Sugʻurta: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Tahrir izohi yoʻq
Teg: Qaytarildi
Qator 1:
'''Sugʻurta''' — tabiiy ofatlar (zilzila, suv toshqini, yogʻin va boshqalar), har xil baxtsiz hodisalar roʻy berishi natijasida koʻrilgan zararni qoplash va boshqa pul qoplamalari toʻlash uchun maqsadli pul jamgʻarmalarini tashkil etish va undan foydalanish bilan bogʻliq iqtisodiy munosabatlar tizimi. Sugʻurta koʻp asrlik tarixga ega. Sugʻurta muassasalari dastlab oʻrta asrlarda, dengiz orqali olib boriladigan savdodagi xavfxatarlar bilan bogʻliq holda paydo boʻldi. Keyinchalik boshqa sohalarga gʻam yoyildi. Ijtimoiyiqtisodiy taraqqiyotning turli bosqichlarida sugʻurta fuqarolarning manfaatlarini ishonchli himoya etuvchi vosita boʻlgan<ref>[https://alfaic.ua/ru/blog/obyazatelna-li-strahovka-dlya-vyezda-za-granicu Chet elga sayohat qilish uchun sug'urta]</ref>.
 
Sugʻurta jamgʻarmasi milliy iqtisodiyot zaxira jamgʻarmasining muhim va oʻziga xos boʻgʻini hisoblanadi, milliy iqtisodiyotni turli tasodiflardan moliyaviy himoya qiladi. Rivojlangan mamlakatlarda sugʻurta ishi nihoyatda taraqqiy etgan boʻlib, bu mamlakatlar yalpi ichki mahsulotida sugʻurta badal (mukofot)lari hajmi oʻrtacha 8—12 % ni tashkil etadi.