Xorazm Xalq Sovet Respublikasi: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Qator 124:
 
[[File:500 Rubles - Khorezm People's Soviet Republic (1923) 02.jpg|thumb|left|Xorazm XSRning 500 rubl banknotasi (1923-yil)]]
Xorazm XSRda iqtisodiy siyosat va xoʻjalik sohasidagi islohotlar ziddiyatli tarzda kechdi. Xorazm Respublikasidagi soliq siyosatida sovet Rossiyasining taʼsiri kuchliroq boʻlganligi uchun sinfiy yondashuv yaqqol namoyon boʻldi. Soliqning ogʻir yuki savdogarlar, sudxoʻrlar va yirik yer egalari zimmasiga toʻgʻri keldi. 1922-yil dekabrda qishloq xoʻjaligida yagona soliq tizimi joriy qilindi. Soliq toʻlashni toʻgʻri yoʻlga qoʻyish maqsadida davlat banki va soliq palatasi tashkil qilindi. 1923-yil iyunda hunarmandchilik va sanoat sohasidagi soliqlar ham bir tizimga solinib, davlat sanoat soligʻi joriy qilindi. [[Yangi iqtisodiy siyosat]] (NEP)ning eʼlon qilinishi bilan Xorazm XSRda karvonsaroylar, korxonalar, koʻllar va toʻqaylar ijaraga berila boshlandi. Telefon simlari tortilib, daryo kemachiligi tiklashga kirishilgan. Bir qancha yirik koʻpriklar qurildi. Paxta maydonlarining hududi 1921-yildagi 10 ming tanobdan 1924-yilda 85 ming tanobga, hosiddorlikhosildorlik 100 ming puddan 800 ming pudga koʻtarildi. Umumiy ekin maydonlari 1913-yildagi darajaning 62 % ni, hosildorlik 70–75 % ni tashkil qildi. 1924-yilga kelib, 6 ta paxta tozalash zavodi, 10 ta gʻisht zavodi, yogʻ zavodi, bosmaxona, elektrstansiya tiklandi, qogʻoz va shisha zavodlari qurildi. Sanoatda davlat sektori ustuvor mavqeni egalladi.
 
[[Oʻrta Osiyo Iqtisodiy Kengashi]] (Sredaz EKOSO)ning tazyiqi natijasida 1923-yil yozida Xorazmdagi milliy valyuta [[Rossiya SFSR]] rubliga (10 Xorazm soʻmiga 1 Rossiya SFSR rubli nisbatida) almashtirilgan edi. 1924-yildan boshlab Xorazm Respublikasi ham xuddi [[Buxoro XSR]] singari [[SSSR]]ning yagona bank va moliya tizimiga toʻliq tortildi. Shu asnoda Xorazm SSR armiyadan keyin davlat mustaqilligini muhim timsoli boʻlgan milliy valyutadan ham mahrum qilindi.