Moldova: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Rescuing 2 sources and tagging 0 as dead.) #IABot (v2.0.8
MalikxanBot (munozara | hissa)
k Bot v1: Tuzatmalar (xato haqida xabar berish)
Qator 5:
 
== Davlat tuzumi ==
Moldaviya – respublika. 1994 -yil 29 -iyulda kabul etilgan konstitutsiya amal qiladi. Davlat boshligʻi – parlament tomonidan saylanadigan prezident (2000 -yildan V. Voronin). Qonun chiqaruvchi oliy organi – bir palatali parlament (Majlis), ijrochi organi – hukumat (Vazirlar kengashi).
 
== Tabiati ==
Qator 18:
Hozirgi Moldaviya hududidagi Brinzeni, Rashkov, Chutuleshti va boshqa joylardan topilgan koʻxna manzilgohlarning dalolat berishicha, bu yerda aholi paleolit davridayoq oʻtroklashgan. Neolit davrining manzilgohlaridan Bug-Dnestr madaniyati yodgorliklari topilgan (miloddan avvalgi 6–5 ming yilliklar). Bu davrda odamlar urugʻchilik jamiyatiga birlashib, ovchilik, dehqonchilik, baliqovlash bilan shugʻullangan. Miloddan avvalgi 4ming yillikda hukmronlik qilgan Tripoli madaniyati davrida koʻpgina manzilgoqlar (Varvarovka, Karaku-shan, Kuban) barpo etilgan, kulolchilik rivojlangan.
 
Miloddan avvalgi 1ming yillikdan milodiy 1ming yillikkacha Moldaviya qududida daklarning qabilaviy birlashmalari va davlatlari mavjud boʻlgan. Milodiy 2-asr boshlarida rimliklar Dakiyani bosib oldi va uni asta-sekin Rimning viloyatiga aylantirdi. Lotin tili yoyilib, u sharqiy roman, shuningdek, moldavan tillariga asos boʻldi. 2–4-asrlarda bu yerda sarmatlar, skiflar, hunnlar, gotlar yashaganligi taxmin qilinadi. 10–12-asr boshlarida Moldaviyaning bir qismi Qad. Rus davlati taʼsir doirasiga, soʻng Galitsiya va Galitsiyavolin knyazligi tarkibiga kirgan. Lekin 12-asrda koʻchmanchi bijanaq va qipchoklarning hujumidan keyin slavyanlar deyarli barham topdi. 13–14-asrlarda Moldaviya hududi moʻgʻullar qoʻl ostiga oʻtdi. Bosqinchilar vengerlar tomonidan haydab yuborilgandan keyin Moldaviya yerlari Vengriya qaramogʻiga oʻtdi, 1359 -yil ozodlik kurashi natijasida mustaqil Moldaviya knyazligi (poytaxti Yassi shahri) voʻjudga keldi. 14-asr 2-yarmida Karpat bilan Dnestr oraligʻidagi yerlar unga qarashli boʻldi. Shu davrda valaxlar va sharqiy slavyanlar bilan aloqa rivojlanib, natijada moldavan elati shakllandi. 16–18-asrlarda Moldaviya Usmoniylar imperiyasi xukmronligida boʻldi va 300 yil mobaynida oʻlpon toʻlab turdi. Avvaliga Tira, Benderi, Kiliya, 18-asrda Xotin Moldaviyadan ajratib olindi va ularga turk garnizonlari joylashtirildi. Chet el bosqinchilariga qarshi milliy ozodlik kurashi turli shakllarda olib borildi. 18-asr 2-yarmi va 19-asr boshlaridagi Rossiya-Turkiya urushlari natijasida Moldaviya ozod etildi. Ammo Yevropa davlatlarining oʻzaro raqobati tufayli Moldaviya yana Turkiyaga qaytarib berildi. 1775 -yil Moldaviya knyazligining shimoliy qismi Avstriyaga, 1791 -yil Yassi sulh shartnomasiga binoan, Dnestrning soʻl sohili Rossiyaga, yana bir qismi keyinchalik Rech Pospolitaga qoʻshib olindi. 1812 -yil Buharest sulh shartnomasiga koʻra, Moldaviya knyazligining Prut va Dnestr oraligʻidagi yerlari Rossiyaga oʻtdi va Bessarabiya viloyati nomini oldi. Kishinyov shahri uning maʼmuriy markazi boʻlib qoldi. Bessarabiya Rossiyaning agrar oʻlkasi sifatida rivojlana boshladi. 1917 -yil Rossiyadagi Fevral inqilobidan keyin bu yerda ham qoʻsh hokimiyatchilik vujudga keldi. 1917 -yil noyabrdekabrda ayrim shahar va qishloklarda hokimiyat shoʻrolar qoʻliga oʻtdi. Vakolatli hokimiyat organi – "Sfatul Seriy" ("Oʻlka kengashi") 1917 -yil 2 -dekabrda Moldaviyani Demokratik respublika deb eʼlon qildi. 1918 -yil 24 -yanvarda oʻzining Rossiyadan mustaqil ekanini bildirdi. 1918 -yil 27 -martda Moldaviya Demokratik Respublikam (Bessarabiya)ni Ruminiyaga qoʻshishga qaror qildi. 1918–19 yillarda Moldaviya soʻl sohil tumanlarida Avstriya-Germaniya, Antanta qoʻshinlari hukmronlik qildi. 1920 -yil fevralda bu yerda shoʻro hokimiyati oʻrnatildi. 1924 -yil 12 -oktabrda Ukraina tarkibida Moldaviya muxtor shoʻro respublikasi tuzildi. 1939 -yilgi Ribbentrop-Molotov paktining qoʻshimcha maxfiy bayonnomasi asosida Sovet Itti-foqi 1940 -yil 26 va 27 -iyunda Ruminiyadan Bessarabiya va Shimoliy Bukovinani darhol SSSR ga topshirishni talab qildi. 1940 -yil 2 -avgustda Moldaviya Shoʻro Respublikasi tuzildi. Ikkinchi jahon urushi yillarida Moldaviya jang maydoniga aylandi va 1944 -yil avgustda bosqinchilardan ozod qilindi. Shundan keyin Moldaviyaning salkam yarim asrlik tarixi SSSR bilan bogʻliq boʻldi. 1987–89 yillardagi qayta qurish davrida milliy tiklanish qarakati boshlandi. 1990 -yil 23 -iyunda Moldaviya Respublikasi suvereniteta eʼlon qilindi. 1991 -yil 27 -avgustda Moldaviya Respublikasining mustaqilligi toʻgʻrisida Deklaratsiya qabul etildi. Biroq mustaqillikning dastlabki yillarida ayirmachilik harakati yuzaga kelib, bu narsa mamlakatda ichki qurolli mojaroga sabab boʻldi. Keyingi paytda nizoni bartaraf etish uchun muzokara olib borilayotir. Moldaviya – 1992 -yildan BMT aʼzosi, shuningdek, MDX tarkibiga kiradi. Oʻzbekiston Respublikasi suverenitetini 1994 -yil 23 -avgustda tan olgan va shu kuniyoq diplomatiya munosabatlari oʻrnatgan. Milliy bayrami – 27 -avgust – Mustaqillik kuni (1991).
 
Siyosiy partiyalari. Agrardemokratik partiya, Kommunistlar partiyasi, Sotsialistik partiya, Xristiandemokratik xalq partiyasi, Tiklanish va inoklik partiyasi.
Qator 33:
Trans porti. Transport yoʻli uzunligi –1,1 ming km, avtomobil yoʻllari – 10,2 ming km. Dnestrda kema qatnaydi. Kishinyovda xalqaro aeroport bor.
 
Sogʻliqni saqlash. 2001 -yil Moldaviyada 12,8 ming vrach, 545 tibbiyot muassasasi, 25 mingoʻrinli kasalxonalar ishladi. Chemal togʻ iqlimiy kurorti, bolalar sanatoriylari bor.
 
== Maorifi, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalari ==
2001/2002 oʻquv yilida 1577 maktab, gimnaziya, litseylarda 618,4 ming oʻquvchi taʼlim oldi, 42,5 ming oʻqituvchi ishladi. 82 oʻrta hunar taʼlim tizimida 23 ming, 67 kollejda 17 ming bola oʻqidi. 47 oliy oʻquv yurtida 86,4 ming talaba taʼlim oldi, shu jumladan, davlatga qarashli boʻlmagan 31 institutda 22,9 ming talaba oʻqidi. 2001 -yil Moldaviyada doktoranturaga ega boʻlgan 45 ilmiy tadqiqot muassasasi ishladi. Respublikada ilmiy tadqiqotlarni muvofiqlashtiruvchi Moldaviya Fanlar akademiyasi faoliyat koʻrsatadi. Milliy tabiat va etn. muzeyi, Tarix, Arxeologiya, Etn., Tasviriy sanʼat, Xalq hunarmandchiligi, Gagauz tarix-etn. muzeylari bor. Hammasi boʻlib 71 ta muzey, 1,4 ming kutubxona, 1,2 ming klub muassasasi mavjud.
 
== Matbuoti, radioeshittirishi va telekursaguvi ==
Moldaviyada 2001 -yil 1,7 ming nomdagi kitob va risola 0,8 mln. nusxada, gazetalar 1,2 mln., jurnal va boshqa davriy nashrlar 3,4 mln. nusxada nashr etildi. Moldaviyada nashr etiladigan asosiy gazetalar: "Moldova suverane" ("Suveren Moldaviya"), "Nezavisimaya Moldova" ("Mustaqil Moldaviya"), "Sara" ("Vatan"). "Moldpress" axborot agentligi ishlaydi. 1930 -yildan radioeshittirish, 1958 -yildan telekoʻrsatuv olib boriladi.
 
== Adabiyoti ==
Dastlabki yozma yodgorliklar boy xalq ogʻzaki ijodi (ertak, qahramonlik eposlari, afsona, qoʻshiq, balladalar) asosida 9–10-asrlarda yaratilgan. Cherkov-slavyan (oʻrta bolgar) tilidagi birinchi moldavan kitobi "Kazaniya" (Injilning izohi) 1643 -yilda nashr etildi. 17-asrda yilnomalar, 18-asrda D. Kantemir (1673– 1723) tomonidan badiiytarixiy asarlar yaratildi. 19-asrning 2-yarmida Y. Kryange (1837–1889) va M. Eminesku (1850–1889) ijodi realistik nasr va sheʼriyat rivojida katta rol oʻynadi. 20-asr boshlarida A. Mateyevich, T. Roman oʻz sheʼrlari bilan adabiyotga kirib keldi. Ikkinchi jahon urushigacha ijod qilganlar orasida D. Milev, L. Barskiy, N. Markov, L. Kornyaku, M. Andriyesku va boshqa yozuvchilarni koʻrsatish mumkin. Urush davrida E. Bukov, B. Istru, A. Lupan, T. Menkj kabi adiblar bosqinchilarga qarshi kurashga bagʻishlangan asarlar yozishdi. 50-yillarda poeziya yetakchi janr boʻlgan boʻlsa (Ye. Bu-kovning "Andriyesh", "Mening mamlakatim", A. Lupanning "Yuzma-yuz", L. Delyanuning "Mangu yoshlik", F. Po-nomarning "Doʻstlik" dostonlari va sheʼriy toʻplamlari), keyingi yillarda salmokli nasriy asarlari yaratildi (Ye. Damian, V. Vasilake, R. Lungu, L. Damian, G. Viyeru, P. Botsu, E. Lotyanu va boshqalarning roman hamda qissalari). Andrey Lupan, Samson Shlyaxu, Yemelyan Bukov va boshqa larning ayrim asarlari, moldavan yozuvchilarining "Hajviy hikoyalar" toʻplami oʻzbek tilida nashr etilgan.
 
== Meʼmorligi ==
Qator 50:
Moldaviya hududida miloddan avvalgi 2–1ming yilliklarga mansub metall taqinchoklar, milodiy 1ming yillikka doyr qurollar, sopol, jez, ku-mush, oltin idish va buyumlar topilgan. Ular zargarlik va metallni badiiy ishlash rivojlanganidan darak beradi. 13–14-asrlarda xalq amaliy sanʼatida Vizantiya va musulmon Sharqining taʼsiri kuchli boʻlgan. 14– 17-asrlarda zardoʻzlik, 18–19-asrlarda gilamchilik yuksaldi. 19-asrdan boshlab dunyoviy tasviriy sanʼat, ayniqsa, portret rassomligi rivoj topdi, rassomlik oʻquv yurtlari ochildi. 19-asr oxiri va 20-asr boshlarida hayotiy manzaralar, turli janrlardagi rasmlar, psixologik portretlar yaratildi (V. Okushko, Ye. Maleshevskaya va boshqalar). 20-asr 2-yarmida rangtasvirchilardan M. Gamburd, V. Russu-Chobanu, portretchilardan K. Kitayka, I. Bogdesko, G. Sainchuk, haykaltaroshlardan K. Kobize-va, B. Marchenko kabilar tasviriy sanʼat rivojiga hissa qoʻshdilar. Xalq sanʼatida tosh oʻymakorligi, gilam toʻqish, kashtadoʻzlik, kulollik, yogʻochsozlik ravnaq topdi.
 
Musiqasi oʻziga xos milliy folklor asosida shakllangan va qoʻshni xalqlar badiiy madaniyati bilan hamohang rivojlangan. Xalq qoʻshiqlari, asosan, bir ovozli, ohanglari xilma-xil. Afsonaviy voqeiy qoʻshiklarda qahramonlik va ozodlik gʻoyalari aks etgan. Mehnat, marosim, muhabbat, hazil, davra qoʻshiklari bor. Eng koʻp tarqalgan xalq musiqasi doyna deb ataladi. Jok, moldovenyaska deb atalgan joʻshqin va oʻynoqi xalq raqslari dunyoga tanilgan. Torli cholgʻulardan kobza, simbala, tilchali asboblardan doktorimba (vargan), puflab chalinadigan asboblardan flu-yer va kaval (nay), chimpa, buchum kabilar bor. 19-asrda ilk kompozitorlar (G. Muzichesku, K. Mikuli, E. Kaudelli, Ch. Porumbesku) ijod qila boshladilar. Zamonaviy kompozitorlar orasida A. Stircha, G. Nyaga, E. Lazarev, Ch. Tkach, [[Doga Yeujeniu|Ye. Doga]], dirijyorlardan T. Gurtovoy, D. Gʻoya, A. Samoile, xonandalardan T. Cheban, T. Alyoshina, M. Biyeshu va boshqa mashhur. 1955 -yil Kishinyovda Moldaviya opera va balet teatri ochilgan, davlat filarmoniyasi (1940) qoshida simfonik orkestr, "Doyna" xor kapellasi, "Jok", "Leutarlar", "Fluyerash" kabi ansambllar faoliyat koʻrsatadi. Oʻzbekistonda T. Cheban, M. Biyeshu va qator ansambllar gastrolda boʻlgan.
 
Teatr sarchashmalari xalq oʻyinlaridan boshlanadi. Kolinde-kolada deb atalgan qad. xalq marosimlari, xeitul deb atalgan yangi yil kuglovlari va turli-tuman oʻyinlarda teatr sanʼati unsurlari boʻlgan. Iroziy (irodi) deb atalgan tomo-shalar, polvon, akrobat (pehlivan, soptar)larning mahoratlarini namoyish etishlari va gayduklarning oʻziga xos teatri mashhur boʻlgan. Oʻrta asrlarda saroy va sayyor truppalari tomosha koʻrsatishgan. 1816 -yilda yozuvchi va maʼrifatchi G. Asaka rahbarligida moldavan tilida birinchi spektakl koʻrsatilgan. Professional teatrni barpo etishda V. Aleksandri, K. Negrutssi, A. Russo, M. Kogelnichanu va boshqa dramaturglar katta xizmat qildilar. 20-asrning 20-yillarida tashkil topgan drama toʻgaraklari asosida Balta shahrida musiqali drama truppasi (keyinchalik drama studiyasi) tuzildi. Shu studiyani bitirib chiquvchilar 1933 -yilda Tiraspolda tashkil etilgan drama teatri (hozirgi Moldaviya akademik musiqali teatri)ning oʻzagi boʻldi. Endilikda Moldaviyada 14 teatr, shu jumladan, "Luchaferul" teatri, "Likurich" qoʻgʻir-choq teatri, Bels musiqali drama teatri, filarmoniya, sirk va boshqa ishlab turibdi. Ularda A. Lupan, L. Kornyanu, E. Bukov kabi mahalliy mualliflarning pyesalari bilan bir qatorda jahon mumtoz dramaturgiyasining asarlari ham sahnalashtirilgan. Teat_r arboblari orasida D. Dariyenko, N. Massalskaya, Ye. Ureke, K. Shtirbu, I. Shkuryalarni koʻrsatish mumkin. Teatrlar uchun kadrlarni Kishinyovdagi G. Muzichesku nomidagi sanʼat instituti tayyorlaydi. s Kino tarixi 1927 -yildan boshlanadi. Oʻsha yili birinchi hujjatli film yaratildi. 1940 -yildan Kishinyovda ish boshlagan kinovakillik punkti 1952 -yilda xronika (voqeiy) filmlar ki-nostudiyasi (1957 -yildan "Moldovafilm")ga aylantirildi. 1955 -yilda birinchi moldavan filmi – "Moldaviya taronalari" (rejissyor A. Zolotnitskiy) dunyo yuzini koʻrdi. Shundan keyin "Ataman Kodr" (1958), "Kuzning soʻnggi kuni" (1965, rejissyor V. Derbenyov), "Qotillikda ayblanadi" (1969, rejissyor B. Volchek), "Lautari" (1971, rejissyor E. Lotyanu), "Yoningda erkak boʻlsa" (1978, rejissyor V. Gajiu) va boshqa yaratildi. Kino aktyorlaridan D. Dariyenko, M. Volontir, K. Tirseu, S. Toma, M. Sagaydak, G. Grigoriular mashhur. Moldaviyada 100 kinoteatr bor.
 
== Oʻzbekiston – Moldova munosabatlari ==