Qirgʻizlar: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Tahrir izohi yoʻq
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Qator 55:
}}
 
'''Qirgʻizlar''' — xalq, [[Qirgʻiziston]]ning asosiy aholisi (2,23 mln.million kishi). Oʻzbekiston (175 ming kishi), Tojikiston (64 ming kishi), RFda (42 ming kishi, 1990-yillar oʻrtalari), shuningdek, Xitoyda (150 ming kishi, [[1987]] yil) yashaydi. Qirgʻiz tilida soʻzlashadi. Dindorlari — sunniy musulmonlar.
 
Qirgʻiz nomi ilk bor geegun shaklida xitoycha „Xanshu“ („Xan sulolasi tarixi“; milodiy 1-asr) yilnomasida miloddan avvalgi 203 yilgi voqealar bayonida tilga olinadi. Qirgʻizlarning kelib chiqishi haqida turli qarashlar mavjud, xususan ularning Yenisey qirgʻizlari deb atalmish xalqdan tarqalgani masalasi munozarali. Qirgʻizlarning ilk etnik tarixi qad. qabila ittifoklari (hunlar, dinlinlar, saklar va usunlar) bilan bogʻliq. Turk xoqonligi va koʻchmanchi davlat uyushmalari davrida (6—10-asr), keyinchalik qirgʻizlar [[tarkibiga kirgan qabilalar Sayan-Oltoy]], [[Irtish boʻyi]], [[Sharqiy Tyanshanning turkiy aholisi orasida shakllanganlar]]. Qirgʻizlarning bir qismi 9—12-asrlarda, katta qismi esa oʻrta asrlar davomida gʻarbga koʻchib, Issiqkoʻl atroflari, Yettisuv havzasi, Tyanshan (Tangritog) yon bagʻirlari, Fargʻona vodiysining togʻoldi hududlari va Dashti Qipchoq oʻlkalariga borib joylashgan.