Emir Buxarskiy: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k +
Tahrir izohi yoʻq
Qator 66:
'''Emir Buxarskiy (Yakov Sverdlov)''' ({{lang-ru|Эмир Бухарский}}, {{lang-ru|Яков Свердлов}}) — [[harbiy kema]]. Rossiya [[esminets]]i ([[eskadra]] [[mina]] tashuvchisi; 1907—1925). Qisqa muddat [[kreyser|mina kreyseri]] (1904—1907) vazifasini bajargan. [[Rossiya imperiyasi]] va undan keyin, [[Sovet Sotsialistik Respublikalari Ittifoqi]] Harbiy-dengiz kuchlarining [[Boltiq dengizi|Boltiq]] boʻyida va [[Kavkaz]] mintaqasida joylashgan [[flot]]lari va [[flotiliya]]lari tarkibidagi harbiy kemalar safida boʻlgan.
 
1904-yilda [[Helsinki]]da (Helsingforsda; hozirda [[Finlyandiya]] poytaxti) ishlab chiqarilgan. Birinchi nomi, [[Buxoro amirligi]] hukmdori [[Abdulahadxon]] sharafiga atab qoʻyilgan. Keyinchalik nomi ''"Yakov Sverdlov"''ga oʻzgartirilgan. 1925-yilning 1 dekabrida [[SSRI Harbiy-dengiz floti]] tarkibidan chiqarilgan. Shu -yilning oʻzida [[Astraxon]]da boʻlaklarga ajratilgan va [[metallolom]]ga topshirib yuborilgan.
 
== Tarixi ==
[[Rus-yapon urushi]] boshlangandan soʻng, imperator [[Nikolay II]] boshchiligidagi rus amaldorlari, urush boshlangandan buyon boʻlib oʻtgan natijalarni tahlil qilib, Imperiya Harbiy kuchlarini [[modernizatsiya]] qilish kerak degan xulosaga kelishadi. Shundan koʻra, Dengiz flotini tiklash boʻyicha uzoq muddatli dastur ham qabul qilinadi. Dasturga koʻra [[Boltiq dengizi|Boltiq]], [[Oq dengiz|Oq]], [[Barens dengizi|Barens]], [[Qora dengiz]]lardagi va [[Tinch okeani]]dagi [[flot]]lar uchun bir necha -yil davomida oʻnlab [[linkor]]larni, [[kreyser]]larni, [[esminets]]larni va [[Suv osti kemasi|suv osti kemalarini]] qurish rejalashtiriladi<ref name="Topwar">{{cite web manbasi|url=https://topwar.ru/16905-emir-buharskiy.html|title=«Эмир Бухарский»|website=Topwar.ru|accessdate=2020-10-29|deadlink=no}}</ref>.
 
Ushbu maqsadda [[Rossiya imperiyasi]] byudjetidan yuzlab million [[rubl]] ajratilishidan tashqari, harbiy flot foydasiga aholining xayriya toʻplami ham eʼlon qilinadi. Hammasi boʻlib, 1905—1911-yillar oraligʻida 60 ga yaqin esminets yaratilgan boʻlsa, ulardan 19 (yoki 18<ref name="Flot">{{cite web manbasi|url=https://flot.com/news/dayinhistory/?ELEMENT_ID=5117|title=Комитет по усилению военного флота|website=Flot.com|accessdate=2020-10-29|deadlink=no}}</ref>) nafari ixtiyoriy xayriya hisobiga toʻgʻri keladi. Ixtiyoriy xayriya mablagʻlari evaziga toʻplangan pullarga bir nechta suv osti kemalari ham quriladi. Bunlardan tashqari, bir necha oʻn millionlab rubl miqdoridagi xayr-ehsonlarning katta miqdori birinchi harbiy samolyotlar qurilishiga, yaʼni imperiyaning Harbiy-havo flotini yaratishga sarflanadi<ref name="Topwar"/>.
 
Xayriya mablagʻlarini yigʻishni va ulardan foydalanishni, Nikolay II tomonidan tashkil etilgan "Ixtiyoriy xayriya mablag'lari asosida dengiz flotini kuchaytirish bo'yicha maxsus qoʻmita" (Особый комитет по усилению военного флота на добровольные пожертвования) boshqaradi. Qoʻmita hujjatlarida Rossiya imperiyasining har bir mintaqasida, shu jumladan [[Oʻrta Osiyo]]da, to'plangan xayr-ehsonlar aks ettirilgan. Ushbu hujjatda, Oʻrta Osiyo mintaqasidan umumiy hisobda 1 319 090,04 rubl toʻplanganligi va shundan 1 million rubllik sezilarli miqdor [[Buxoro amirligi]] hukmdori [[Abdulahadxon]]ga va qolgan 319 090,04 rubllik xayr-ehsonlarning asosiy qismi mahalliy aholiga (turli muassasalarning, idoraralarning, mahkamalarning yuqori mansabdagi shaxslari va yuqori mansabdagi harbiylarga), ozchilik qismi esa, din peshvolari va oddiy ishchilarga tegishli boʻlgani aytib oʻtilgan <ref name="Topwar"/>.
 
[[Helsinki]]dagi "Skandinaviya kemasozlik jamiyati" ("Общества скандинавского корабельного дока") verflarida ishlab chiqarilgan va "Emir Buxarskiy" deya nomlangan esminets, "Fin" turidagi toʻrtta harbiy kemalardan ("Dobrovolets", "Moskvityanin", "Fin", "Emir Buxarskiy") biri edi<ref name="Topwar"/>. Kemaning qurilish bahosi 52 ming rublga teng boʻlgan<ref name="Alfa">{{cite web manbasi|url=http://www.alfa-industry.ru/news/104/92709/|title=Минные крейсеры типа «Финн»|website=Alfa-industry.ru|accessdate=2020-10-29|deadlink=no}}</ref>.
 
Kema turli -yillarda [[Boltiq floti]] (1904—1918), [[Azov-Kaspiy harbiy flotiliyasi|Azov-Kaspiy]] (1918—1919) va [[Volga-Kaspiy harbiy flotiliyasi|Volga-Kaspiy harbiy flotiliyalari]] (1919—1920), [[Kaspiy dengiz kuchlari]] (1920—1923) va [[Boku harbiy porti]] (1923—1925) tarkibiga kiradi; [[Birinchi jahon urushi]]da, [[Fevral inqilobi]]da, [[Rossiyada fuqarolar urushi]]da, [[Yunkerlarning Petrograddagi qoʻzgʻoloni]]da, [[Saritsin]] hududida va [[Ozarbayjon]]da aksilinqilobchilarga va qaroqchilarga qarshi janglarda qatnashadi.
 
Esminets, 1925-yilning 1 dekabrida [[SSRI Harbiy-dengiz floti]] tarkibidan chiqarilib, keyinchalik [[Astraxon]]da boʻlaklarga ajratiladi va [[metallolom]]ga topshiriladi.
Qator 95:
== Havolalar ==
{{refbegin|2}}
* {{cite web manbasi|url=http://www.alfa-industry.ru/news/104/92709/|title=Минные крейсеры типа «Финн»|website=Alfa-industry.ru|accessdate=2020-10-29|deadlink=no}}
* {{cite web manbasi|url=http://commi.narod.ru/bmc/mk1dd/dd24.htm|title=С. Бабалакин Добровольцы|website=Topwar.ru|accessdate=2020-10-29|deadlink=no}}
* {{cite web manbasi|url=https://mytashkent.uz/2013/10/19/e-skadrenny-j-minonosets-e-mir-buharskij/|title=Эскадренный миноносец «Эмир Бухарский»|website=Mytashkent.uz|accessdate=2020-10-29|deadlink=no}}
* {{cite web manbasi|url=http://weaponscollection.com/2012/10/20/esminec-emir-buharskiy.html|title=Эсминец "Эмир Бухарский"|website=Weaponscollection.com|accessdate=2020-10-29|deadlink=no}}
{{refend}}