Mykolaiv viloyati: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
MalikxanBot (munozara | hissa)
MalikxanBot (munozara | hissa)
k Bot v1: Tuzatmalar
Qator 1:
'''Mikolayiv viloyati''' ([[ukrain tili|ukr.]] '''Миколаївська область''') — Ukraina tarkibidagi viloyat. 1937 -yil 22 -sentabrda tashkil etilgan. Maydoni 24,6 ming km². Aholisi 1322,1 ming kishi (1997). Asosan, ukrainlar. Shuningdek, rus va boshqa millat vakillari ham yashaydi. 19 tuman, 6 shahar, 19 shaharcha bor. Markazi – Mikolayiv shahri.
 
Relyefi tekislik; shimolidan janubiga (Kora dengizga) pasaya boradi. Hududining koʻp qismi Kora dengiz boʻyi past-tekisligiga kiradi. Foydali qazilmalari: granit, gneys, oxdktosh, mergel, gil, kaolin, shagʻal, qum, qoʻngʻir koʻmir. Iqlimi moʻʼtadil kontinental. Iyulning oʻrtacha temperaturasi 27°, yanvarniki –4, –5°. Yillik yogʻin miqdori 300–350 mm, shimolida 450 mm. Vegetatsiya davri 210 kun. Asosiy daryolari: Janubiy Bug, Ingul, Ingulets. Tuproklari shim.da oddiy qoratuproq, janubida qoratuproq va toʻq kashtan tuproklar. Tabiiy dasht oʻsimliklari faqat jarlar yon bagʻirlaridagina saqlanib qolgan. Viloyat hududining 2% oʻrmon. Tulki, buri, malla to-vushqon, olaxurjun, yumronqoziq, kushlardan bedana, qirgʻovul, yovvoyi oʻrdak va gʻozlar, baliqchi, dasht dala toʻrgʻaylari bor. Dengiz va daryolarda baliq koʻp.