Reliktiv nurlanish: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
kTahrir izohi yoʻq
 
Qator 2:
'''Reliktiv nurlanish''' ({{lang-la|relictum}} — qoldiq; boshqa nomlari: '''qoldiq nurlanish''', '''kosmik mikrotoʻlqinli fon nurlanishi''') — kosmik [[elektromagnit nurlanish]]. Reliktiv nurlanish [[intensivlik|intensivligi]] va [[spektr]]i [[mutlaq qora jism]]ning 2,7 [[Kelvin|K]] bilan nurlanishiga mos keladi. Reliktiv nurlanishning mavjudligi toʻgʻrisida birinchi marta 1948-yilda amerikalik olim [[George Gamow]] (1904—68), „qaynoq Koinot“ nazariyasida tilga olgan. Bu modelga koʻra, Koinot ilk davrda ([[galaktika]] va [[yulduzlar]] paydo boʻlguncha) oʻta zich va qaynoq (oʻta yuqori haroratli) boʻlgan. Bu harorat [[vodorod]]dan [[geliy]]ni sintezlovchi yadro reaksiyalarining boʻlishi uchun yetarli boʻlgan. Sintez tufayli fazo oʻta zich elektromagnit nurlanish bilan toʻyingan boʻlib, kuchsiz qoldiqlari reliktiv nurlanish koʻrinishida kuzatiladi. Reliktiv nurlanishni 1965-yilda [[Arno Penzias]] va [[Robert Wilson]] 7,35 sm toʻlqin uzunligida kashf etganlar.
 
Keyinchalik Koinot kengayish natijasida soviy boshlagan. „Boshlangʻich“ vaqtdan bir necha yuz ming yil keyin atrof muhitning trasitemperaturasi 3000—4000K gacha pasaygan, zichlik esa r=10~20 g/sm<sup>3</sup> boʻlgan. Shu paytdan boshlab kimyoviy elementlar paydo boʻla boshlagan. Kengayish hozirgi kungacha davom etmoqda, deb hisoblansa, Koinot ham oʻzidagi modda kabi sovimoqda, degan xulosa chiqadi. Hozirgi zamonga f=10<sup>10</sup> yil boʻlgan; Koinotning hozirgi zichligi r=10~2’ g/sm<sup>3</sup> deb olinsa, Koinot harorati 2,7 K boʻlgan reliktiv nurlanishni sochib turishi kerak. Darhaqiqat, 1965-yilda Bell telefon kompaniyasi (Angliya)ning radioantennasi 2,7K haroratli reliktiv nurlanishni, yaʼni 7,35 sm toʻlqin uzunlikdagi radio nurlanishni qayd etdi.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
 
== Manbalar ==