Aritmiya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
→‎Adabiyotlar: {{no iwiki}} andozasi oʻchirildi
Tahrir izohi yoʻq
Qator 1:
'''Aritmiya''' (yun. a – inkor qo‘shimchasi va rythmos – ritm) – yurak qisqarishlari maromi (normal ritmi)ning buzilishi; chuqur nafas olganda yurak qisqarishining tezlashishi, nafas chikarganda kamayishi (nafasga aloqador A.), ko‘proq bolalar va usmirlarda ku-zatiladi; yurakning navbatdan tashqari oldinroq qisqarib qolishi (ekstrasi-stolik A.), maromli faoliyatining izdan chiqishi (hilpillovchi A.) va boshqa A. ga yurak muskullarining kasalliklari, nevrozlar, spirtli ichimliklar va nikotindan zaharlanish sabab buladi (qarang Yurak).

== Diagnostika ==
'''Sinusli bradikardiya'''

Yurak qisqarishlar sonining 1 minutda 60 tadan kam bo‘lishi. Bunda Normal P tishdan keyin normal QRS kompleksi keladi.

'''Sinusli taxikardiya'''

Yurak qisqarishlar sonining 1 minutda 90 tadan ko‘p bo‘lishi. Bunda Normal P tishdan keyin normal QRS kompleksi keladi.
Ikkovi ham Fiziologik va patologik bo‘lishi mumkin.

'''Sinusli aritmiya'''

R-R oraliqlar turlicha. Normal P tishdan keyin normal QRS kompleksi keladi. Bu odatda yosh bolalarda uchrab, “nafas aritmiyasi” deb ham ataladi.

'''Bo‘lmachalar titroq aritmiyasi'''

1. EKGda bir-biriga o‘xshash, arrasimon shakldagi, ko‘p – minutiga 200-400 tagacha – regulyar F tishlarning bo‘lishi.

2. Odatda qorinchalardagi ritm to‘g‘ri va F-F oraliqlar bir xil.

3. Qorinchalar kompleksi (QRS) o‘zgarmagan va har biri oldidan aniq miqdorda bo‘lmacha to‘lqinlari Fning bo‘lishi.

'''Bo‘lmachalar hilpillovchi aritmiyasi'''

1. Barcha tarmoqlarda P tishchaning yo‘qligi.

2. Butun yurak sikli davomida tartibsiz, turli shakl va amplitudadagi f to‘lqinlarning bo‘lishi.

3. Qorinchalar kompleksi (QRS)ning noto‘g‘ri ritmi(R-R intervallar davomiyligining har xilligi).

4. QRS komplekslari shakli odata o‘zgarmagan, deformatsiya va kengayishlarsiz.

'''Qorinchalar titroq aritmiyasi'''

1. EKGda regulyar, shakli va amplitudasi bir xil bo‘lgan, ko‘p – minutiga 200-300 tagacha – sinusoidga o‘xshagan to‘lqinlar.

'''Qorinchalar hilpillovchi aritmiyasi'''

1. EKGda noregulyar, bir-biridan shakli va amplitudasi bo‘yicha farq qiluvchi, ko‘p – minutiga 200-500 tagacha – to‘lqinlar.

== Adabiyotlar ==
* [[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
https://t.me/Cardio_03_15

{{OʻzME}}