Galileo Galilei: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Tahrir izohi yoʻq
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Qator 20:
[[Fayl:Galileo facing the Roman Inquisition.jpg|thumb|220px|]]
 
'''Galileo Galilei''' (15-fevral 1564 — 8-yanvar 1642) — oʻz davrining ilmiga katta ta'sir koʻrsatgan [[Italiya|italyan]] [[Falsafa|faylasufi]], [[Fizika|fizik]] va [[Astronomiya|astronom]]. Galiley asosan oʻzining [[planeta]]lar va [[yulduz]]lar sohasidagi izlanishlari, dunyoning geliomarkazli tizimini faol qoʻllashi va [[mehanikamexanika]] boʻyicha tajribalari bilan mashhur.
 
GALILEI (Galilei) Galileo (1564.15.2, Piza - 1642.8.1, Archetri, Florensiya yaqinida) — italyan fizigi, astronomi va mexanigi; aniq tabiatshunoslik asoschilaridan biri. G. aslzodalar oilasida dunyoga kelgan. Otasining undovi bilan Piza universitetiga kirib (1581), tibbiyotni urgana boshlagan. Bu yerda Aristotel fizikasi bilan tanishgan, Yevklid va Arximed mat.sini Urgangan. Geom. va mexanikaga qiziqib ketgach, G. tibbiyotdan voz kechib, 4 yil mobaynida mat.ni oʻrgangan va ixchamgina "Kichik tarozular" asarini yozgan (1586; 1655 yil nashr qilingan). Bu asari uni italyan matematiklari orasida mashhur qilgan. G. mexanika bilan astoydil shugʻullangan. Keyinchalik inersiya qonunink kashf etgan, kuchlarni qoʻshish qoidasini ifodalab bergan, koʻchirma harakat tezligi doimiy boʻlgan chogdagi nisbiylik prinsipini yaratgan, mexanik harakatning asosiy kursatkichlarini miqdoriy jihatdan aniqlagan. Jismning qiya tekislikdagi harakati, maʼlum burchak ostida otilgan jismning harakati, erkin tushish haqidagi qonunlarni dastlab G. kashf etgan, harakatning saqlanishi toʻgʻrisidagi muhim fikrga tegishli tushunchalarni kiritgan. Galiley — Nyuton mexanikasi ilmning muhim tarmogʻiga aylandi. G. olam tuzilishini tushuntirishda N. Kopernik yulidan bordi. Oʻzi yasagan (32 marta katta qilib kUrsatadigan) teleskop yordamida Oy sirtining notekisligini, Venera fazasining Uzgarishini, Quyosh dogʻlarini, Yupiterning 4 ta yuldoshini kashf qildi va Quyoshning uz oʻqi atrofida aylanishini isbotladi. G.ning bu ishlari "Yulduz xabarchisi" (1610—11) asarida bayon qilingan. "Olam tuzilishining ikki asosiy sistemasi haqida dialog" (1632) asarida geliotsentrik sistematlt toʻgʻriligiga asosli dalillar keltirgan. Abu Rayhon Beruniy qabi G. ham Aristotelning "engillik kuchi" tushunchasiga qarshi chiqib, faqat ogʻirlik kuchini tan oldi. U tabiiy hodisalarni tajriba va matematik fikrlash asosida tushuntirishga harakat qilgan.