Birlashgan Qirollik: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k Tuzatama(lar) (via JWB)
😂😂
Teglar: Qaytarildi Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Qator 23:
Aholisining 81,5 %i inglizlar. Uelslar yoki valliylar (1,9 %), shotlandlar (9,6 %), irlandlar (2,4 %) va boshqa xalqlar bor. Davlat tili va aholining kupchiligi gaplashadigan til — ingliz tili. Irlandlar, uelslar va gellarning bir qismi kelt tillariga kiradigan mahalliy tillarda gaplashadilar. Dindorlarning aksariyati protestantlar; aholisining bir qismi (shu jumladan irlandlar) katoliklardir. Aholining 90 %i shaharlarda yashaydi (1996). Yirik shaharlari: London, Birmingem, Glazgo, Liverpul, Manchester, Sheffild, Lids.
 
Hozirgi B. B. hududida miloddan avvalgi 1-ming yillikda kelt qabilalari — brittlar yashagan. Mil.a.da Britaniya o.larining katta qismini rimliklar bosib oldi. 5-asrning ikkinchichi yarmida anglosakslar mamlakatning talay kismini bosib olib, ilk feodal qirolliklar (Kent, Uesseks, Susseks, Sharqiy Angliya, Nortumbriya, Mersiya) tuzishgan. 9-asr boshlarida anglosaks davlatlari birlashtirilib, „Angliya“ deb atala boshladi. Angliya 1016—42 yillarda normannlar (daniyaliklar) hukmronligida boʻlgan.
== Tarixi ==
Hozirgi B. B. hududida miloddan avvalgi 1-ming yillikda kelt qabilalari — brittlar yashagan. Mil.a.da Britaniya o.larining katta qismini rimliklar bosib oldi. 5-asrning ikkinchi yarmida anglosakslar mamlakatning talay kismini bosib olib, ilk feodal qirolliklar (Kent, Uesseks, Susseks, Sharqiy Angliya, Nortumbriya, Mersiya) tuzishgan. 9-asr boshlarida anglosaks davlatlari birlashtirilib, „Angliya“ deb atala boshladi. Angliya 1016—42 yillarda normannlar (daniyaliklar) hukmronligida boʻlgan.
 
1066 yil Angliyani Normandiya gersogi Vilgelm I istilo qilgandan soʻng mamlakatda feodal yer egaligi paydo boʻlib, dehqonlarni tutqinlikka (krepostnoylikka) aylantirish avj oldi. 10—11-asrlarda hunarmandchilik va savdo-sotiq markazi tusini olgan shaharlar paydo boʻla boshladi. 12—13-asrlarda markazlashgan moliya va sud muassasalari yuzaga keldi. 1265 yil paydo boʻlgan Parlament bojlarni tasdiqlash va qonunlar joriy etish huquqini oldi;hokimi mutlaqlik tizimi (monarxiya) barpo boʻldi. Angliya bilan Fransiya oʻrtasida boʻlib oʻtgan Yuz yillik urush (1337—1453) oqibatida soliqlarning koʻpayishi va 1348—49 yillardagi vabodan soʻng aholi ahvolining ogʻirlashishi Uot Tayler (1381) boshchiligidagi dehqonlar qoʻzgʻoloniga sabab boʻldi. Qoʻzgʻolon magʻlubiyatga uchragan boʻlsada, dehqonlarning barshchinadan qutulishiga turtki boʻldi. 15-asrda Angliyada dehqonlarning tutqinligi batamom yoʻqotiddi, tovar-pul munosabatlarining rivojlanishi mayda va oʻrta hol dvoryanlarning tabaqalanishiga sabab boʻldi. Kapitalistik munosabatlar shakllanayotgan paytda tyudorlar sulolasining cheklanmagan hokimiyati (1485—1603) qaror topdi. Movut sanoatining rivojlanishi, junga talabning koʻpayishi tufayli ekinzorlar chorva yaylovlariga aylanib ketdi, natijada dehqon xoʻjaliklari xonavayron boʻldi. 16-asrning 30-yillarida boshlangan reformatsiya harakati natijasida papa hukmronligiga chek qoʻyilib, cherkovga qarashli yerlar burjualashgan yangi dvoryanlarga boʻlib berildi. 16-asr 2-yarmi — 17-asr boshlarida Angliya hukumati mustamlakachilik siyosatini yurita boshladi (Irlandiyada xususiy yerlar musodara qilindi, Shimoliy Amerikada esa dastlabki ingliz mustamlakalari paydo boʻdsi), qullar bozori va portlar kuchaytirildi. Dengizda hukmronlik uchun kurashda Angliya gʻolib chikdi. 16-asr oxiridan boshlab absolyutizmga asoslangan tuzum inqirozga yuz tutdi, styuartlar (Yakov I, 1603—25; Karl I, 1625—49) ichki va tashqi siyosatining burjuaziya manfaatlariga zid kelib qolishi absolyutizmga qarshi burjua muxolifatini keltirib chiqardi. Bu ziddiyatlar 17-asrdagi ingliz burjua inqilobiga olib keldi. Inqilobda gʻalaba qozongan burjuaziya va yangi dvoryanlar qishloq xoʻjaligi hamda sanoatda kapitalistik taraqqiyotga toʻsiq boʻlib turgan gʻovlarni yoʻqotdi, ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishiga yoʻl ochdi. 17-asr oxirida B. B.da yer va moliya aristokratiyasining siyosiy ittifoqi paydo boʻldi. 18-asr oʻrtalariga kelib manufaktura bosqichidan ishxona tizimiga oʻtish uchun sharoit yaratildi. 18-asrning 2-yarmida B. B. hukmron doiralari siyosiy jihatdan ajralib, hokim sinflarning 2 partiyasi — tori bilan vigi shakllandi. 19-asr oʻrtalarida shu partiyalar asosida konservatorlar va liberallar partiyasi tashkil topdi.