Ibn Kasir: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
→‎Tarix: Matn qo'shdim
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
MalikxanBot (munozara | hissa)
Qator 1:
'''Ismoil Ibn Kasir''' (<span>{{lang-ar|ابن كثير}}</span> 1300 — 1373 y.-yil) [[Mamluklar davlati|Mamluklar]] [[Suriya|Suriya]]ni boshqargan davrda [[Shofiʼiylik|Shofiʼiylik]] maktabining juda nufuzli [[Ahl as-Sunna val-Jamoa|Sunniy]] olimlaridan boʻlib, [[Tafsir|tafsir]] va [[Fiqh|fiqh]] mutaxassisi hamda [[Tarixchi|tarixchi]] boʻlgan.
 
== Tarjimai hol ==
Toʻliq ismi Abu al-Fido Ismoil ibn Umar ibn Kasir ({{lang|ar| ‏أبو الفداء إسماعيل بن عمر بن كثير}}) boʻlib, Imoduddin (dinning ustuni) deb sharaflangan. Hijriy 700 (milodiy 1301) yilda Suriyaning [[Damashq|Damashq]] sharqidagi [[Busro|Busro]] shahrining Mijdal qishlogʻida tavallud topgan. [[Ibn Taymiya|Ibn Taymiya]] va [[Az-Zahabiy|az-Zahabiy]]lardan taʼlim olgan.
 
Oʻsha davrdagi Suriyaning etuk olimlaridan boʻlmish [[Al-Mizziy|Al-Mizziy]]ning qiziga uylanadi va shu bilan olimlar jamiyatiga qoʻshiladi. 1345 yilda qaynotasining vatani boʻlmish Mizzada qurilgan yangi masjidda xotib boʻlib tayinlanadi. 1366 yilda [[Umayyad Masjidi|Damashqning Buyuk Masjidi]]da mutaxassis darajasiga koʻtariladi.
 
Hayotining soʻngida koʻr boʻlib qoladi. Koʻr boʻlishining sababi qilib [[Ibn Hanbal Ahmad Abu Abdulloh|Ahmad Ibn Hanbal]]ning [[Musnad|Musnad]]ini rivoyatchi emas balki mavzu boʻyicha tartibga solish uchun kechasilari kech ishlaganlikda qilib koʻrsatgan. Damashqda 1373 yil (774-hijriy) fevral oyida vafot etgan.
 
== Ishlari ==
=== Tafsir ===
Ibn Kasir [[Qurʼon|Qurʼon]] uchun „Tafsirul Qurʼanil aziym“ nomli mashhur sharhni yozgan. Kitobda Qurʼonning oyatlari [[Hadis|hadis]]lar bilan bogʻlab tushuntirilgan. Bu kitob undan oldinroq yozilgan [[At-Tabariy|At-Tabariy]]ning „[[Tafsir at-Tabariy|Tafsir at-Tabariy]]“ tafsirining qisqacha bayoni hisoblanadi. Qurʼonning har bir oyat va surasini tushuntirishda [[Hadis|hadis]] ishlatilganligi sababli kitob juda mashhur.
 
Misrlik olim Ahmad Muhammad Shokir (1892-1958) Ibn Kasirning tafsirini tahrirlab besh jildli „Umdat at-Tafsir“ qilib 1956-1958 yillarda chop etgan.
 
=== Hadis ===
„Al-Jomiʼ“ (‏الجامع) qomusiy foydalanishga moʻljallangan [[Hadis|Hadis]] matnlarining yirik toʻplami.
„Taxriyju ahadisi adillatit tanbih fiy fiqhish shofiiyya“ni ham yozgan.
 
Qator 26:
 
=== Boshqa ===
„Jomiʼul masaniyd vas sunanil hadiy liaqvami sunan“ kitobida Ibn Kasir Imom Ahmad bin Hanbal, Al-Bazzar, Abu Yaʼla Al-Mavsili, Ibn Abi Shaybalardan, hamda oltita hadis toʻplamidan (Al-Buxoriy va Muslimning ikki sahihlari va toʻrt Sunanlar — Abu Dovud, At-Termiziy, An-Nasai va Ibn Majah) hikoyalarni yiqqan. Ibn Kasir bu kitobni Fiqhning boʻlimlari boʻyicha boʻlib chiqqan. „Tabaqot ash-Shofiiyya“ (Shofiiy olimlarining darajalari) kitobida esa Ibn Kasir Sahih al-Buxoriyni tushuntirishni boshlagan, ammo uni tugatmagan. Ahkam (Qonunlar) haqida katta jildni yozishni boshlagan, lekin faqat Haj marosimlarigacha yozgan. Al-Baihaqiyning „Al-Madxal“ini ham qisqacha bayonini yozgan. Bu kitoblarning koʻpisi chop etilmagan.
 
== Eslatmalar ==
{{Reflistmanbalar}}
== Adabiyotlar ==
* Norman Calder, 'Tafsir from Tabari to Ibn Kathir, Problems in the description of a genre, illustrated with reference to the story of Abraham', in: G. R. Hawting / Abdul-Kader A. Shareef (eds.): ''Approaches to the Qur’an'', London 1993, 101-140 sahifalar.
Qator 36:
* [http://quran.cc/1/tafsiribnkathir Tafsir ibn Kathir — English] {{Webarchive|url=https://web.archive.org/web/20141129054258/http://quran.cc/1/tafsiribnkathir |date=2014-11-29 }}
* [http://www.quran4u.com/Tafsir%20Ibn%20Kathir/Index.htm Ibn Kathir in English]
 
[[Turkum:1301-yilda tugʻilganlar]]
[[Turkum:1373-yilda vafot etganlar]]