Tuzlar: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
MalikxanBot (munozara | hissa)
Xatoni to'g'riladim
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Qator 1:
{{Maʼnolari|Tuzlar (maʼnolari)}}
[[Fayl:Halit-Kristalle.jpg|thumb|300px|[[Galit]] tuzi kristallari.]]
'''Tuzlar''' — [[kimyoviy birikma]]lar sinfi; oddiy sharoitda ionli tuzilishga ega boʻlgan [[kristall]] moddalar. Ularga [[metall]] [[kation]]lari (yoki [[ammoniy-kation|ammoniy]] <math>~\mathrm{NH_4^+}</math>; [[fosfoniy]] <math>~\mathrm{PH_4^+ }</math>; [[gidroksoniy]] <math>~\mathrm{H_3O^+}</math> kationlari) va [[kislota]] qoldigʻi [[anion]]laridan tashkil topgan [[modda]]lar kiradi. [[Elektrolitik dissotsiatsiya]] nazariyasiga muvofiq, tuzlar [[eritma]]da musbat zaryadlangan ionlar — kationlar (asosan, metallar) va manfiy zaryadlangan iondar — anionlarga dissotsilanadigan kimyoviy birikmalardir. Tuzlar quyidagi turlarga boʻlinadi: oʻrta (yoki neytral) tuzlar, nordon (yoki gidro) tuzlar, asosli (yoki gidrokso) tuzlar, aralash tuzlar, qoʻsh tuzlar, kompleks tuzlar — natriy sulfat, K4P2O7 — kaliy pirofosfat, CH3COONa — natriy atsetat. Nordon tuzlar gʻosil boʻlganida kislotadagi vodorod atomlari metallga batamom almashinmaydi: mas., NaHSO4 — natriy gidrosulfat, SaCa(NSO3HCO3)2 — kaltsiy gidrokarbonat. Asosli tuzlar hosil boʻlganida asosning barcha gidroksil guruxlari metallga toʻliq almashinmaydi: mas., ZnOHCl — pyx gidroksoxlorid, [Fe(OH)2]SO4 — temir (P)gidroksosulfat. Asosli tuzlardan tashqari oksotuzlar .gʻam maʼlum. Ular asosli tuzlarni suvsizlantirish natijasida olinadi; mas., magniy gidroksoxlorid MgOHCl suvsizlantirilsa, magniy oksoxlorid MgOCl2 hosil boʻladi. Aralash tuzlar — asos gidroksidlarining boshqaboshqa kislota krldiklariga almashinishi natijasida hosil boʻladigan mahsulotlar, mas., Sa(ON)2 dagi OH~ guruxlarining birini xlor ioni Cl~ ga, ikkinchisini SYU" ga almashtirilsa, aralash tuzlar Sa(OS1)S1 kelib chiqadi. Qoʻsh tuzlar — biror kislotadagi vodorod atomlarining turli metallarga almashinish mahsulotlari; mas., KNaCO3, KAl(SO4)2. Bularni Na2CO3K2CO3, K2SO4A12(SO4)3 shaklida ham yozish mumkin. Agar biror qoʻsh tuzlar garkibidagi metallardan biri anion tarkibiga kirsa, bunday qoʻsh tuzlarni kompleks tuzlar deb qarash kerak; mas., agar KClMgCl2 tarkibidagi magniy metali anion tarkibiga kirsa, K [MgCl3] shaklli kompleks tuzlar, 3NaFAlF3 tarkibidagi alyuminiy metali anion tarkibiga oʻtsa, Na3[AlF6] shaklli kompleks tuzlar kelib chiqadi. Umuman qoʻsh tuzlar bilan kompleks tuzlar orasida anik, chegara yoʻq: qoʻsh tuzlar atsidokomplekslar jumlasiga kiritiladi.
 
Tuzlar laboratoriya usulida kislota va asoslarni bir-biriga taʼsir ettirib olinadi. Tuzlarning tavsifli xossalaridan biri uning qutbli eritmalarda, ayniqsa, suvda eruvchanligidir. Tabiatda tuzlar koʻl, dengiz va okean suvlariga yigʻila boradi. Suv havzalari quriganida oʻsha joylarda osh tuzi (NaCl) va boshqa tuzlar konlari paydo boʻladi.