Koʻkaldosh madrasasi (Buxoro): Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
+
kTahrir izohi yoʻq
Teglar: Koʻrib tahrirlagich Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali Kengaytirilgan mobil rejim orqali
Qator 265:
Buxoro afsonalaridan biriga koʻra{{sfn|Buxoro afsonalari|2002|p=64}}, [[Abdullaxon II|Abdullaxon]] va [[Qulbobo koʻkaldosh]] ikkovi amakivachcha ekan. Hali Abdullaxon hukmdor boʻlmasidan avval Qulbobo koʻkaldosh ikkovi polizzorga kelib, qovun va tarvuz soʻyib yebdilar. Kuz boʻlsa ham kun issiq ekan. Shu yerda kigiz ustida Abdullaxon bilan Qulbobo koʻkaldosh choʻzilib uxlamoqchi boʻlishibdilar. Abdullaxon darrov uxlab qolibdi, ammo Qulbobo koʻkaldosh uxlay olmabdi.
 
Bir mahal Qulbobo koʻkaldosh qarasa, Abdullaxonning burnidan bir chivin chiqib bir tarafga ravona boʻlibdi. Uchib bora turib yerda yothanyotgan pichoqning ustidan oʻtib, bir jirandaga kirib, keyin jiranda ichidagi bir yoriqqa kirib ketibdi. Picha vaqtdan keyin chivin yoriqdan chiqib ortiga qaytibdi. Kelgan yoʻlidan yurib, qaytib kelib Abdullaxonning burnidanburniga kirib ketibdi. Bir mahal Abdullaxon uygʻonib Qulbobo koʻkaldoshga qarab:
 
— Men bir tush koʻribman. Tushimda bir yoqlarga boribman. Yoʻlda bir temir koʻprikdan oʻtibman. Keyin juda katta jarday quruqlik bor ekan. Oʻsha chuqurlikda kattaligi tepaday keladigan koʻza bor ekan. Koʻzaning ichida har biri gʻalvirday keladigan son-sanoqsiz koʻp tilla bor ekan. — debdi.
Qator 271:
Boyadan beri bu voqeani kuzatib turgan Qulbobo koʻkaldosh Abdullaxondan bir necha daqiqada ayrilib qolibdi. Qulbobo koʻkaldosh haligi yoriqqa maxsus belgi qoʻyibdi-da, Abdullaxon xizmatida yuraveribdi. Davr aylanib Abdullaxonga Buxoro xonligi tegib qolibdi. Shundan keyin Abdullaxon Qulbobo koʻkaldoshni chaqirib:
 
— Sen menga koʻp xizmat qilding. Mana bugun mening oshigʻim olchaolchi turdi, yaʼni xon boʻldim. Endi mendan koʻnglingda nima maqsading boʻlsa, tila, — debdi.
 
Qulbobo koʻkaldosh haligi polizzorni tilabdi. Darrov Abdullaxon Qulbobo koʻkaldoshga polizzorning oʻrnini vasiqa qilib beribdi. Qulbobo koʻkaldosh oʻsha polizzorga borib, belgi qoʻyilgan joyni topibdi-da, xazinani qazib olibdi. Chivinning koʻziga tepaday boʻlib koʻringan koʻza tandirdan sal kattaroq ekan va gʻalvirday boʻlib koʻringan tillalar qirq tangalik yoki yarim misqollik tillalar ekan. Qulbobo shu xazinani sarflab, Buxoroda Koʻkaldosh degan katta bir madrasani qurdirgan ekan.