Qarshi: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
→‎Qarshi shevasi: Manba keltirilmagan
Qator 126:
[[Shoʻrolar]] davrida Qarshi asosan qishloq xoʻjaligiga asoslangan Qashqadaryo viloyatining markaziga aylandi. Shaharda boshqa shaharlar kabi shoʻrolar arxitekturasiga oid binolar qurildi. Bir-biridan uncha farq qilmaydigan, koʻrimsiz koʻp qavatli binolar oʻzbek mahallalariga muqobil oʻlaroq koʻplab qurila boshladi. Bu esa Qarshining qadimiylik ulugʻvorlik siyogʻini yoʻqotishiga olib keldi. Ba'zi masjid-madrasalar omborxona hatto qiynoqlar qoʻllanadigan turmaxonalarga aylantirildi. "Toshturma" degan sovuq nomga ega boʻlgan bunday turmalardan biri shaharning 2700 yilligi yubileyiga qadar oʻz vazifasini bajarib keldi.
 
== Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obʼyektlari ==
== Osori atiqalari ==
''"Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obʼektlari"'' milliy roʻyxatiga Qarshida joylashgan 28 arxeologiya va 25 arxitektura yodgorliklari, 6 monumental sanʼat yodgorliklari va 1 nafar diqqatga sazovor joy kiritilgan<ref name="Lex">{{cite web|url=https://lex.uz/ru/docs/4543266|title=Моддий маданий мероснинг кўчмас мулк объектлари миллий рўйхатини тасдиқлаш тўғрисида Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 846-сон 04.10.2019 й.
==== Koʻkgumbaz masjidi ====
қарори|website=Lex.uz|accessdate=2020-09-20|deadlink=no}}</ref>
 
XVI asrda shayboniyxonlar davrida insho etilgan bu masjid koʻrkam, musaffo osmonni eslatuvchi koʻk gumbazi sababli shunday atalgan. Ancha qismi asrlar davomida buzilib ketgan bu masjidning faqat peshtoqi va gumbazi saqlanib qolgan.
 
Qarshi shahrining 2700 yillik yubileyi munosabati bilan qayta taʼmirlandi. Hozirgacha jome' masjid vazifasini bajarib kelmoqda.
 
==== Qashqadaryo koʻprigi ====
XVI asrga oid bu koʻprik shayboniylar davrida qurilgan boʻlib, oʻz asrining noyob yodgorliklaridan biri hisoblanadi. Bu koʻprik XX asrning oʻrtalarigacha voha ahliga xizmat qilgan.
 
==== Abu Ubayd ibn al-Jarroh maqbarasi ====
Xuddi Samarqanddagi [[Qusam ibn Abbos]] qabri singari soxta boʻlgan bu maqbara,<ref>http://www.uza.uz/uzb/news/?id1=9525</ref> [[Amir Temur]] buyrugʻiga binoan barpo etilgan.
 
==== Boshqa obidalar ====
Yuqorida tilga olingan yodgorliklardan tashqari Xoʻja Abdulaziz va Qilichbek, Odina, Bekmir, Sharofboy kabi masjid va madrasalari mavjud.
 
== Mashhur kishilari ==