Zagreb: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
MalikxanBot (munozara | hissa)
k Bot v1: Umumiy tuzatmalar (xato haqida xabar berish)
MalikxanBot (munozara | hissa)
k Bot v1: Tuzatmalar
Qator 1:
'''Zagreb''' — [[Xorvatiya]] poytaxti. Sava daryosining chap sohilida joylashgan. Aholisi 707 ming kishidan ziyod (1990-yillar oʻrtalari). Markaziy va Gʻarbiy Yevropadan Adriatika dengizi va Bolqon yyarim orolga boradigan temir yoʻl va avtomobil yoʻllari tuguni. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Zagreb — Xorvatiyaning eng yirik iqtisodiy va madaniy markazi. Mashinasozlikning turli tarmoqlari (stanoksozlik, elektrotexnika buyumlari); kimyo, yengil va oziq-ovqat sanoati uchun uskunalar ishlab chiqarish, shuningdek, neftni qayta ishlash, kimyo, poligrafiya, qurilish materiallari, yogʻochsozlik, qogʻoz, toʻqimachilik, koʻn poyabzal va oziq-ovqat sanoatlari rivojlangan. Zagrebda xalqaro yarmarka oʻtkaziladi. Fanlar va sanʼat akademiyasi, universitet (1669 -yildan), yadro fizikasi instituti, oliy oʻquv yurtlari, yirik nashriyotlar, teatrlar, meʼmoriy va etnografik muzeylar, badiiy va hunarmandchilik muzeylari, kartinalar galereyasi bor.
 
Zagreb tarixiy manbalarda dastlab 1094 -yildan tilga olingan. 16-asr oʻrtalaridan Xorvatiyaning bosh shahri. 1526—1918 -yillarda (nem. Agram nomi bilan) Gabsburglar monarxiyasi tarkibida. 1918 -yildan [[Serblar|Serb]], [[Xorvatlar|Xorvat]] va [[Slovenlar]] qirolligi (1929 -yildan [[Yugoslaviya]]) tarkibida, 1992 -yildan mustaqil Xorvatiya poytaxti.
 
Meʼmoriy yodgorliklardan Yepiskop qarorgohi, sobori bilan (13—15, 19-asrlar), shahar qalʼasi (13—18-asrlar), gotika cherkovi (14— 15-asrlar), barokko va klassitsizm uslubidagi binolar (18-asr) saklangan. Zamonaviy binolar shaharning janubiy qismida.<ref>[[Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi|OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>