Dars: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
→‎Adabiyot: {{no iwiki}} andozasi oʻchirildi
Tahrir izohi yoʻq
Teglar: Koʻrib tahrirlagich Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Qator 1:
'''[[Dars]]''' — maktab taʼlimining asosiy tashkiliy shakli. D. muayyan miqdordagi doimiy oʻquvchilar tarkibi bilan qatʼiy tartibda uyushtiriladigan va aniq maqsadga yoʻnaltirilgan didaktik tadbirdir. D. — insoniyat tomonidan minglab yillar mobaynida orttirilgan hayotiy tajribalarni oʻquvchilarga juda qisqa vaqtda oʻrgatishning eng samarali usuli. Taʼlimning D. shakli Turkistonda uzoq zamonlardan buyon qoʻllanilib kelgan. D.ni tashkil etish va uning samaradorligini taʼminlashda oʻqituvchining oʻrni beqiyos boʻlgan. Turkiston maktablarida taʼlimning tashqi shakliy jihatlariga emas, balki mohiyatiga ham eʼtibor berilgan. Chunonchi, oʻquvchilarning tayyorligini aniqlash, ularni guruhlarga ajratishda bolalarning yoshi va maktabda qancha vaqt oʻqiganligiga emas, balki oʻtilgan mashgʻulotlarni nechogʻli oʻzlashtirganliklariga tayanilgan. Turkiston maktablarida taʼlimning D. shakli boʻlganligi bilan mashgʻulotlarni sinfdars tizimi tarzida uyushtirish tajribasi boʻlmagan. Shuningdek, D.ning davomiyligi, predmetlarning oʻrinlashuvi, kundalik mashgulotlarning miqdori singari taʼlimiy chegaralar har bir oʻqituvchining uzi tomonidan belgilangan. D. kad. turkiy maorif tizimida oliy va oʻrta taʼlim boʻgʻinlarini ifoda etgan Madrasa taʼlimida ham asosiy ish shakli hisoblangan. Madrasalarda D. belgilangan muayyan tartib asosida uyushtirilgan. Ayni vaqtda, Madrasa D.larida talabalarning mustaqil oʻzlash-tirishlariga katta eʼtibor qaratilgan. Qad. taʼlim muassasalari uchun D.ning jamoa va individual shakllari krri-shikligi xos boʻlgan.
 
D. taʼlimning jamoa boʻlib amalga oshirilish tarzi sifatida ijtimoiy ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, D. maktab yoshidagi bolalarni yalpi oʻqitishni osonlashtiradi, ularni jamoa sifatida tarbiyalashga hissa qoʻshadi, bolalarda ijtimoiy faollik va muomala madaniyatining shakllanishiga koʻmaklashadi. D.da oʻquv mashgʻulotlarining individual, guruhiy va umumsinf shakllari uygʻunlashadi.