Navoiy (shahar): Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Qator 89:
sentabr oyida Navoiy shahri sanoatlashgan shahar sifatida tashkil topdi. Shu vaqtdan Navoiy viloyati tashkil topganga qadar Navoiy shahri [[Buxoro viloyati]] tarkibida boʻlib keldi.
 
[[Zarafshon (daryo)|Zarafshon daryosining]] yaqinligi, yirik qishloq xoʻjaligi hududning markazida joylashganligi, transport bilan yaxshi taʼminlanganligi shaharning tez oʻsish omili boʻldi. Navoiy [[Oʻrta Osiyo]]da yirik elektr energiya va kimyo sanoati markazi hisoblanadi. Navoiyda 21 ta yirik sanoat korxonasi mavjud. Viloyat sanoat korxonalari yalpi mahsulotining koʻp qismi Navoiyda ishlab chiqariladi. Shahar sanoat tarmoqlarida elektr quvvati, mineral oʻgʻitlar, ip hamda ipak gazlamalar ishlab chiqariladi. Navoiyazot ishlab chiqarish birlashmasi, elektr-kimyo zavodi, navoiy[[Navoiy kon-metallurgiya kombinati]], un kombinati, non konbinatlari, [[Navoiy issiqlik elektr stansiyasi]], Qizilqumsement korxonasi, paxta tozalash zavodi, mashinasozlik zavodi (NMZ), sut, pak qurti zavodlari, Sintepon korxonasi, oziq-ovqat va mahalliy sanoat muassasalari mavjuddir. Shaharda xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlikda qurilgan 18 dan oshiq qoʻshma korxonalar faoliyat koʻrsatmoqda. Shulardan „Agama“, „Zerispark“ korxonalari samarali ishlamoqda. Shahar orqali [[Uchquduq]], [[Buxoro]], [[Nukus]] shaharlariga boruvchi temir yoʻl oʻtgan. Navoiyda 20 ga yaqin yoʻnalishda avtomobil transporti qatnaydi. [[Navoiy Xalqaroxalqaro aeroporti]] shaharni [[Toshkent]] orqali respublika viloyatlari va 20 dan oshiq xorijiy davlatlar bilan oʻzaro aloqalar oʻrnatishda xizmat qiladi. Sarmish darasi Navoiydan 45 kilometr uzoqlikda joylashgan hamda u „dunyodagi eng katta tosh devorlar galereyasi“ hisoblanadi.<ref>{{web manbasi|url=https://samarkandtours.com/uz/uzbekistan/navoi/|title=Navoi|publisher=samarkandtours.com|access-date=27-fevral 2021|url-status=live|language=o‘zbek}}</ref>
 
[[File:Navoiy shahrining gerbi 1987-yil.png|thumb|100px|left|Navoiy shahrining 1987-yil 19-noyabrda qabul qilingan gerbi]]
 
Navoiy yirik ilm-maʼnaviyat va maʼrifat markazlaridan. Bu yerda 2 oliy oʻquv yurti ([[Navoiy Davlatdavlat pedagogika instituti]] va [[Navoiy Davlatdavlat konchilik instituti]]), 3 ta akademik litsey, 18 ta umumiy taʼlim maktabi, 1 ta muzey (Navoiy viloyat oʻlkashunoslik muzeyi, 3 madaniyat saroyi (Farhod madaniyat saroyi, Shirin madaniyat saroyi, Navro‘z madaniyat saroyi), madaniyat va istirohat bogʻlari, kutubxonalar, 3 stadion (So‘g‘diyona markaziy stadioni, Kimyogar markaziy stadioni, Yoshlar sport majmuasi markaziy stadioni), 3 suzish havzasi (Delfin, Suv sporti saroyi, Akvapark), kasalxonalar, poliklinikalar, shoshilinch tibbiy yordam koʻrsatish markazi, tibbiy dispanserlar faoliyat koʻrsatadi. 1958—1960-yillarda shahar yagona bosh plan asosida issiq iqlim, milliy anʼanalarni hisobga olgan holda qurilgan. Meʼmor va quruvchilardan bir guruhi davlat mukofotlariga sazovor boʻlishgan.
 
Shuningdek, 2001-yilda Alisher Navoiy tavalludining 560-yilligi munosabati bilan Navoiyda Alisher Navoiy istirohat bog‘i ochilib, u yerda Alisher Navoiy haykali oʻrnatilgan.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>