Simfoniya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Simfoniya bir poxdur
Teglar: Boʻsh holga keltirildi Qaytarildi Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
k 185.30.90.93 tahrirlari 185.139.137.167 versiyasiga qaytarildi
Teglar: Eski holiga qaytarish Qaytarildi
Qator 1:
'''Klasik Simfoniya''' (yun. symfonia — ohangdoshlik) — simfonik musiqaning yetakchi janri, kompozitorlik yunalishidagi cholgʻu musiqaning oliy shakli. Simfonik orkestr ijrosiga muljallangan; baʼzi Slarda xor va yakkaxon xonandalar ham jalb etiladi. Bundan tashqari, torli orkestr, puflama sozlar orkestri va boshqa orkestrlarga muljallangan Slar ham uchraydi. S.ning mumtoz shakli umumiy gʻoya va yaxlit dramaturgiyaga asoslangan 4 qismli turkumni tashkil etadi: 1-qismi — mavzularning qaramaqarshiligi hamda jadal rivoji bilan bogʻliq buladi; 2-qismi — lirik chekinish vazifasini bajaradi; 3-qismi — menuet yoki skerso harakterida yoziladi; 4-qismi — koʻpincha tantanavor, joʻshqin xotimadir.
 
"S". atamasi Yevropa mamlakatlarida turli maʼnolarda qoʻllanilgan. Y. Gaydn, V. Motsart va, ayniqsa, L. Betxovenlar Sning klassik namunalarini yaratdi. 19-asr kompozitorlaridan F. Shubert, G. Berlioz, I. Brams, A. Dvorjak, S. Frank, A. Brukner, G. Maler, A. Borodin, P. Chaykovskiy, A. Skryabin va boshqa S. rivojiga muhim hissa qoʻshgan, janrning mavzu va mazmunini boyitgan. 20-asr komlozitorlari ijodida S. yangi bosqichga koʻtarildi. N. Myaskovskiy, D. Miyo, S. Prokofyev, Ya. Sibelius, P. Xindemit, D. Shostakovich, I. Stravinskiy, B. Martinu, A, Onegger, A. Shnitkelar S. ustalari sifatida tanilgan.
 
Oʻzbekistonda 1930y.lardan simfonik musikaning jadal rivojlanishi Sning paydo bulishiga zamin buldi (G. Mushelning 1S.si, 1938). Keyingi yillarda yirik mavzular, falsafiy goyalarni mujassamlantiruvchi janr sifatida S.ga qiziqish kuchaydi (Mushelning 2 va 3 S.lari, M. Shteynbergning 5 S—rapsodiyasi, M. Ashrafiyning 1va 2S.lari va boshqalar). 1960y.larning 2-yarmida Oʻzbekistonda dasturli S. ravnaq gopib, B. Zeydman, R. Hamroyev, B. Giyenko va boshqalar S.lar ijod qilishdi. 19702000y.larda R. Vildanov (4 ta), Sayfi Jalil (2 ta), T. Qurbonov (10 ta), M. Tojiyev (19 ta), Ik. Akbarov (3 ta), M. Mahmudov (3 ta), N. Gʻiyosov (12 ta) va boshqa kompozitorlar S. yaratganlar.
 
S.ga yaqin uslubda yaratilib, undan hajman kichikligi, mazmuni va bayoni soddaligi bilan farq qiluvchi asar simfoniyetta deb ataladi.
 
{{OʻzME}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->
 
 
{{stub}}