Oʻgʻuzlar: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
kTahrir izohi yoʻq
Teglar: Koʻrib tahrirlagich Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
MalikxanBot (munozara | hissa)
k Bot v1: Tuzatmalar
Qator 1:
'''Oʻgʻuzlar''' (arab. va turk. Oğuzlar, Oğuz) — turkiyzabon qabilalarning 2 guruhi. 1) Toʻqqiz Oʻg'uz qabila ittifoqi; 8-asr [[O'rxun-Enasoy obidalari|o'rxun-enasoy]] yozuvlarida qayd etilgan. 7-asr boshida [[Turk xoqonligi]] tarkibida paydo boʻlgan. 744—45 yillarda Turk xoqonligi tormor etilgach, hozirgi MXR hududida oʻz davlatlarini tuzgan [[uygʻurlar]] qabila ittifoqida yetakchi mavqega ega boʻlishgan. 840—866 yillarda [[qirgʻizlar]] tomonidan siqib chiqarilgan toʻqqiz Oʻ. hozirgi [[Sinszyan|Sintszyan]] va [[Gansu]] viloyatiga koʻchib oʻtishgan, [[Guanchjou]] davlati va [[Turfon]] davlatini (850—1250) barpo etganlar; bu yerda toʻqqiz Oʻ. nomi uygʻur etnonimi bilan almashgan. 2) 9—11-asrlarda [[Orol dengizi|Orol]] va [[Kaspiy dengizi]] boʻylaridagi koʻchmanchi va yarim oʻtroq qabilalar ittifoqi (gʻuzlar); [[Yangikent]] Oʻ. yabgʻusi qarorgohi boʻlgan. 11-asrning 50—60-yillarida Oʻ.ning bir qismi [[Yaroslav mudriy|Yaroslav Mudriy]]<nowiki/>ning oʻgʻillari tomonidan tormor qilinib, [[Kiyev rusi|Kiyev]] knyazlarining vassallari sifatida Ros daryosi boʻylariga joylashganlar; [[Sirdaryo (daryo)|Sirdaryo]] Oʻ.ining boshqa qismi 10—11-asr boshida [[Buxoro]] va [[Xuroson (tarixiy viloyat)|Xuroson]] yerlari tomon siljiganlar. 1040 -yildan soʻng saljuqiylar bosh boʻlgan Oʻ. [[Gʻarbiy Osiyo]] mamlakatlarini bosib olganlar. 11 — 13-asrlarda Oʻ. etnonimi [[Oʻrta Osiyo]] va [[Eron]]<nowiki/>da [[Turkmanlar|turkman]], [[Yaqin Sharq|Yaqin Sharqda]] esa [[Turklar|turk]] etnonimi bilan almashgan. Oʻ. turkman, [[Ozarbayjonlar|ozarbayjon]], turk hamda [[Gagauzlar|gagauz]] va [[qoraqalpoqlar]] etnogenezida muhim rol oʻynagan. Oʻ.ning epik asarlari ([[Kitobi dadam Qoʻrqut|"Kitobi dadam Qoʻrqut"]], "[[Oʻgʻuznoma|Oʻgʻuznoma"]]) saqlanib qolgan.<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn oxiri -->
 
* [[VI]]-asrda [[turkiylar]] [[Oxota dengizi]]dan [[Qrim]]gacha boʻlgan maydonni egallagan buyuk saltanat tuzishdi va saltanatning rivojlanishida oʻgʻuzlar ham faol ishtirok etishdi.