Namangan: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
MalikxanBot (munozara | hissa)
Bot v1: Tuzatmalar (xato haqida xabar berish)
MalikxanBot (munozara | hissa)
k Bot v1: Tuzatmalar
Qator 25:
| mintaqa xaritasi =
| tuman xaritasi =
| ichki bolinishi = 11 tuman+ yangi Namangan tumani qo'shildi 2021 -yilda
| rahbar turi = hokim
| maddoh=
Qator 58:
'''Namangan''' — Namangan viloyatidagi shahar. Viloyatning maʼmuriy, iqtisodiy va madaniy markazi Aholi soni boʻyicha Fargʻonadan oldingi oʻrinda. Oʻzbekistonning yirik shaharlaridan biri. Fargʻona vodiysining har jihatdan peshqadam viloyati. Vodiyning shim.da, Shim. Fargʻona kanali bilan Namangansoy kesishgan yerda, 450 m balandlikda joylashgan. Maydoni 83,3&nbsp;km². Iyulning oʻrtacha temperaturasi 26,3°, yanv.niki —2,3°. Aholisi 395,8 ming kishi (2003).<ref>"{{PAGENAME}}" ''[[OʻzME]]''. [http://n.ziyouz.com/books/uzbekiston_milliy_ensiklopediyasi/O'zbekiston%20Milliy%20Ensiklopediyasi%20-%20N%20harfi.pdf N-harfi] Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
 
Fargʻona vodiysining qad. poytaxti Axsikat (Axsikent) 1620 -yildagi qattiq zilzila natijasida vayron boʻlganligi sababli, uning aholisi hozirgi Namangan shahri hududiga koʻchib oʻtgan. Namangan tuz koni ("Namak kon") yaqinida vujudga kelgan boʻlib, shahar nomi oʻrta asrlarga oid tarixiy qujjatlarda birinchi marta tilga olinadi. Zahiriddin Bobur oʻzining "Boburnoma" (16-asr) asarida Namangan qishlogʻi haqida gapirib oʻtgan. V. P. Nalivkinning ("Qoʻqon xonligining qisqacha tarixi", Qozon, 1886) yozishicha, Namangan 1643 -yilga mansub vaqf hujjatlarida uchraydi. 18-asrda Namangan Qoʻqon xonligiga tobe boʻlgan. Biroq viloyatni boshqaruvchi bek qarorgohi sifatida oʻz ahamiyatini saqlab qolgan. U faqat shahar aholisigina emas, balki atrofdagi tumanlar aholisiga ham xizmat qiluvchi hunarman-dchilik markazi boʻlgan. Dehqonlar Namangan bozorlarida ip va gazlamalar, mis idishlar, zargarlik buyumlari va mehnat qurollarini sotib olishgan. Shaharda meʼmorlik sezilarli darajada taraqqiy etgan.
 
Xoʻja Amin maqbarasi (17-asr), Mulla Qirgʻiz madrasasi (1911-12) va Ota Valixon toʻra masjidi (20-asr) kabi meʼmoriy yodgorliklari hozir ham mavjud. 1817—22 yillarda Namangan aholisi kuchi bilan katta Yangiariq kanali qazilib, suv taʼminoti yaxshilandi. 1842—45 yillarda shahar baland devor bilan oʻrab olingan. 1813—14 yillarda Namanganga kelgan rus ofitseri F. Nazarov bu yerda shahar hokimining devor bilan oʻralgan saroyida ancha katta garnizon borligini aniqlagan. Qoʻqon xonligi hukmronligining soʻnggi kunlarigacha Namangan bek qarorgohi boʻlib keldi. Turkiston general-gubernatorligi tarkibida Fargʻona maʼmuriy viloyati tuzilgach, Namangan uning uyezd shaharlaridan biriga aylandi. 1894—95 yillarda uyezd muassasalari uchun davlat binolari quridsi. 20-asrning boshlarida Namangan Oʻrta Osiyoning "eski" va "yangi" qismlardan iborat tipik shahriga aylandi. 1912 -yilda shaharga Qoʻqon tomonidan temir yoʻl oʻtkazildi. 1914 -yil zavodlar soni 17 taga yetdi. Bundan tashqari, 2 yogʻ zavodi ham qurildi. Shahardagi har ming kishidan 22 tasi sanoat ishchisi boʻlgan. 1916 -yilda Namanganda Nikolay II ning mardikorlikka olishi haqidagi farmoniga qarshi mehnatkashlarning chiqishi boʻldi (qarang [[Mardikorlik]]). Bolsheviklarning bosqinchilik urushi davrida Namangandagi korxonalarning kariyb 80%ida ish toʻxtab qoddi. Urushdan keyin sanoat korxonalari tiklanib, rivojlana boshladi. Motor taʼmirlash, sut-yogʻ, konserva, gʻisht, paxta tozalash zavodlari, non kombinati, elektr stansiyasi va bir qancha mayda mahalliy sanoat korxonalari ishga tushirildi. Viloyatda paxtachilik, pillachilik va qishloq xoʻjaligining boshqa tarmoqlari rivojlanishi shaharda keng isteʼmol buyumlari va oziq-ov-qat mahsulotlari sanoatining rivojlanishiga sabab boʻldi. Shu davrda shaharda 3 elektr stansiya, vino va pivo zavodlari, yigiruv-toʻquv fabrikasi, taʼmirlash-mexanika ustaxonasi qurildi. Sanoatning yalpi mahsuloti yildan-yilga ortib bordi. Ikkinchi jahon urushi yillarida shaharda poyabzal fabrikasi, tikuvchilik korxonasi, goʻsht kombinati, mahalliy va kooperativ sanoat korxonalari ishga tushirildi. Urushdan keyin yengil, oziq-ovqat, ogʻir, kimyo, metallsozlik, elektrotexnika va kurilish sanoatlari rivojlandi. Shaharni elektr energiya bilan toʻla taʼminlash maqsadida 1946 -yil Namangansoyda 2-GES kurildi. 1949 -yilda markaziy ekskavator stansiyasi tashkil etilib, bu yerda turli xil ekskavator, skreper, buldozer kabi qishloq xoʻjaligi mashinalari taʼmirlandi. Oʻrta Osiyoda yagona elektrotexnika zavodi (sanoatda va roʻzgʻorda ishlatiladigan) elektr isitkich asboblari ishlab chikara boshladi.
 
Namangan respublikaning yengil va oziqovqat sanoatlari markazlaridan biriga aylandi. Bu yerda Oʻzbekistonning toʻqimachilik mahsulotlarining 15%ini ishlab chiqaruvchi yirik toʻqi-machilik korxonalari kurildi.