Mahmud Nomozov — versiyalar orasidagi farq

k
213.230.74.108 tahrirlari 213.230.79.90 versiyasiga qaytarildi
Teglar: Mobil tahrirlash Mobil dastur orqali tahrirlash
k (213.230.74.108 tahrirlari 213.230.79.90 versiyasiga qaytarildi)
Teglar: Mobil tahrirlash Mobil dastur orqali tahrirlash Eski holiga qaytarish
 
| URL = [http://www.nomozov.uz/ www.nomozov.uz]
}}
'''Nomozov Mahmud Almatovich''' ([[8-may]] [[1960]]) — Taniqli [[oʻzbek]] va [[Sovet Ittifoqi|sovet]] estrada qoʻshiqchisi, bastakor, yozuvchi va aktyor. Oʻzbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq artisti.
 
== Biografiyasi ==
Mahmud Nomozov [[1960-yil]]ning [[8-may]]ida [[Surxondaryo viloyati]], viloyati [[Uzun tumani]]da tumanida dunyoga kelgan<ref name=autogenerated2>[http://leonidzl.com/forum/viewtopic.php?f=8&t=3292 Muzikalnoe obozrenie]</ref>. Shu tumandagi 58-sonli oʻrta maktabda oʻqidi. Ilk musiqiy savodni maktabdagi musiqa toʻgaragida oldi. Oʻquvchilik paytlaridan jamoa xoʻjaligi qoshida ochilgan [[Rayhon]] ashula va raqs ansamblida yakkaxon xonanda boʻlib ishladi. Musiqaga boʻlgan qiziqishi tufayli [[1977-yil]] maktabni bitirgach, Toshkentdagi [[Nizomiy nomidagi pedagogika instituti]] ning musiqa fakultetiga oʻqishga kirdi. Bu dargohni aʼlo baholarga bitirib, oʻzi taʼlim olgan maktabga musiqa oʻqituvchisi boʻlib ishga keldi. Ushbu maktabdagi oʻn ikki yillik pedagogik faoliyati davomida yuzlab shogirdlariga musiqaga muhabbat tuygʻusini singdirdi. Maktabing musiqa toʻgaragi aʼzolari tuman, viloyat va respublika miqyoslaridagi koʻrik-tanlovlarda doimo faxrli oʻrinlarni egallab kelishgan. Mahmud Nomozov oʻzining ilk ijodiy faoliyatini maktab sahnasida qoʻshiqchi sifatida boshlagan boʻlsa-da, keyingi faoliyati davomida, xususan, maktabdagi oʻqituvchilik yillari Surxondaryo viloyatining musiqiy [[folklor]]ini oʻrganishga katta eʼtibor qaratdi. Taʼkidlash lozimki, oʻzida [[doston]]chilik va terma janrining ming yillik anʼanalarini mujassam qilgan bu musiqiy merosni oʻrganish ishlari oʻtgan asrning yetmishinchi-saksoninchi yillarida [[oʻzbek milliy musiqasi]] taraqqiyotidan chyetda qolib kelayotgan edi. Uning bu boʻshliqni toʻldirish, janubiy viloyatlarning baxshichilik anʼanalarini musiqiy madaniyat doirasiga qayta olib kirish borasidagi saʼy-harakatlari natijasi oʻlaroq, 1991 yili uning [[Baxshiyona]] qoʻshigʻi dunyo yuzini koʻrdi. [[Baxshi]]chilik anʼanalari yoʻlida yaratilgan bu qoʻshiq betakror taronasi, zamonaviy musiqa yoʻnalishlariga hamohangligi bilan tezda musiqa ixlosmandlari va mutaxassislar nazariga tushdi. Zamonaviy oʻzbek estrada qoʻshiqchiligining xalq ohanglariga oshno boʻlish jarayoni ayni shu qoʻshiqdan boshlandi, eʼtirof etish mumkin. Ijodiy jarayonga faol aralashish istagi 19931994 yili Mahmud Nomozovni poytaxt Toshkentga yetaklab keldi. [[Oʻzbekiston radiosi]]ning [[Yoshlar kanali]] da musiqa muharriri boʻlib ishlay boshladi. Bu orada Mahmud Nomozovning qizgʻin ijodiy faoliyati boshlandi. Birin-ketin „Guldona“, „Ohu-vo“, „Oybuloq“, „Gulpari“, „Joʻrajon“, „Oypari“, „Surxon uforisi“, „Ogʻamjon“ kabi qator xalqona qoʻshiqlar dunyo yuzini koʻrdi. Deyarli har yili „Turkiston“, „Istiqlol“ saroylarida yangi konsertkoncert dasturlarini muxlislari eʼtiboriga havola qilib kelmoqda. Uning „Ona yurt ohanglari“, „Nigoh“, „Sogʻinch“, „Dil fasli“, „Kuz sonatasi“, „Oypari“, „Yurtim shamoli“, „Gulnorjon“, „Charxpalak“, „Koʻza afsonasi“, „Baxshiyona“ kabi oʻnlab musiqiy al’bomlarial bomlari audio va video shaklida oʻn minglab nusxada muxlislar qoʻliga yetib bordi. Hindiston, Janubiy Koreya, Germaniya, ShveysariyaShveycariya, Rossiya, Turkiya mamlakatlarida gastrol safarlarida boʻlib, ijodiy uchrashuvlar oʻtkazdi. Mahmud Nomozovning ijodiy va mehnat faoliyati xalqimiz va hukumatimiz tomonidan munosib baholandi. U 2000 yili [[Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist]], 2009 yili [[Oʻzbekiston xalq artisti]], 2010 yili [[Qoraqalpogʻiston xalq artisti]] unvonlariga sazovor boʻldi. Ijodiy faoliyati davomida oʻnlab shogirdlar yetishtirdi. Ayni kunlarda Mahmud Nomozov ijodiy faoliyat bilan birga keng jamaochilik ishlarida ham faol ishtirok etmoqda. [[Oʻzbeknavo]] estrada birlashmasi qoshidagi Badiiiy kengashi hamda [[Nihol]] davlat mukofoti hay’at aʼzosi sifatida oʻzbek musiqasining taraqqiyotiga baholi qudrat hissa qoʻshib kelmoqda.
 
=== Filmografiya ===