Federatsiya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Teg: Qaytarildi
k 84.54.123.158 tahrirlari Ximik1991Bot versiyasiga qaytarildi
Teglar: Eski holiga qaytarish Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Qator 1:
'''Federatsiya''' (soʻnggi lot. foederatio — birlashma, uyushma) — 1) davlat tuzilishi shakli; yuridik jihatdan muayyan siyosiy mustaqilligi boʻlgan davlat tuzilmalaridan tashkil topgan murakkab (uyushma) davlat. Federativ davlatni tashkil etuvchi davlat tuzilmalari (shtatlar, oʻlka, kontonlar) F. subʼyektlari hisoblanadi va oʻz maʼmuriyhududiy boʻlinishlari boʻladi. F.da umumiyyagona konstitutsiya, umumiyyagona ittifoq (federal) davlat hokimiyati organlari boʻladi, umumiyyagona fuqarolik, pul birligi va shaharikshahrik. amal qiladi. Unitar davlatdan farqli ravishda F. hokimiyat oliy organlarining 2 tizimiga — federal organlar va F. aʼzolarining tegishli organlariga ega boʻladi. Federal organlar mamlakatning hamma hududidaqududida oʻz vakolat va vazifalarini amalga oshiradi. F.ni tashkil etuvchi davlat tuzilmalari tom maʼnoda davlat hisoblanmaydi. Ular suverenitetga, ittifokdan bir tomonlama chiqish huquqiga ega boʻlmaydi, yuridik jihatdan xalqaro munosabatlarda qatnashish xuquqidan mahrum. Ittifoq konstitutsiya™ yoki qonunlari buzilgan taqdirda markaziy hokimiyat F. subʼyektiga nisbatan majburlash choralarini koʻrish huquqiga ega. F.ning eng zarur belgilaridan biri — federal parlamentning 2 palatali tuzilmasidir. Odatda, F. aʼzolarining oʻz mustaqil konstitutsiyasi boʻladi. Milliy (til) omilning ahamiyatiga qarab F. tuzilishini belgilashda hududiy asosdagi F. (AQSH, Avstraliya, Avstriya, GFR, Argentina, Venesuela, Braziliya, Meksika), milliy asosdagi F. (Hindiston, Belgiya, Nigeriya, Pokiston) va aralash milliyqududiy asosdagi F. (Rossiya Federatsiyasi, Shveysariya, Kanada) farklanadi. Konstitutsiyaviy huquq nazariyasida, shuningdek, baʼzan konstitutsiyaviy F. (AQSH, Kanada, Braziliya), konstitutsiyaviyshartnomaviy F. (Rossiya Federatsiyasi) va shartnomaviy F. (Shveysariya, Birlashgan Tanzaniya Respublikasi, BAA), markazlashgan (mas, Hindiston, bu yerda bitta shtatdan boshka shtatlar oʻz konstitutsiyasi va fukaroligiga ega emas) va markazlashmagan F. (AQSH, GFR, Shveysariya) oʻrtasidagi farq koʻrsatib oʻtiladi. Shu o'rinda O'zbekiston federativ shaklga ega (Qoraqalpog'iston) unitar davlat hisoblanadi fderatsiyani tashkil qilish uchun kamida ikkita davlat federal davlatga birlashishi kerak. Federatsiya va uning subyektlari o'rtasidagi munosabatlar har doim ham ijobiy bo'lavermaydi. Buni tarqalib ketgan Sovet Ittifoqi, Chexoslavakiya, Yugoslaviya kabe federatsiyalar misolida ko'rishimiz mumkin.
Maqolani Atoyev Alisher boyitdi.
 
Jahonda 21 ta federativ davlat bor (2005); 2) xalkaro yoki milliy jamoat tashkiloti (mas, Xalkaro shaxmat F.si).