Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Tahrir izohi yoʻq
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Qator 1:
[[Tasvir:Zeitschriften.JPG|thumb|Jurnallar]]
 
'''Jurnal''' — biror nom ostida muntazam chop etiluvchi [[vaqtli matbuot|vaqtli nashr]]. [[Gazeta]]dan qogʻozi sifati yaxshiroqligi va varaqlari birlashtirilgani bilan farqlanadi.Alifbo
 
Jurnal ([[fransuzcha]]: journal — kundalik daftar) — bosma davriy nashr. Axborotni tanlash, tahlil etish va baholashning asosiy vositalaridan biri. Jurnal gazeta kabi jamoatchilik fikriga taʼsir oʻtkazish yoʻli bilan uni shakl-lantirishga xizmat qiladi; omma ijtimoiy ongiga muayyan gʻoya va qadriyatlarni singdiradi. Jurnallar dastlab Fransiyada nashr qilingan. Ing . „Magazine“, frans. „Revue“, nemischa „Zei schrift“, ispancha „Relista“ soʻzlari ham jurnal maʼnosini anglatadi. Chop etilish muddati (davriyligi) jihatdan jurnallar, odatda, haftada, oʻn kunda, ikki haftada, oyda, ikki oyda, har uch oyda, yarim yilda bir marta nashr qilinadi. Bunday davriylik jurnallarda turmush voqealarini kundalik gaz.ga nisbatan batafsilroq va chuqurroq tahlil qilish imkonini beradi. Jurnallar mundarija yoʻnalishiga koʻra farqlanadi: ijtimoiy-siyosiy, adabiy-badiiy, ishlab chiqarish-texnikaviy, ilmiy, ilmiy-ommabop va b. Jurnallar jamiyatdagi turli yoshdagi kishilarga moʻljallanadi.
Qator 26:
 
Oʻzbekistonda ilmiy jurnallarning keng tarmogʻi mavjud. Oʻzbekiston FA ilmiy tadqiqot institutlari tomonidan 12 ta ilmiy akademik jurnal nashr qilinadi (2002). Ularda mamlakat olimlarining nazariy va amaliy tadqiqotlari, taj-ribalari yakunlari yoritiladi. „OʻzR Fanlar akademiyasi maʼruzalari“ jurnali ilmiy akademik nashrlarning yetakchisi hisoblanadi. Jurnal sahifalarida fanning barcha sohalariga oid tadqiqotlar natijasining qisqa mazmuni eʼlon qilinadi. „Oʻzbekistonda ijtimoiy fanlar“, „Oʻzbek tili va adabiyoti“ jurnallari ijtimoiy fan sohalari, „Informatika va energetika muammolari“, „Mexanika muammolari“, „Oʻzbekskiy ximicheskiy jurnal“, „Oʻzbekskiy biologicheskiy jurnal“ nashrlari aniq va tabiiy fanlar tarmogʻidagi ilmiy yutuqlarni aks ettiradi. „Tabiiy birikmalar kimyosi“ va „Geliotexnika“ jurnallari 1965 y.dan nashr etilmoqda. Ushbu jurnallar AQShda ingliz tiliga tarjima qilib chiqariladi. Oʻzbekiston ilmiy jurnallarining koʻpchiligi AQSH, Angliya, Fransiya, Germaniya va b. mamlakatlarning ilmiy markazlarida ham tarqaladi.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
 
 
== Shuningdek ==