Mehnat shuhrati ordeni: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
MalikxanBot (munozara | hissa)
k Bot v1: Tuzatmalar (xato haqida xabar berish)
Tahrir izohi yoʻq
Qator 12:
|TaqdirlashAsosi = iqtisodiyot va madaniyat yuksalishiga, xalq farovonligi oshishiga, tinchlik va barqarorlik saqlanishiga xizmat qiladigan ulkan ishlari uchun
|Holati = topshiriladi
|Koʻrsatkichlari = Balandligi 46 mm <br /> Kengligi 41 mm
|TaʼsisSanasi = [[1995-yil]] [[30-avgust]]<ref>[http://lex.uz/pages/getpage.aspx?lact_id=119934&query=%D1%83%D1%87%D1%80%D0%B5%D0%B6%D0%B4%D0%B5%D0%BD%D0%B8%D0%B8%20%D0%9C%D0%B5%D1%85%D0%BD%D0%B0%D1%82%20%D1%88%D1%83%D1%85%D1%80%D0%B0%D1%82%D0%B8 УказUkaz обob учрежденииuchrejdenii орденаordena]</ref>
|BirinchiTaqdirlash =
|OxirgiTaqdirlash =
|Soni =
Qator 21:
|Mos keladi =
}}
'''"Mehnat shuhrati" ordeni'''  — [[Oʻzbekiston Respublikasi]]ning 1995-yil 30-avgust. Qonuni bilan taʼsis etilgan. Bu orden bilan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari Oʻzbekistonda iqtisodiyot va madaniyat yuksalishiga, xalq farovonligi oshishiga, tinchlik va barqarorlik saklanishiga xizmat qiladigan ulkan ishlari uchun mukofotlanadilar. Mustasno hollarda Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlmagan shaxslar ham mukofotlanishi mumkin. Orden 0,25 mikron qalinlikda tilla qoplangan 925 probali kumushdan tayyorlanadi. Orden markaz qismidan nurlar taralib turgan yashil dafna novdalari bilan oʻralgan boʻrtma notoʻtri ellips shaklidadir<ref>[http://www.medals.org.uk/uzbekistan/uzbekistan009.htm Republic of Uzbekistan: Order of Mehnat Shuhrati]</ref>.
 
== Nizom ==
„Mehnat shuhrati“ ordeni bilan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari Oʻzbekistonda iqtisodiyot va madaniyat yuksalishiga, xalq farovonligi oshishiga, tinchlik va barqarorlik saqlanishiga xizmat qiladigan ulkan ishlari uchun mukofotlanadilar. Mustasno hollarda „Mehnat shuhrati“ ordeni bilan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlmagan shaxslar ham mukofotlanishi mumkin. „Mehnat shuhrati“ ordeni bilan Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti mukofotlaydi. Orden bilan mukofotlash toʻgʻrisidagi Farmon matbuotda va boshqa ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinadi.
[[Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti]]ni „Mehnat shuhrati“ ordeni bilan mukofotlash [[Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi]] tomonidan amalga oshiriladi. „Mehnat shuhrati“ ordeni bilan mukofotlash [[Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi]], [[Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi]]ning Raisi, [[Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi]]ning Raisi, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar rahbarlarining, jamoat birlashmalari respublika organlarining taqdimnomasiga binoan amalga oshiriladi. „Mehnat shuhrati“ ordenini va bu mukofotga oid tegishli hujjatni tantanali va keng oshkoralik vaziyatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki uning nomidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Spikeri, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati Raisi, [[Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri]], shunga vakil qilingan boshqa shaxslar topshiradi. „Mehnat shuhrati“ ordeni bilan mukofotlangan shaxslar [[bazaviy hisoblash miqdori]]ning qirq karrasi miqdorida bir yoʻla toʻlanadigan pul mukofoti oladilar va qonunchilikda belgilab qoʻyiladigan imtiyozlardan foydalanadilar. „Mehnat shuhrati“ ordeni koʻkrakning chap tomoniga taqiladi. „Mehnat shuhrati“ ordeni bilan vafotidan keyin mukofotlangan taqdirda orden, mukofotlash toʻgʻrisidagi hujjat va bir yoʻla toʻlanadigan pul mukofoti mukofotlanganning oilasiga topshiriladi.
 
== Tavsifi ==
„Mehnat shuhrati“ ordeni 0,25 mikron qalinlikda tilla qoplangan kumushdan tayyorlanadi. Orden markaz qismidan nurlar taralib turgan yashil dafna novdalari bilan oʻralgan boʻrtma notoʻgʻri ellips shaklidadir. Ordenning yuqori qismida hilpirab turgan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi tasvirlangan. Ordenning boʻyi 46 millimetr, eni — 41 millimetr. Ordenning markazida, diametri 16 millimetrli kumush rang doira ichida, quyosh fonida kumush rangda Toshkent shahridagi Xalqlar doʻstligi saroyi tasvirlangan. Doira oq emal bilan qoplangan paxta chanoqlari va diametri 29 millimetrli tishli gʻildirakcha bilan hoshiyalangan. Pastda kumush rang hoshiyali qizil yoqut rangdagi fonda „MEHNAT SHUHRATI“ degan kumush rang yozuv bor. Harflarning boʻyi 2 millimetr. Ordenning orqa tomoni botiq shaklda. Pastda 1 millimetr kattalikdagi shriftda ordenning tartib raqami yozilgan. Orden eni 24 millimetrli rangdor yoʻl-yoʻl shoyi mato (lenta) sirilgan besh qirrali qadagʻich (kolodka)ga halqa va ilmoqcha yordamida ulanadi. Sariq yoʻlning eni 3 millimetr, qizil yoʻlning eni 8,8 millimetr, havo rang yoʻlning eni 4,8 millimetr, yashil yoʻlning eni 4 millimetr, chetdagi sariq yoʻlning eni 3,2 millimetr. Havo rang va yashil yoʻllar biri-biridan eni 0,2 millimetrli oq yoʻl bilan ajratilgan. Qadagʻichning boʻyi 48 millimetr, eni 46 millimetr.
Orden toʻgʻnogʻich bilan taqiladi.
 
== Taqdirlanganlar ==