Sugʻurta: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil ilova orqali Android-ilova orqali
Qator 1:
'''Sugʻurta''' — tabiiy ofatlar (zilzila, suv toshqini, yogʻin va boshqalar), har xil baxtsiz hodisalar roʻy berishi natijasida koʻrilgan zararni qoplash va boshqa pul qoplamalari toʻlash uchun maqsadli pul jamgʻarmalarini tashkil etish va undan foydalanish bilan bogʻliq iqtisodiy munosabatlar tizimi. S. koʻp asrlik tarixga ega. S muassasalari dastlab oʻrta asrlarda, dengiz orqali olib boriladigan savdodagi xavfxatarlar bilan bogʻliq holda paydo boʻldi. Keyinchalik boshqa sohalarga gʻam yoyildi. Ijtimoiyiqtisodiy taraqqiyotning turli bosqichlarida S. fuqarolarning manfaatlarini ishonchli himoya etuvchi vosita boʻlgan.
 
S. jamgʻarmasi milliy iqtisodiyot zaxira jamgʻarmasining muhim va oʻziga xos boʻgʻini hisoblanadi, milliy iqtisodiyotni turli tasodiflardan moliyaviy himoya qiladi. Rivojlangan mamlakatlarda S. ishi nihryatdanihoyatda taraqqiy etgan boʻlib, bu mamlakatlar yalpi ichki mahsulotida S. badal (mukofot)lari hajmi oʻrtacha 8—12% ni tashkil etadi.
 
S. qilinadigan obʼyektga qarab m u l kiy S. (mas, yuridik va jismoniy shaxslarning mulkiy manfaatlari, binolar, ekinlar, uy hayvonlari, molmulk, transport vositalarini sugʻurtalash), shaxsiy S. (inson, sogʻligʻi, hayoti, mehnat qobiliyatini sugʻurtalash), uchinchi shaxslar oldidagi javobgarlik S.si (transport egalarining fuqarolik javobgarligini, kredit oluvchilarning bank oldidagi kreditni oʻz vaqtida qaytarish javobgarligini sugʻurtalash va boshqalar)ga boʻlinadi. S. tartibi va shartlari, turlari, obʼyektlari mamlakatdagi qonunchilik bilan belgilanadi. Mustaqillikka erishguniga qadar 1918—91 yillarda Oʻzbekiston Respublikasida S. faoliyatini sobiq Ittifoq miqyosida yagona boʻlgan davlat sugʻurta idorasi ("Gosstrax") va uning ittifokdosh respublikalardagi boshqarmalari amalga oshirgan. 1991 yildan OʻzRda oʻtkazilgan chuqur iqtisodiy islohotlar jarayonida bozor iqtisodiyotiga oʻtishning dastlabki bosqichlarida davlat S organlari qayta tashkil etildi, ularga raqobatda boʻla oladigan turli mulkchilik shaklida S. kompaniyalari va agentliklari vujudga keldi. S. xizmati bozori, S. faoliyatining asosiy yoʻnalishlari, huquqiyqonunchilik asoslari yaratildi. 1993 yilda 6 mayda Oʻzbekiston Respublikasining "Sugʻurta toʻgʻrisida" qonuni qabul qilindi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1997 y. 25 fevraldagi farmoniga koʻra Moliya vazirligi huzurida faoliyat koʻrsatib kelayotgan Davlat sugʻurta bosh boshqarmasi "Oʻzagrosugʻurta" sugʻurta kompaniyasi shaklida qayta tashkil etildi, "Kafolat" sugʻurta kompaniyasi, "Madad" sugʻurta agentligi, "Oʻzbekinvest" eksportimport milliy sugʻurta kompaniyasi va boshqa oʻz faoliyatini boshladi.