Ishoq Rajabov: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
„'''Ishoq Rizqiyevich Rajabov''' (1927.2.1 — Toshkent — 1982.1.12) musiqashunos, sozanda (dutor, tanbur). Sanʼatshunoslik fanlari d-ri (1971). Zamon...“ yozuvi orqali yangi sahifa yaratildi
(Farq yoʻq)

17-Oktyabr 2020, 01:24 dagi koʻrinishi

Ishoq Rizqiyevich Rajabov (1927.2.1 — Toshkent — 1982.1.12) musiqashunos, sozanda (dutor, tanbur). Sanʼatshunoslik fanlari d-ri (1971). Zamonaviy oʻzbek maqomshunosligi asoschilaridan. Rizqi Rajabiyning oʻgʻli. Oʻrta Osiyo universitetining Sharq fakultetini tugatgan (1950). Navoiy nomidagi Adabiyot muzeyida ilmiy xodim (1955—61), Hamza nomidagi Sanʼatshunoslik i.t. institutida shoʻʼba mudiri (1961—82), ayni paytda Toshkent konservatoriyasi oʻqituvchisi (1972—79). Otasi Rizqi Rajabiy bilan birgalikda ijro etgan koʻpgina oʻzbek mumtoz kuylari grammyozuvga yozilgan. Ilmiy asarlari Oʻrta asr Sharq musiqasi risolalari, maqom sanʼati tarixi va nazariyasi (Oʻn ikki maqom tizimi, namudlar, Shashmaqom va boshqalar) masalalariga bagʻishlangan ("Maqomlar masalasiga doir", T., 1963 va boshqalar). "Shashmakrm"ning 6 jildli nashri (1966—74)ga muharrirlik qilgan.[1]

Manbalar

  1. Rajabiy, Hasan. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil