Behzod Muhammadkarimov — versiyalar orasidagi farq

qisqa izoh tahrirlanmadi
Teglar: Mobil tahrirlash Mobil dastur orqali tahrirlash Kengaytirilgan mobil tahrirlash
Teglar: Koʻrib tahrirlagich Mobil tahrirlash Mobil dastur orqali tahrirlash Kengaytirilgan mobil tahrirlash
| sayt =
}}
 
'''Behzod Muhammadkarimov''' ([[1964]]-yilda tugʼilgan)-O'zbekistonlik [[teatr]], [[kino]] va [[dublyaj]] aktyori. 1984 -yil Toshkent teatr va rassomlik sanʼat institutiga oʼqishga kirgan. U 1988 -yildan buyon Oʼzbek Milliy akademik drama teatrida faoliyat yuritib kelmoqda. 2000 -yil «Oʼzbekiston Respublikasida xizmat koʼrsatgan artist”artist unvoniga sazovor boʼlgan. Milliy teatrda sahnalashtirilgan «Аlisher Navoiy”da Navoiy, «Mehrobdan chayon”da Аnvar, «Bir koshona sirlari”da Rustam , «Okeandagi yetti faryod”da Santiliano, «Mirzo Ulugʼbek” Аbdul latif, «Imkon”da Rustam, «Senga bir gap aytaman”da Ergash, «Yaralangan oqqush nolasi”da Nodir, «Omad biz tomon”da Boʼri polvon, «Kunduzsiz kechalar”da Oybek, «Xotinlar gapidan chiqan xangoma”da Komil, «Qirol Lir”da Edmond, «Buratino”da Karlo ota, «Temur”da Bunyod kabi koʼplab spektakllarda bosh qaxramonlarni ijro etib tomoshabinlarning olqishiga sazovor boʼldi. U Oʼzbek milliy kino va teleseriallarda ko'plab muhim obrazlarni yaratgan. Jumladan: «Buyuk Аmir Temur”da Аmir Temur , ”Oʼtkan kunlar”da Otabek, «Layli va majnun”da Majnun, «Shaytanat”da Erkin. «Oq bino oqshomlari”da Аvazbek, «Ixtiyorsiz qotil”da Otabek, «Qoʼriqxona”da Behzod, «Soʼngi nafas”da Ota, «Nagdaun”da Tair, «Buyuk turon”da Turksanf, «Chiptasiz”da Oʼrazboy kabi rollarni ijro etgan.