Roald Amundsen: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
MalikxanBot (munozara | hissa)
Bot v1: Tuzatmalar (xato haqida xabar berish)
MalikxanBot (munozara | hissa)
k Bot v1: Tuzatmalar
Qator 12:
|otaonasi = [[Jens Amundsen]]
|bolalari =
}}'''Roald Amundsen''' ([[16 -iyul]], [[1872]] – [[18 -iyun]], [[1928]]) – [[norvegiya]]lik qutb sayohatchisi va tadqiqotchi. [[1911]]-yil [[14 -dekabr]]da birinchi boʻlib [[Janubiy Qutb]]ga yetgan.
 
'''Amundsen Rual''' (1872.16.7 – 1928) – norveg qutb sayyohi. Birinchi marta 1903 – 06 yillarda "Yoa" kemasida Shimoli-gʻarbiy dengiz yoʻli orqali Grenlandiyadan Alyaskaga oʻtdi. Kanada Arktikasidagi King-Vilyam o.da ikki yil davomida muhim geomagnit kuzatishlar oʻtkazdi. A. 1904 -yil Butiya-Feliks yarim orolda Shimoliy magnit qutbini tekshirdi va shu atrofdagi 100 ga yaqin orollarni birinchi boʻlib haritaga tushirdi. 1911 -yil "Fram" kemasida Antarktikaga eks-peditsiya uyushtirdi. Oʻsha yili 14 dekda tarixda birinchi boʻlib (R. Skottdan bir oy oldin) Janubiy qutbga yetib bordi va u yerdan qaytishda Qirolicha Mod togʻ tiz-masini (bal. 4500 m) kashf etdi. A. 1926 -yil 12 – 13 -mayda birinchi marta Arkti-ka ustidan "Norvegiya" dirijablida Shpitsbergen – Shimoliy qutb – Alyaska marshruta boʻyicha uchib oʻtdi. 1928 -yilda Umberto Nobile ekspeditsiyasi halokatga uchragach, A. ekspeditsiyachilarga yordam koʻrsatish uchun 18 -iyunda gidrosamolyotda uchib borayotganda u ham Barens dengizida halokatga uchrab bedarak yoʻqolgan. A. oʻz sayohatlari haqida bir necha asar yozgan. A.ning rus tilida: "Muz okeani ustidan 454uchib oʻtish" (L., 1927, L. Elsvort bilan birgalikda yozilgan), "Mod" kemasida Osiyoning shimoliy sohili boʻylab eks-peditsiya (1929), "Janubiy qutb" (1937), besh jildli asarlar toʻplami (L., 1936 – 39), "Mening hayotim" (M., 1959) va boshqa asarlari bosilib chiqqan. Antarktida yaqinidagi bir dengiz va Amerika qutb stansiyasi (Amundsen – Skott) hamda togʻ tizmasi, qoʻltiq, suv osti soyligi (Shimoliy Muz okeanida) A. nomiga qoʻyilgan.Ad.: Dyakonov M., Amundsen, M., 1937; Yakovlev A., Rual Amundsen, M., 1948.
 
== Adabiyotlar ==