahbari va bosh dirijyori lavozimida ishlagan. 1943-yildan (ayrim manbalarda 1944-yildan) [[Toshkent konservatoriyasi]]da oʻqituvchilik qila boshlagan. 1957-yildan konservatoriyada kompozitsiya va dirijyorlik professori. 1949—54- va 1962—72-illardayillarda kompozitsiya kafedrasi. 1972-79-yillarda esa instrumentovka kafedrasi mudiri boʻlib ishlagan.
 
Kozlovskiy [[Halima Nosirova]] ijrosida xalq ashulalaridan „Figʻon“, „Gul yuz oʻzra“, „Oʻzgancha“ va „Tanavor“ni yozib olib, ularni ayni shu xonanda ovozi va simfonik orkestr uchun „nihoyatda yuqori badiiy saviyada“ qayta ishlagan. „Ulugʻbek“ operasi (1942, yangi tahriri — 1958), „Tanavor“ baleti (1971), „Davron ota“ (T. Sodiqov bilan, 1941), „Sherali“ ([[Sergey Vasilenko]], [[Muxtor Ashrafiy]] bilan, 1942) musiqali dramalari, „Lola“ simfonik syuitasi (1937), vokal-simfonik, kamercholgʻukamer-cholgʻu asarlar, oʻzbek xalq cholgʻulari uchun asarlar, qator spektakllarga, „Tohir va Zuhra“ (1945), „Nasriddinning sarguzashtlari“ (1946) badiiy filmlariga musiqalar yozgan.
 
[[Ikkinchi jahon urushi]] yillarida Kozlovskiy Moskva va Leningraddan evakuatsiya qilingan koʻplab rassom va musiqachilar, shu jumladan [[Faina Ranevskaya]], [[Maksimilian Shteinber]] bilan doʻslashgandoʻstlashgan. Kozlovskiy, shuningdek, Toshkentda [[Anna Axmatova]] bilan tanishgan, u bilan umirining oxirigacha ijodiy va doʻstona aloqada boʻlgan. Bastakor Axmatova sheʼrlariga bir nechta romans yozgan. Axmatova esa Kozlovskiyga „Oy chiqishi“ ({{lang-ru|Явление луны}}) sheʼrini (1944) bagʻishlagan.
 
Kozlovskiy 1977-yil 3-yanvarda 71 yoshda vafot etdi. Toshkentdagi Botkin qabristoniga qoʻyilgan. Kozlovskiyning arxivi Moskvadagi [[Rossiya milliy musiqa muzeyi]]ga topshirilgan.