Aytishuv: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash (via JWB)
Tahrir izohi yoʻq
Qator 1:
'''Aytishuv''' – folklor janri. Turkiy xalqlar og‘zaki ijodida A. badihago‘y xalq shoirlari, baxshi, jirov, oqin, xalfa va laparchilarning o‘ziga xos musobaqasi, mushoira yo‘li va ular iste’dodini belgilovchi o‘ziga xos sinov hisoblanadi. Bundan tashqari, biror epik mazmundagi fol-klor asarlari tarkibida ham uchraydi. Xususan, "Go‘rug‘li" turkum dostonlari, "Oshiq G‘arib va Shohsanam", "Bo-zirgon va Go‘rug‘li" singari dostonlar qahramonlari faoliyatini yana ham yorqin namoyon etishda, ularning she’riy iste’dodi, quvvayi hofizasi qay darajadali-gini ko‘rsatishda A. lardan foydalanil-gan. A. janri 19-asrda keng tarqalgan bo‘lib, xalq baxshilari, oqinlari, ji-rovlari xalq oldida badiha yo‘li bilan belgilangan mavzu doirasida o‘zaro ijo-247diy musobaqa qilishgan. Unda tanlangan mavzudan chiqib ketmaslik, an’anaga rioya etishlik, badiiy mahorat darajasi, tinglovchilarga mos kuylashlik kabi mezonlar hisobga olingan. A. faqat xalq baxshilari, shoirlari, jirovlari, oqinlari o‘rtasidagi ijodiy musobaqa bo‘lib qolmay, o‘z navbatida, xalq mil-liy marosim va an’analarida yigitlar bilan qizlarning yoki ikki guruhning o‘zaro sezgirlik, zukkolik va hozirjavoblik ko‘rigi sifatida ham mashhurdir. A.ning yozib olingan namunalari o‘zbek folklo-ri arxivlarida ham mavjud.
 
== Adabiyotlar ==
* [[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
{{no iwiki}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->
 
{{OʻzME}}
 
 
{{stub}}