Qalmoq tili: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
MalikxanBot (munozara | hissa)
Bot v1: Tuzatmalar
 
Qator 14:
'''Qalmoq tili''' — [[moʻgʻul tillari]]lan biri; asosan, [[Rossiya Federatsiyasi|RF]]ning [[Qalmogʻiston]] Respublikasida, [[Astraxon viloyati|Astraxon]] va [[Rostov viloyati|Rostov viloyatlari]] hamda [[Stavropol oʻlkasi]]da, qisman [[Xitoy Xalq Respublikasi|XXR]] va [[Qirgʻiziston]]da tarqalgan. Qalmoq tilida soʻzlashuvchilarning umumiy soni 180 ming kishiga yaqin ([[XX asr|oʻtgan asrning]] oxirlari).
 
Qalmoq tili 2 ta — torgut va derbet [[lahja]]lariga, bu lahjalar esa oʻz navbatida [[sheva]]larga ajraladi. Fonetik belgilari: choʻziq, qisqa va noaniq, kuchsiz talaffuz etiladigan [[fonema]]larga egaligi, [[singarmonizm|tanglay garmoniyasining mavjudligi va lab garmoniyasining yoʻqligi]] va boshqalar Morfologik belgilari: 8 [[kelishik]]ning mavjudligi, grammatik jins kategoriyasining yoʻqligi va boshqalar [[Leksika]]sida [[sanskrit]], [[tibet tili|tibet]], [[xitoy tili|xitoy]], [[arab tili|arab]], [[fors tili|fors]] va [[turkiy tillar]]dan, keyingi davrlarda esa [[rus tili]]dan kirib [[oʻzlashma soʻz|oʻzlashgan soʻzlar]] anchagina. [[Qalmoqlar]] [[1648]] yildan [[1924]] yil gacha [[moʻgʻul yozuvi]]ning zayapandit ([[buddaviylik]] targʻibotchisi Zaya Pandit [[nom]]idan) koʻrinishidan foydalanganlar. Bu yozuvda koʻplab adabiyot yaratilgan boʻlib, ularning aksariyati [[XVIII asr|18]]—[[XIX asr|19-asrlarga]] mansub. 1924 -yildan [[rus alifbosi|rus grafikasi]] asosidagi, 1931 -yildan [[lotin alifbosi|lotin grafikasi]] asosidagi, 1938 -yildan yana rus grafikasi asosidagi [[yozuv]] joriy etilgan.
 
== Adabiyot ==