Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi: Versiyalar orasidagi farq
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
IluvatarBot (munozara | hissa) →Havolalar: {{no iwiki}} andozasi oʻchirildi |
Tahrir izohi yoʻq |
||
Qator 1:
'''Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi''' — [[Oʻzbekiston]] parlamenti, oliy davlat vakillik, qonun chiqaruvchi organi. Dastlab bir palatali parlament sifatida tashkil etilgan va fuqarolarning umumiy, teng , toʻgʻridan-toʻgʻri saylov huquqi asosida shakllantirilgan. 1-chaqiriq Oliy Majlis koʻp partiyalilik asosda 3 turda — 1994
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi faoliyatining huquqiy asosini Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, "Referendum yakunlari hamda davlat hokimiyatini tashkil etishning asosiy prinsiplari toʻgʻrisida" (2002
Oʻzbekiston Respublikasining Qonunchilik palatasi hududiy, bir mandatli saylov okruglari boʻyicha koʻp partiyalilik asosida saylanadigan 120 deputatdan iborat. Qonunchilik palatasi deputatlari umumiy, teng va
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati hududiy vakillik palatasi boʻlib, Senat
Har ikkala palataning vakolat muddati — 5 yil. Qonunchilik palatasiga saylanish huquqiga 25 yoshga toʻlgan hamda kamida 5 yil Oʻzbekiston Respublikasi hududida muqim yashayotgan fuqarolar egadirlar. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining , viloyat, tuman, shahar davlat hokimiyati vakillik organining 25 yoshga toʻlgan hamda kamida 5 yil Oʻzbekiston Respublikasi hududida muqim yashayotgan deputati Senat aʼzoligiga saylanish uchun nomzod boʻlishi mumkin.
Oʻzbekiston parlamenti keng
Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi Spiker va uning oʻrinbosarlarini, Oliy Majlisning Senati esa Senat raisi va uning oʻrinbosarlarini saylaydi.
Qator 17:
Parlamentning Qonunchilik palatasi va Senati faoliyatini samarali tashkil etish, qoʻmitalar ishini muvofiqlashtirib borish, kun tartibi boʻyicha takliflar tayyorlash, qonunlarni dastlabki tarzda koʻrib chiqishni tashkil etish maqsadida ularning tarkibida Kengashlar tuziladi. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va Qonunchilik palatasi oʻz vakolatlari muddatiga tegishincha deputatlar va senatorlar orasidan qoʻmitalarni saylaydi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qoʻmitalari (2005) Byudjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi; Qonunchilik va sudhuquq masalalari qoʻmitasi; Mehnat va ijtimoiy masalalar qoʻmitasi; Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi; Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qoʻmitasi; Sanoat, qurilish va savdo masalalari qoʻmitasi; Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi; Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi; Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari qoʻmitasi; Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qoʻmitasi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining qoʻmitalari (2005) Byudjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi; Qonunchilik va sudhuquq masalalari qoʻmitasi;Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi; Tashqi siyosat masalalari qoʻmitasi; Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi; Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi.
Qonun loyihasi qonunchilik tashabbusi huquqiga ega boʻlgan subʼyektlar tomonidan dastlab Qonunchilik palatasiga kiritiladi. Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan qonun Senatga yuboriladi. Senat esa qonunni maʼqullash yoki rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi. Agar qonun loyihasi Senat tomonidan rad etilsa, u Qonunchilik palatasiga qaytariladi. Parlamentning yuqori va quyi palatalari oʻrtasida yuzaga kelgan kelishmovchiliklarni bartaraf etish maqsadida kelishuv komissiyasi tuzishi mumkin. Oliy Majlis Senati tomonidan maʼqullangan qonun 10 kun ichida Prezidentga imzolash uchun yuboriladi. Prezidentning qonunni imzolash muddati 30 kun etib belgilangan. Respublika Prezidenti qaytadan muhokama qilish va ovoz berishni oʻtkazish uchun qonunni oʻz eʼtirozlari bilan parlamentga qaytarishga haqli. Agar qonun avvalgi qabul qilingan tahririda Oliy Majlisning ikkala palatasida ham uchdan ikki qismdan iborat koʻpchilik ovoz bilan maʼqullansa, qonun Prezident tomonidan 14 kun ichida imzolanishi kerak. Qonun belgilangan tartibda eʼlon qilinishi lozim.
Qator 33:
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi binosi mujassamoti yechimida meʼmor maʼmuriy jamoat binolariga xos mumtoz uslubdan foydalangan. Bino tarhi murabba shaklida (86x86 m), ustunlar qatori bilan qamrab olingan, ustunlar boshasiga barglar guldastasi ishlangan. Bino tarzlari tilla rang yaxlit oynalar bilan qoplangan, oynavand devor tepadan pastga tushguncha 3 marta ichkariga kiritilib oʻziga xos koʻrinish kasb etgan. Bino feruza rang gumbaz (balandligi 11,5 m, diametri 34,5 m) bilan yopilgan, gumbaz ustiga anʼanaviy tojsimon oynavand tuynuk ishlangan. Bino atrofidagi oq ustunlar feruza gumbaz hamda tilla rang oynalar bilan uygʻunlikda binoga koʻrkamlik, salobat baxsh etgan. Binoning 500 oʻrinli majlislar zali aylana shaklidagi amfiteatr uslubida hal etilgan (Prezidium va notiqlar minbari ham boʻlinmalarning biriga joylashtirilgan), zalning galereyali 2yarusidan mehmonlar va ommaviy axborot vakillariga joy ajratilgan. 1,2 va 3qavatlarda ish xonalari, parlament guruhlarining majlislari uchun kichik zallar joylashgan. Bino ichki bezaklarida yogʻoch oʻymakorligi (S. Rahmatullayev, H. Odilov, H. Gʻaniyev, M. Ibrohimova), ganchkorlik (M. Sultonov, Mirvohid Usmonov, A.Poʻlatov, M. Qosimov va boshqalar), naqqoshlik (X. Nuraliyev, 3. Boltaboyev va boshqalar)dan mahorat bilan foydalanilgan (ayniqsa, gumbaz osti naqshlari jozibador), miniatyura rasmlar bilan ziynatlangan (Gʻ. Kamolov, X. Nazarov, F. Rahmatullayev).
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining binosi — 2005-yil
[[Image:Stamps of Uzbekistan, 2009-16.jpg|right|250px]]
|