Qashqadaryo (gazeta): Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Tahrir izohi yoʻq
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Qator 1:
{{Maʼnolari|Qashqadaryo (maʼnolari)}}
"QASHQADARYO"'''Qashqadaryo'''[[Qashqadaryo viloyati]] hokimligining ijtimoiy-siyosiy gazetasi. 1925 -yil 22 -mayda Qarshi shahrida "Qashqadaryo" nomi bilan nashr etila boshlagan. Keyinchalik "Sotsializm alangasi", "Yengish" (1934), "Qashqadaryo haqiqati" (1935) nomlarida chop etilgan. 1960 -yil 25 -yanvarda Qashqadaryo viloyati tugatilib, Surxondaryo viloyatiga qoʻshilishi munosabati bilan "Qashqadaryo haqiqati" gaz.si oʻz faoliyatini toʻxtatgan. 1964 -yil 7 -fevralda yana chiqa boshlagan.
 
1997 -yil 11 -iyunda "Qashqadaryo haqiqati" va "Kashkadarinskaya pravda" gaz.lari tahririyatlari birlashtirilib, "Q." nomida oʻzbek va rus tillarida nashr etilgan. 2005 yil 1 yanvardan "Q." va "Novosti Kashkadari" gaz.lari har qaysisi alohida mustaqil nashr sifatida oʻzbek va rus tillarida chop etilmoqda. Sahifalarida viloyat aholisining respublika, viloyat va dunyo miqyosida roʻy berayotgan yangiliklardan xabardor etish va ularni vatanga muhabbat ruhida tarbiyalashga, xalq farovonligi va turmush darajasini mustahkamlash ishlariga jalb qilishga oid materiallar berib boriladi.
 
Gaz.ga turli yillarda S. Karimov, N.Gʻulomov, U. Xoʻjayev, yilUmarov, S.Qodirov, R.Nurmatov, B.Norqobilovlar muharrirlik qilishgan. Hoz. bosh muharriri Narzullo Ravshanov. Adadi 4001 (2005).